Главная » 2013 » Апрель » 22 » BAXT SAROBLARIDA HAQIQIY SHOK!
18:09
BAXT SAROBLARIDA HAQIQIY SHOK!
"Baxt Saroblari" filmida yashirilgan sir oshkor bo'ldi. O'tgan hafta bu film premyerasi oldidan kino ijodkorlar tomonidan press konferensiya o'tkazilgani haqida habaringiz bor. Ushbu ijodiy uchrashuvda jurnalitlardan biri nima uchun bu filmga aynan Jamilani tanladingiz degan savol bilan rejissyorga yuzlandi. Rejissor esa biz bu filmga Dilnoza Kubayeva,Gulchehra Eshonqulova va Jamila G'ofurovani nomzod qilgandik, ammo Dilnoza Kubayeva o'sha paytlari "Farzandim" filmida chiqdi va biz Jamila tanladik deb javob berdi.  

 

Ammo bu gaplarning hammasi ham rost emasligi ma'lum bo'ldi. Kino ijodkorlari bizdan katta ma'lumotni sir tutishgani bizni ranjitdi. Lekin bu habarni albatta sizga ma'lum qilmoqchimiz. Bilishimizga qaraganda "Baxt Saroblari" filmida bosh rolda Gulchehra Eshonqulova bilan Muhammad Ali Iskandarov rol ijro etishgan. Ba'zibir sabalarga ko'ra Gulchehra bilan kino ijodkorlar o'rtasida qandaydir kelishmoqvchiliklar sabab, aktrisa filmda suratga tushishdan voz kechgan. Bu habarni eshitgan Muhammad Ali Iskandarov men Gulcherasiz filmda suratga tushmayman. Menga boshqa partnyor aktrisa kerak emas deb, suratga olish jarayonlariga kelmagan. Hayriyatki rejissor Gulchehraning o'rniga munosib aktrisa Jamila G'ofurovani tanladi va Muhammad Ali u bilan kelishib rol o'ynadi. To'g'rida yangi aktrisaga ko'nikish o'zi bo'ladimi ahir. Bilamizki hozir hammaga bir savol qiziq bo'lib qoldi. Gulchehra shuncha o'ynagan roli uchun o'z mehnat haqqini olganmi? Albatta Gulchehra Eshonqulova naqd filmni yarmigacha suratga tushgan, yaxshiyamki boshida u o'z gonorarini olgan ekan. Demak film haqiqatdan qiziqligi shubhasiz. Ahir "Baxt Saroblari" film bir yil davomida suratga olingan hamda yashirlgan sir ko'p ekan. Kim biladi deysiz balki bu filmda ancha- muncha sirlar ham bordur, aynan biz bilmaganlari!  O'ylaymizki premyerada tomoshabinlar bu filmni illiq kutib olishadi. Film ijodkorlariga esa film kassabop bo'lishini tilaymiz! Demak hammani 6 aprel kuni "Baxt Saroblari" film premyerasida kutamiz!






JAMILA GO'FUROVA: Bu filmda men 20,30,40 yoshlik ayolni obrazini yaratdim. To'g'risi bu filmda juda mazza qilib o'ynadim. Olgan gonorarim ham o'zimga qoyiq oldim. Film rejissyori bizga shunday imkon berdiki, biz bitta sahnani juda ko'p marotaba bemalol, shoshilmadan olidik. Rejissor Dilya opa men bu filni shoshilib olmayman, men kassani o'ylamasdan olaman, menga eng asosiysi film insonlarga ma'naviy ozuqa bersin deb aytganlarida, men hayron qoldim. Nahotki shunday rejissorlarimiz ham bor deb. O'ylaymanki hammaga film yoqadi.
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 338 | Добавил: gonch | Теги: SAROBLARIDA, SHOK!, HAQIQIY, Baxt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: