Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » CHELSINING IRODALI G`ALABASI
15:58
CHELSINING IRODALI G`ALABASI

Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan "Alyants Arena” stadionida "Bavariya” hamda Londonning "Chelsi” jamoalari o`rtasidagi Evropa Chempionlar ligasi finali o`z nihoyasiga etdi. Uchrashuvning asosiy va qo`shimcha taymlarida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa "Chelsi” jamoasi g`alaba qozondi.


"Bavariya” jamoasi maydon egasi sifatida uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq oldinga tashlandi. Ammo "Chelsi”ning qarshi hujumda nihoyatda xavfli o`yin namoyish etishini inobatga olgan holda, myunxenliklar himoyani ham unutmaslikka harakat qilishdi. Birinchi bo`limda ruhiy bosim "Chelsi” jamoasiga qaraganda, "Bavariya” futbolchilarida ko`proq ko`zga tashlandi. Ular tashabbusni qo`lga olish bilan birgalikda ana shu bosimni ham engib o`tishga harakat qildilar.


21-daqiqiqada "Bavariya” vakillari jiddiy xavfli vaziyatni yuzaga keltira oldilar. Aren Robbenning yo`llagan kuchli zarbasini Petr Chex to`sib qolishga erishdi. Ammo to`p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi. Bu vaziyatda londonlik himoyachilar xavfni bartaraf eta olishdi. 35-daqiqa endilikda Germaniya terma jamoasi a`zosi Tomas Myuller juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. "Chelsi” esa birinchi bo`limni o`zi uchun qulay vaziyat poylab o`tkazdi. Raqibning birgina xatosini Di Matteo shogirdlari jazolashga tayyor edilar. Ammo Filipp Lam boshchiligidagi "Bavariya” himoyachilari inglizlarga bunday vaziyatni taqdim etishmadi.


Ikkinchi bo`lim ham birinchisi kabi boshlandi. Faqat "Bavariya” futbolchilari endilikda hayajonni bosib olgan holda harakat qila boshlashdi. 53-daqiqada Aren Robbenning zarbasidan so`ng Chexdan qaytgan to`pni Frank Riberi darvozaga yo`lladi. Ammo bu gol hisobga olinmadi. Robben zarba bergan vaqtda Frantsiya terma jamoasi a`zosi o`yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Shundan so`ng "Bavariya” "Chelsi” darvozasi sari haqiqiy shturm uyushtirdi. Ҳattoki, myunxenlik futbolchilar maydonda bitta o`yinchi ko`p bo`lib harakat qilayotgandek tasavvur uyg`otishdi. Ammo bu hujumlarning barchasi "aristokratlar”ning himoyachilari tomonidan qiyinchilik bilan bo`lsa-da, qaytarib turildi. Faqatgina 70-daqiqaga kelib "Chelsi”da ketma-ket ikkita qarshi hujum uyushtirish imkoni paydo bo`ldi. Biroq bu vaziyatlarda Manuel Noyer o`z mahoratini namoyish etib, hujumlarni bartaraf etdi.


"Bavariya” bir oz tin olib, yana hujumlarga zo`r bera boshladi. Ammo bu hujumlardan naf ko`rinmas edi. O`yin qo`shimcha daqiqalarga qarab ketayotgandek tasavvur uyg`otayotgan bir vaqtda Tomas Myuller katta sahnaga chiqdi. Uning boshi bilan bergan zarbasi erga tegib,sapchigan holda, Petr Chexning ustidan o`tib, darvozadan joy oldi. Ajoyib gol!


Goldan so`ng har ikkala jamoa murabbiylari darhol o`zgarishlarni amalga oshirishga kirishib ketishdi. "Bavariya” "eson-omon” o`yinni yakunlab olish ilinjida, "Chelsi” esa o`yinda burilish yasash maqsadida.


88-daqiqaga kelib "Chelsi” o`yindagi o`zining birinchi (!) burchak to`pini amalga oshirish huquqiga ega bo`ldi. Bungacha esa "Bavariya” futbolchilari 17 (!) marta burchakdan to`pni o`yinga kiritishga ulgurishgan edi. Burchakdan oshirib berilgan to`pni Drogba boshi bilan darvozaning yaqin burchagiga yo`llab, hisobni tenglashtirdi. Mana sizga tomosha! Qo`shimcha daqiqalarga marhamat!


93-daqiqada Drogba penalti "ishladi”. Riberiga nisabatan jarima maydonchasi ichida umuman kekraksiz vaziyatda qo`pollik ishlatdi. 11 metrlik nuqtaga Aren Robben yaqinlashdi. Zarba!!! To`p Chexning qo`llari ostida! Robben o`z faoliyati davomida ikkinchi marta muhim vaziyatda penltidan gol kirita olmadi. Yodingizda bo`lsa, u "Borussiya”ga qarshi kechgan chempionlik bahsida ham penaltini "ko`kka sovurgandi”.


Qo`shimcha taymning birinchisi "tinchgina” o`z nihoyasiga etdi. Ikkinchi ekstra taymda zaxiradan maydonga tushgan Ivitsa Olichda ajoyib imkoniyat paydo bo`ldi. Ammo uning zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonidan o`tib ketdi. Bir ozdan so`ng Mario Gomes bo`sh qolgan darvozaga to`pni aniq yo`llay olmadi. Bu vaziyatda unga David Luiz munosib qarshilik ko`rsatdi. Shu tariqa qo`shimcha taymlar o`z nihoyasiga etdi. Penaltilar seriyasiga xush kelibsiz!


Avval birinchi zarbada Mata xatoga yo`l qo`ydi. Keyinto`rtinchi zarbada Olich xatoga xato bilan javob qaytardi. Keyin esa "Bavariya”ning timsoliga aylanib qolgan Shvaynshtayger "xol” qo`ydi... So`nggi zarbani esa Drogba berdi! Bugungi o`yin shunday o`yin edi! Drogba deb atalmish o`yin!


EChL, Final.

BAVARIYa – ChELSI 1:1 (Penaltilar seriyasi – 3:4)

Gollar: Myuller, 83 – Drogba, 88.


TO`G`RI TAXMIN SOHIBI

55 Alisher_88   (2012.05.18 14:49)
1-1 i penaltilarda chelsi yutadi

Просмотров: 617 | Добавил: gonch | Теги: CHELSINING, IRODALI, G`ALABASI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: