Главная » 2013 » Апрель » 22 » Eldor Bek rus yulduzi Maksim bilan duet kuyladi!
21:01
Eldor Bek rus yulduzi Maksim bilan duet kuyladi!


O’z ijodini "PanTerra” Studiyasida ustozi Valijon Sodiqov boshchiligida aranjirovshik bastakor sifatida boshlagan ELDOR BEK hozirda o’z faoliyatini IOSIS STUDIO da olib boryapti. Ijodini boshlaganiga oz vaqt bo’lgan bo’lsa-da, MDH mamlakatlarida, jumladan Qrim-TV, Russkoy radio kabi qator tele va radio kanallarda xonandaning qo’shiqlari va ijodi haqidagi yangiliklar berib borilyapti. Bunga albatta uning prodyuseri Igor Iosisning xizmatlari beqiyos. O`zimizdagi bo`layotgan qaysi konsertni ko`rsangiz Eldor Bek bor. Bunda ham muhtaram prodyuserning o`rnini sezasiz. Xullas kalom Eldor Bek rus yulduzi Maksim bilan duet kuyladi! Duetning qaysi tilda kuylangani, qachon, qayerda premera qilinishi, klip suratga olinadimi yo`qmi degan barcha savollarga esa keyinroq javob olasiz. Hozircha xonanda ijodini kuzatamiz.

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 223 | Добавил: gonch | Теги: YULDUZI, maksim, Eldor, kuyladi!, BILAN, Bek, Rus, Duet | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: