Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Asl shoir talantman demas!(janob prikolga javob)
12:18
Asl shoir talantman demas!(janob prikolga javob)
Sheriyatdek go'zal bo'stonni
Jang maydoni demoqlik xato
Qalb so'zini ko'rsata olmoq
Axmoqlarga etmaydi ato

Kimdir bo'g'in ilmini bilmas
Qofiyaga bo'ladi no'noq
Asl shoir o'rgatar ammo
Ig'vo qilib demaydi axmoq

Navoiydan o'tdi debsan ayb
U Xamsani yozgan ikki yil
Butun umr qilsang mutola
Chin mag'zini chaqolmaysan bil

Bo'lma aslo el suygan shoir
Elni suygun mangu toabad
Shunda xalqning yuraklarida
Yoqolasan o'tli muhabbat

Talant bo'lsa chindan odamda
O'qir ammo maqtanmas ular
Shunday ijod ko'rsatar ular
Kulgan yig'lar yig'lagan kular

Maslahatim nog'ora berib
Bo'lib qolma ijodni to'sgan
Bilsang o'sha Umar Hayyomlar
Qishlog'ida tug'ulib o'sgan

Muallif: Ilhom Fayzullayev. Javob sher o'rnida yozilgan ushbu misralarda imloviy xatolar, va nuqta vergullar qo'yilmasdek xatolar kuzatiladi. Bu albatta atayin muallif tomonidan bajarildi. Bu shaxsiy sir.
Просмотров: 326 | Добавил: gonch | Теги: prikolga, javob), shoir, ASL, talantman, demas!(janob | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: