Главная » 2013 » Апрель » 22 » DILSO`Z G`OLIB BO`LDI, “BAYON”ga ESA DMITRIY MALIKOV QIZIQIB QOLDI!
20:52
DILSO`Z G`OLIB BO`LDI, “BAYON”ga ESA DMITRIY MALIKOV QIZIQIB QOLDI!

Kuni kecha o’zining maftunkor ovozi bilan ko’ngillarga kirib borayotgan xonanda Dilso’z Navoiy shaxrida bo’lib o’tgan "Nihol-2011” viloyat bosqichida "Mayli” taronasi bilan ishtrok etdi. Tanlov faqat jonli ijroda o’tganligini ta’kidlash joiz. 100lab ishtrokchilar orasidan Dilso’z respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Bu bilan Dilso’zni qutlaymiz. Biroq oldinda eng asosiy imtixon turibdi. Respublika bosqichi. "New Star” media kompaniyasining ilk qaldirg’ochi Dilso’zga omad kulib bo`qadimi? 

Yodingizda bo’lsa o’tgan yili "Bayon” guruhi o’zining "Bez tebya” nomli taronasini muxlislar hukmiga xavola etgandi. Aytish joizki rus tilida ijro etilgan ushbu qo’shiq bizning tinglovchilarga qaraganda Rossiyalik musiqa ixlosmandlariga ancha ma’qul kelgan. Rossiyaning 100 dan ortiq radiostansiyalarida qariyib ikki oydan ortiq ushbu tarona qaynoq rotatsiyada yangradi. Rus musiqiy top disklaridan o’rin olib xatto Piter FM radiostansiyasining chartida ham ishtrok etishga muvaffaq bo’lgandi. Ana endi "New Star” media prodyusserlik markazining ya’ni Sardor Rahimxonning omadli shogirdlariga Rossiyalik taniqli prodyusserlardan shartnoma qilish takliflari tushmoqda. Jumladan Dmitriy Malikov boshchiligidagi ijodiy guruh "Bayon” guruhi ijodiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Ammo Sardor Rahimxonning aytishiga qaraganda guruh eng avvalo yurtimiz muxlislari uchun ijod qiladi.

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 193 | Добавил: gonch | Теги: ESA, BO`LDI, Dmitriy, “BAYON”ga, MALIKOV, QIZIQIB, G`OLIB, DILSO`Z, QOLDI! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: