Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Ayrildingizmi ? siz uchun dalda
11:49
Ayrildingizmi ? siz uchun dalda
Assalomu aleykum saytdoshlar! Bugungi
kunda "Sevgi" degan bir ilohiy tuyg'uni kimlardir e'zozlasa ,
yana kimdir uni mensimay oyoq osti qilmoqda! Nega? Nega
ahir ? Buni ko'rgan tashqari tomondagi insoniyat ( sevmagan ,
sevilmagan, unga ishonmaydigan va hokazo.... ) "Sevgi"
shunday ham yomon ekanligini anglab , fikrlay boshlashadi ,
Biror bir insondan so'rasangiz "Sevgiga ishonasizmi?" deya, u
esa pinagini buzmay "Yo'g'ey , bu bir safsata , bu faqat
kitoblarda , ertaklarda bo'ladi" deya javob qaytaradi! Nega?
Chunki , sevishganlarni qilgan muomilasini ko'rgan vaqta
sevishganlar urushayotkan , janlashayotkan yoki bir birini
tushunmayotkanini ko'rgan , ze'roki bunday vaziyatda "Sevgi
yo'q" deydi-da!!! Bugungi avlod , bugungi yoshlar bu pok
tuyg'uni aldoqchiga , maynavochchilikka chiqazip qo'yishmoqda
(Hammasi emas bazilari) ! Bora bora bu tuyg'uni qadr qimmati
ham yoqolib ketadi ! Sevishgan kimsalardan iltimos qilardim , bu
tuyg'uga oddiygina kirishmang , o'yin qilmang! Sizni deb bu
yoqdagi insoniyat Sevgidan jirkanib ketyapti , Sevgini
o'zingizga niqob qilib olmang! Bir biringizni ranjitmang , doim
yonizda bo'ling , dardi bo'lsa dardlashing , hursandchilikda birga
quvnang! Hamma narsani birga baham ko'ring! To'g'ri men hali
kichikdirman , kalta o'ylayotkandirman , lekin bunday ho'rlikka
men chidolmaganimdan ichimdagini to'kib solishga qaror
qildim!!! Ko'p eshitamiz " Falonchini farzandi sevganini deb
tomirini kesipti , o'zini o'ldirmoqchi bo'libdi va hokazo......" Bu
farzand osongina o'lib ketaveradi , lekin u ota onasini
o'ylamayapti , bunga sabab nima ? Albatta Sevgi ! Insoniyat chin
dildan sevgandan keyin telbani o'zi bo'lib qoladi , hayol
suraveradi !
"Siz aldanganmisiz?" unda o'zingizni o'ldirishga tushmang , oldin
yaxshilab o'ylang hozirgi qilayotkan ishingiz unga arziydimi
yo'qmi? Albatta yo'q! Ho'p mayli o'zizi o'ltirdingiz xam deylik
lekin u sizi oldizga qaytib keladimi? Albatta yo'q! Siz o'ylaysizki
"O'zimi o'ldirsam hamma hammasidan qutulaman" deya , lekin
adashasiz , sababi ohiratda ham hayot bor , u yerda ham azob
bor , buni hammamiz yaxshi bilamiz ! Qanday o'zingizni
o'ldirgan bo'lsangiz ohiratda xam to qiyomatgacha o'zizi
o'ldiraverasiz tirilaverasiz , yana o'ldirasiz yana tirilasiz , buni
aqlga sig'dirib bo'lmaydi ! Undan keyin bu dunyoda oh voh urib
qolgan Ota Onangizga qarang , onangizga achining , ona bechora
qornida 9 oy qiynalib ko'tarib yuradi , u ham maylikuya to'lg'oq
tutganda ona bechora juda azobda qoladi , tug'ilganingizdan
keyin onaizor kechalari sizni deya shirin jonidan kechib
uhlamaydi!! Endi o'ylab ko'ring ...
Bu tomonda sevganiz yallo qilib yuraveradi , zarracha ham
achinmaydi . Agar achinganida sizni bunday ahvolda tashlab
ketmagan bo'lardi ! Yana hamma narsa Sevgiga taqalyapti!
Odamzot bardoshli bo'lishi kerak! O'zingizni qurbon qilmasdan
undan qutulisni yo'lini izlang! Vaqt hamma narsaga da'vo
deyishadi lekin asl davo qani? Ayrilganiga ko'p yil bo'lgan bo'lsa
ham unutolmay azoblanayotkan ojiz yoki ojiza qalb egalari
oramizda ko'p! Ho'sh unutish uchun vaqtning o'zi yetarlimi?
Yo'q albatta "Olma pish og'zimga tush" deb turaverishdan foyda
yo'q , o'zingizda ishtiyoq paydo bo'lishi kerak:

1)Unutishni oson yo'llaridan biri bu "Nafrat" . Ho'sh qanday yo'l 
tutmoq kerak? Uni oldingi sizga qilgan hiyonatini , so'zlarini 
esga oling , [yaxshi muomilasini emas!] 

2)Har doim birga o'tkan bahtli damlarni o'ylamang , hayolizdan 
o'chirib tashlang! 

3)Dunyoda undan ham vafoliroq kimsa borligini his eting , bir 
kun kelib o'z bahtingizni topishga ishoning! 

4)Hozirgi vaqtda san'atkorlarning turi , qo'shiqlari ko'p , Ularning 
ko'pchiligini yo'nalishi faqat "Ayriliq , Armon, Xiyonat , Dard, 
Alam" haqida ! Unday qo'shiqlardan tiyiling , eshitmang . Sababi 
qanchalik ezma , esga soladigan qo'shiqlarni eshitsangiz 
yarangiz yangilanib, ko'nglingiz unga bog'lanib boraveradi ! Uni 
o'rniga boshqa ish qilib chalg'ing! Bir kun kelib uni unutishizga 
ishoning ! 

5)Undan qolgan narsalarni ( surat , hat , sovg'a..... ) shunga 
ohshaganlarni yo'qotib tashlang , sababi u ham yarani 
yangilaydi , ularga termulgan saringiz esga tushaveradi 
sevganingiz ! 
Bu meni bilgan narsalarim. Hoh ishoning hoh ishonmang . Bu 
sizni ishingiz. Men chiroyli gap topolmayman, qog'ozga o'rab 
so'zlashni bilmayman, ochiq va lo'nda aytishga o'rganganman! 
Bu aytgan gaplarim kimlargadur foydasi tegsa men ketkan 
vaqtim bekor ketmaganiga quvonaman!
Просмотров: 339 | Добавил: gonch | Теги: Ayrildingizmi, Siz, UCHUN, dalda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: