Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » DO'STIM UCHUN...
17:24
DO'STIM UCHUN...
Assalamu alaykum. 

Ko'nglimiz hamisha vafoli do'st tilaydi. Ayni damda kimdir bizning do'stligimizga,sadoqatli do'stligimizga muhtoj. Birorta do'sti bo'lmagan odam dunyoda yashamasa ham bo'ladi. Biz do'st deb yurganimiz dushmanlik choponiga burkanib olsa,aziyatlar chekamiz,ammo o'zimiz ba'zan bilib,ba'zan bilmay boshqa bir odamga dushmanlik qilib yurganimizni anglaymizmi? " U yomon odam,shuning uchun menga dushman" , deymiz. Ehtimol o'zimiz yomondirmiz,ehtimol do'stlik burchi nima ekanini yaxshi anglamagandirmiz,ehtimol yaxshi do'st tarbiyasini chetlab uyg'angandirmiz?
Rasululloh (s.a.v.) " Alloh nazdida eng yaxshi do'st deb odamlarga doimo hayrli ishlarni qilib yuruvchi kishiga aytiladi", deb marhamat qilganlar. Xo'sh,biz shundaymizmi? Yaxshi do'st talab qilishga loyiqmizmi.


Shu o'rinda Husayn Voiz Koshifiyning Kim bilan do'stlashish kerak haqdagi o'gitlariga e'tiboringizni qaratib,iloji boricha shu nasixatlarga amal qilishingizni istardim:
Do'stlikdan biron manfaat ko'zlamaydigan va besh xil xususiyatga ega bo'lgan kishi bilan do'stlashish kerak:
1- Do'st aqlli bo'lishi kerak,zero aqlsizlik yaxshilik belgisi emas. Donolar: " Aqlsiz do'stdan aqlli dushman yaxshi" deganlar.
2- Do'st xushfe'l bo'lishi lozim,chunki badqahrlar bilan til topishish qiyin.
3- Do'st badfe'l bo'lmasligi lozim.
4- U beg'araz bo'lishi darkor
5- Do'st aldoqchi, riyokor, qallob bo'lmasligi kerak,chunki bundaylarning do'stligiga ishonib bo'lmaydi.

Agar sen haqiqiy do'st topsang,quyidagilarga amal qil:
Do'stingdan hech narsani ayama.
Uning sirlarini qalbingda saqla,hech kimga oshkora qilma.
Odamlardan uning nuqsonlarini yashir.kamchiliklarini faqat o'ziga ayt,toki ularni tuzatsin.
Uning gaplariga diqqat bilan quloq tut.
Undan achchiqlanma,shuningdek,uning gaplaridan nuqson izlama.
Do'stingga hurmat bilan munosabatda bo'la.
Uning xushfe'lligi uchun minnatdorchilik izhor et.
Do'stingni özi yo'qligida doimo yaxshi so'z bilan esla.
Agar do'stingga biror narsani o'rgatmoqchi bo'lsang,buni ehtiyotkorlik va samimiylik bilan amalga oshir.
Uning ayblariga e'tibor berma,ularni kechir.
Uning yelkasiga o'z yukingni ortma.
Do'sting quvonsa- sen ham quvon, qayg'ursa-qayg'ur.
Do'stingga aytadigan birinchi so'zing uning uchun sog'liq tilamoq bo'lsin.
Do'stingga bo'lgan hurmatingni haddan oshirib ko'rsatishga urinma.
Do'sting gapirayotganda gaplarini bo'lma. O'zingga nimani ravo ko'rsang,do'stingga ham shuni ravo ko'r.
Jamoat joylarida doimo do'stingni oldinga o'tkaz va to'rdan joy ber.
Kerak bo'lgan paytda do'stingni himoya qil.
Do'stingni dushmanlari bilan do'st,do'stlari bilan dushman bo'lma.


Ushbu o'gitlar hayot yo'lda do'st tanlashda va chinakam do'st bo'lishimizda asqotadi. Do'stning haqiqiy dilini bilmoqchi bo'lsang,sinash uchun unga tilingda g'azab qilib yoki qovog'ingni solib ko'r. Do'sting senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo'lsang,uning eng yaxshi ko'rgan narsasini so'ra. Shu ikkalasidan so'ng ham u qovog'ini solmasa,bunday do'stni boshga ko'tarish,shirin jon bilan barobar tutish kerak.
Bir shunday Do'stim borki,uni qanchalik tasvirlashga hayronman. Manga xato va kamchiliklarimi chin dildan tushuntirib,faqat yaxshilikni ko'zlab mani shu xatolarimi tog'rilashimga sababchi bo'la oladigan bir dugonam bor. Alhamdulillah. Qandaydir bir ajib iliqlik bizni bog'lab turadi. Unga hurmatim cheksiz. Laziza, seni uchratgan Robbimga hamd bo'lsin...

Ey, Azizlarim! Eslab ko'ring, duolaringda do'stingni tilga olasanmi? Uning hojatini ravo qilishini so'raysanmi? Dardiga shifo tilaysanmi? Uning gunohlarini mag'firat etmog'ini iltijo qilasanmi? O'zing uchun ko'p,bag'oyat ko'p narsalarni so'rashing tayin. Agar do'sting xastalansa,shifo tilashing ham bor. Ammo.... " do'stimning gunohlarini kechir" , deb yolvorishni unutib quymaysanmi? Ehtimol uni gunohdan asrash chorasini ko'rmagandursan! Hamisha duoda bo'l,ey ko'ngil, Alloh do'stlaringning gunohlarini kechirsin!
Jaloliddin Rumiy hazratlari " Oqil do'sti bor kishining oynaga muhtojligi yo'q" deganlar.
Bir xadisi sharifda " Faqat Alloh uchun birovni do'st tutish va faqat Alloh uchun dushman tutish Alloh taolo huzurida sevimli amallardandur"deyilgan.

Ilohim faqatgina Haqiqiy do'stlar hamrohimiz bo'lsin.

E'tibor uchun Tashakkur.

_IROSH_
Просмотров: 511 | Добавил: gonch | Теги: DO'STIM, UCHUN... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: