Главная » 2013 » Апрель » 22 » 14 Fevral RAYXONSIZ! Sensatsiya!
18:54
14 Fevral RAYXONSIZ! Sensatsiya!


Rayhonning konsertlaridan hanuz darak yo`q. Bu ko`pchilikni shubhaga solib qo`ydi. 2012 yilda nahotki, superyulduzning «Sevishganlar» kuniga bag`ishlangan an`anaviy tusdagi konsertlari bo`lmasa? Aslida yurtimizda 14 fevralni muhabbat kuniga aylantirgan, bayram sifatida yoshlar orasiga kirib borishiga undagan Rayhon-ku! Shunday ekan, bu bayramni Rayhonning kontsertlarisiz nishonlash tatirmikan? Ҳozirgina bir san`atkor prodyuseri bilan achinish ohangida Rayhonning fevral kontsertlari bo`lmasligi haqida aytib qoldi. Bu gapni eshitgan odam "tarvuzini qo`ltig`idan tushirishi” aniq. Axir, hozirdanoq chipta olishga shaylangan muxlislar kammi? Shov-shuv bolalashiga Rayhonning 40 kun oldin poytaxt ko`chalarini bezaydigan afisha va bannerlar yo`qligi sababchidir? Mutasaddi tashkilotlardan biriga qo`ng`iroq qildik va quyidagicha javob oldik: «Ҳa, bu rost. Rayhonning kontserti bu yil bo`lmaydi!”. G`alati! Nega? Nima uchun? Kim yohud kimlarga kerak, bu? Savollarning keti uzilmaydi. Rayhon bilan bog`lanishga rosa urindik. Iloji bo`lmadi. SMSlarga javob yo`q! Ҳaqiqatan, uning kontsertlari bekor qilindimi? Rayhon yangi kontsertiga qattiq hozirlik ko`rayotgan edi-ku? Yo xafsalasi nimadandir pir bo`lib, hammasiga qo`l siltadimi? Rayhon, muxlislaringiz haqida qayg`uring! Bu noxush xabar musiqa ixlosmandlari uchun qanchalar noxushligini tasavvur qilsangiz edi… Nima bo`lgan taqdirda ham, fevraning oq-qora rangda bo`lishini istamaymiz. Bizni qo`rqitma, Rayhongul!



AGENT 007 (newstar portali) 

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 279 | Добавил: gonch | Теги: Sensatsiya!, 14, Fevral, RAYXONSIZ! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: