Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » "ДАМ ОЛИШ УЧУН ҲАМ РУХСАТ СЎРАШ КЕРАКЛИГИНИ БИЛМАГАН ЭКАНМАН!"
16:45
"ДАМ ОЛИШ УЧУН ҲАМ РУХСАТ СЎРАШ КЕРАКЛИГИНИ БИЛМАГАН ЭКАНМАН!"
Kuni kecha Botir Qodirovning litsenziyasi to`xtatilgani haqida "O`zbeknavo” estrada birlashmasining rasmiy ma`lumoti e`lon qilindi. Bugun esa bir necha kunlardan beri xonandaning  xizmat doirasidan tashqaridagi raqami yana doiraga tushib, nihoyat, vaziyatga o`z munosabati va sabablarni bildirish maqsadida bog`lanish imkoni bo`ldi:

-Dubay safaridan qaytishim bilan, viloyatlarga to`y xizmatlariga chiqib ketdim. Birlashmadan qo`ng`iroq qilib, safar haqida tushuntirish berib ketishim haqida aytishdi, men esa viloyatlarda yurganimni ayni damlarda borishning umuman iloji yo`qligini aytdim. Shu! Undan tashqari, dam olishga ketish uchun ham ruxsat so`rab ketish shartligini bilmagan ekanman. Bilasiz, yakkaxon kontsertimga salkam bir yil tayyorgarlik ko`rdim.  Charchadim. Ҳordiq chiqarish kerak-ku?! Dubayda ikkinchi uyingiz bormi? Namuncha serqatnovsiz, deb so`rayotganlar ham bor. Shu shahar yoqib qoldi, tez-tez borgim kelganining nimasi yomon. Oldin faqat klip olishga borgan bo`lsam, endi 10 kun hordiq chiqarib qaytdim. Mayli, oyning o`n beshi yorug`, o`n beshi qorong`u deyishadi.

-Ҳech narsa bejizga bo`lmaydi. Muhimi, nima bo`lsa ham, yaxshilikka bo`lsin! Ushbu holatdan qanday xulosa chiqardingiz? Aybingizga iqror bo`ldingizmi?

-Kechirim so`radim. Nima ham derdim, uch oy kutaman endi. Biroq, katta xatosi borlar ham kechirilyapti-ku? Mening bu juz`iy aybim litsenziyamni to`xtatib qo`yish darajasida emas edi deb hisoblayman. Shunga ravo ko`rishibdimi, demak, yaxshi onlarni yana kutishdan o`zga chora yo`q.

Jasur ҲAMROEV
shov-shuv portali
Просмотров: 486 | Добавил: gonch | Теги: СЎРАШ, ҲАМ, Дам, БИЛМАГАН, учун, ЭКАНМАН!, олиш, КЕРАКЛИГИНИ, РУХСАТ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: