Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Bugun sizni yana sog'indim
11:35
Bugun sizni yana sog'indim
O'zga yurtning musaffo tongi
Hatto yomg'irlari qalbim ovutmas
Qancha olislarda bo'lsangiz mendan
Bu yurak bir on xam sizni unutmas

Bugun sizni yana sog'indim
Sog'inchlarim aylandilar ko'z yoshga
Tangrimdan ko'rmoqlik o'tindim
Do'st tutindim yana sabru-bardoshga

Uzoqdasiz mendan men xam olisda
O'rtamizda uzun-uzun yo'llar sarson
Topolmadi yana diydor bu nigoxlar
Bir-biriga intizor bu dillar sarson

Просмотров: 412 | Добавил: gonch | Теги: sizni, Bugun, sog'indim, Yana | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: