Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Bu qiziq va achinarli...
16:19
Bu qiziq va achinarli...
Ölim farishtasi shifoxonada og'ir
ahvolda behush yotgan bir
mömin yigitning qoshiga keldi.
Uning ruhini uyg'otdi: "Ey,
banda,
sen umringda zarra gunoh
qilmading. Bas, yur senga jannat
eshiklari ochiq. Men tomon 4
qadam tashlasang kifoya!" Ruh
tanadan qözg'aldi. U tomirlariga
turli tibbiy asboblar ulangan,
oppoq choyshablarga
burkangan
öz tanasiga bir zum termulib
qoldi. Keyin indamay farishta
tomonga bir qadam tashladi.
Shunda uning ortidan yig'i ovozi
eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",-
farishtadan söradi ruh. "Bu
sening eng yaqin dösting. U
sening ölimingdan 3 kun
shunday
yig'laydi". Ruh Allohdan döstiga
uzoq umr söradi va farishta
tomon yana bir qadam tashladi.
Shunda uning ortidan
avvalgidan
kuchliroq boshqa bir yig'i ovozi
eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",
-
farishtadan söradi ruh. "Bu
sening ayoling. U ölimingdan 40
kun shunday yig'laydi". Ruh
Allohdan ayoliga sabr-u saodat
tiladi va farishta tomon yana bir
qadam tashladi. Shu mahalda
unga jannat eshiklari zohir böldi.
Ruh jannat gözalliklaridan lol
qolib bir zum töxtab qoldi.
Shunda uning ortidan
boyagilaridan ön chandon dardli
yig'i eshitildi. "Bu kimning
yig'isi?",- farishtadan söradi ruh.
"Bu sening onang. U ölimingdan
umrining söngigacha shunday
yig'laydi". Ruh bir ortiga qaradi,
bir jannat tomon qaradi. Söng
farishtadan söradi: "Men sen b-n
ketishni xohlamasamchi?" "U
holda senga yana jannatga kirish
imkoni berilmasligi mumkin!"
Ruh
ortidan eshitilayotgan yurakni
örtovchi g'amli yig'iga bir
muddat
quloq tutdi va dedi: "Agar ortga
qaytmasam, qiyomat kunigacha
onamning yig'isi quloqlarim
ostida böladi. Axir qanday qilib
onamni bu holida tashlab
ketaman? Men ketmayman!" Ruh
ortiga uch qadam tashladi.
Farishta g'oyib böldi. Ruh tanaga
qaytib kirdi. "Yurak ura
boshladi!",- qölida elektroshok
moslamasini ushlab turgan oq
xalatli doktor hayajonlanib
baqirdi shu payt...!!!
Просмотров: 436 | Добавил: gonch | Теги: Bu, achinarli..., VA, qiziq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: