Главная » 2013 » Апрель » 22 » Alisher Uzoqovning nikoh oqshomidan...
19:03
Alisher Uzoqovning nikoh oqshomidan...

Bugun 2011 yilning 15 dekabr kuni Alisher Uzoqov ham bo'ydoqlar
ro'yhatidan rasman o'chirildi. Endi u kuyovbola! Alisher Uzoqovning
nikoh oqshomi shahrimizning ko'rkam restoranlaridan biri "Oqshom"
restoranida bo'lib o'tdi. Unga tashrif buyurgan mehmonlarni esa ro'yxona
eshigidanoq kutilmagan "shok"ka tushiruvchi holatlar qarshi oldi!

Barchaga
ma'lum, ayniqsa san'atkorning to'yiga tashrif buyuruvchilar juda ko'p
bo'ladi. Biroq, to'yxonadagi joylar soni esa cheksiz emas. Buni oldini
olish maqsadida to'yxona eshik oldidanoq mehmonlarni "Tekshiruvchi
Security"lar kutib olishdi. Agar taklifnomangiz bo'lmasa, hattoki uyda
qolib ketgan bo'lsa ham to'yxonaga kirish ta'qiqlanadi! Bu birinchi
e'tiborni tortgan vaziyat bo'lsa, yana biri to'yxona eshigi yonginasida
turgan ajoyib avtomashina. Bu yengil avtomashina ssenariy bo'yicha
o'tkazilayotgan nikoh oqshomida viktorina o'tkazilib, viktorina
g'olibiga mana shu avtomobil sovg'a qilinishi rejalashtirilgan ekan. Bu
ham hammani birdek e'tiborini tortdi. Ammo, afsuski mana shu
viktorinaga qadar kutib o'tirishga imkon bo'lmadi. Sababi, boshqa muhim
ishlarimiz bilan to'yxonani ertaroq tark etishimizga to'g'ri keldi.
Eshik oldidanoq teleboshlovchi Ravshan Hakimov estrada va kino
yulduzlarini videokameralar yordamida, interyu shaklida kutib olganligi
ham ushbu nikoh oqshomining "fishka"laridan biri bo'ldi deb aytishimiz
mumkin. Shou-biznes vakillari esa nikoh kechasiga odatga ko'ra o'z
avtomobillarida emas, uzun limuzinda kirib kelishlari ham ssenariyga
kiritilgan edi. Shunday ham bo'ldi. Alisher Uzoqovning kuyovjo'rasi
esa shou-biznesdan ancha yiroq kasb egasi ekanligi ham biroz
ajablantiradi - Odil Ahmedov! Ha, bu o'sha futbol bo'yicha O'zbekiston
Milliy terma jamoasi vakili Odil Ahmedov.
Xullas, kelin-kuyov
Alisher Uzoqov va Mohinurni tabriklash uchun deyarli barcha yulduzlar
tashrif buyurishdi. Jumladan, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev,
Rayhon, Shahzoda Matchonova, Zarina Nizomiddinova, Jahongir
Poziljonov, Farruh Soipov, Sanjar Shodiev, Madina Mumtoz, Ozodbek
Nazarbekov, Ziyoda, Shohruhxon, Samandar, Aziz Rametov, Mirjamol,
Doniyor Agzamov, Oybek va Nigora, Dilshod Kattabekov, Zuhra Solieva,
Dilshod Xoliqov, "Shod" guruhi, Adiz Rajabov, Iroda Nosirova, Erkin
Komilov, Abzal Rafiqov, Mahmud Ismoilov, Shohida Ismoilova, Yayra
Abdullaeva, Elyor Nosirov, Behzod Muhammadkarimov, Yodgor Sa'diev va
juda-juda ko'p yulduzlar. Qisqa qilib aytganda, haqiqiy yulduzlar
yog'dusi!
Kechani olib borish vazifasi, ya'ni to'yxonani ichida
nikoh oqshomini olib borish vazifasi Davron Kabulov hamda Zarina
Nizomiddinovalarga ishonib topshirildi.
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 180 | Добавил: gonch | Теги: NIKOH, Alisher, oqshomidan..., Uzoqovning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: