Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » 'SABAB'bevafolarga ibrat bulsin(2qism)
11:24
'SABAB'bevafolarga ibrat bulsin(2qism)
Qanday qilib axir ? Eh Xudoyim,
nimalar bo'lyapti o'zi ... Hayratdan
o'zimni yo'qotib qo'ydim. Tezda
telefonimni olib, Shahnozani uy
telefoniga qo'ng'iroq qildim ... - Eshitaman ? - dedi go'shakni
Shahnozani oyisi ko'tarib.
- Salom oyijon. Yaxshimisiz ? Bu
menman, Jahongir.
- Vaaleykum Assalom. Xudoga
shukur men yaxshiman. O'ziz
yaxshimisiz jahongir o'g'lim ?
Uydagilar yaxshilami ?
- Allohga shukur, hammamiz
yaxshimiz. Oyijon, haligi ...
Shahnoza uydami ? Telefoni
o'chirilgan ekan. Shunga uy
raqamingizga qo'ng'iroq
qildim ...
- Ha Shahnoza, boya
dugonasinikiga chiqib ketuvdi.
Hozir kep-qoladi. Chizmalarida
dugonasini yordami kerak ekan.
Shunga chiqib ketgandi ...
- Chizmalarida deng ...
- Tinchlikmi o'g'lim ?
- Tinchlik oyijon, tinchlik. Ha
mayli. Keyinroq qo'ng'iroq
qilarman.
Go'shakni qo'yib, Shahnozaga
qo'ng'iroq qildim. Ammo javob
bermadi ... Shunda tushundim-ki,
Shahnoza meni shu kungacha
aldab kelgan ekan. Shahnozani
boshqa bir yigit bilan ro'paramda
turganlarini ko'rib, rashkdan
o'zimni zo'rg'a tutib turdim. Bu
kunni ko'rguncha, ko'zlarim ko'r
bo'lsa bo'lmasmidi ...
Ko'zlarimdan qondek yosh
tomchilay boshladi. Go'zalim deb
erkalaganim, onamdek e'zozlab
sevganim, nahotki menga
bevafolik qildi ? ... Meni sevmagan
ekan, nega gaplashib yurdi ? Bu
nimasi bo'ldi ? Tushim o'ngidan
kelganiga ishongim kelmasa-da,
ko'zlarim buni rad eta olmadi ...
Qattiq tushkunlikga tushib, uyga
qaytdim. Meni Shahnozam, endi
yo'q ... Meni tashlab ketishiga,
qanday sabab bo'ldi ? Nega
aytmasdan o'zga bilan gaplashib
yuribdi ? Oradan shu tariqa besh
kun o'tdi. Bu orada esa,
Shahnoza umuman telefon ham
qilmadi. Bu holni ko'rgach, meni
ham telefon qilishga, g'ururim
yo'l qo'ymadi. Oxirgi paytlarda
o'zgarib qolganini sezardim.
Lekin, o'ziga bu haqda gapirib
o'tirmas edim. Men besh kun
ichida, uni shu qadar sog'indim-
ki, hatto tasavvurimga ham
sig'dirolmayman. Unga qattiq
mehr bergan ekanman. Har
daqiqada uni o'ylayapman.
Shahnozachi ? Men haqimda,
hech bo'lmaganda bir marotaba
o'yladimikan ? Kechqurunlari
uyqumdan halovat yo'qoldi.
O'ylamayman desam ham,
negadir hayollarim, yana u haqda
o'ylashimga majbur qiladi. Meni
tashlab ketishiga qanday sabab
bor axir ? Hech
tushunolmayapman. Shu payt,
yaqin bir do'stim qo'ng'iroq qilib
qoldi ...
- Jahon, ahvoling yaxshimi o'rto ?
Nimalar bo'lyapti o'zi ?
Shahnozani to'yi kunini
belgilashibdi. Lekin kuyov sen
emas, qanaqadir bir begona yigit
ekan. Shahnoza bilan, qachon
orangni ochiq qilding ?
- Nima ? Shahnozani to'y kunini
belgilashdimi ???
- Iye, bexabarmiding ? Rostdan
bilmasmiding ? Men, bilsang
kerak deb o'ylovdim. Men ham
hozir eshitdim. Shahnozani oyisi
uyimiz kelgandi. Oyimlaga:
"Shahnoza, - bir yigitdan sovchi
keladi, rozilik bering - deb qoldi. -
Nimaga, Jahongirchi - desam,
indamadi. Qizimdan bilishga ko'p
bor urundim. Ammo, aytmadi.
O'sha begona yigitni uyidan
qulchilar kelishdi. Yomon oila
emas ekan. Qo'shni mahallada
turisharkan. Yigit, bankda ishlar
ekan. Xullas, qizimni xohishiga
qarab, rozilik berdim. Bo'ladigan
ish, tezroq bo'lgani yaxshi
deyishgandan so'ng, to'y kunini
ham belgiladik ... - dedi. Bu
gaplarni to'satdan eshitib qoldim.
Tezda senga qo'ng'iroq qilib,
nimalar bo'layotganini o'zingdan
bilgim keldi. Salkam, 4 yil
gaplashdizla-ya. Nahotki,
Shahnoza senga tegmayotgan
bo'lsa ? Shunga ajablanyapman-
da o'rto. Aypki buyurmaysan.
Eshityapsanmi o'zi ? Alo ??
Jahon ??? Aloooo ??!
Qo'limdan telefon qanday qilib
tushib ketganini, sezmay
qoldim ... Oradan 1 oy o'tib,
Shahnozani to'yi bo'ldi ... Uni
so'ngi bor ko'rgim kelsa-da,
ko'ra olmadim. Vaqt o'tgani
sayin, uni unutishga ko'zim
yetmadi. Har daqiqa uni o'ylab,
sog'ina boshladim. Ilgari, kunlik
ishlardan bo'shashim bilan,
Shahnozani ovozini eshitishga
oshiqardim. U ketdi-yu, go'yo
yashashdan umidim uzildi.
Hayotimdagi bor quvonchim
Shahnoza edi. Birdan besabab
ketib qolishi, qalbimga juda ham
og'ir botdi. Biron muddatga, chet
joylarga ketish haqida ham
o'yladim. Balki boshqa narsalarga
chalg'ib, uni unutarman ...
Davomi bor...
Просмотров: 341 | Добавил: gonch | Теги: IBRAT, 'SABAB'bevafolarga, bulsin(2qism) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: