Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Endi sizni izlay qaydan ayting ahir..
10:22
Endi sizni izlay qaydan ayting ahir..
 
Salom onajon mana keldim oldingizga qarang sizga nima keltirdim siz yahshi ko'rgan oq atirgullardan olib keldim onajon. Onajon nega jimsiz qaragizham kelmayapti mendan shunchalar hafamisiz onajon. Ha sizni hursand qiladigan nimaham qildim onajon yoshligimdan gapingizga kirmay qancha sizni qiynadim sizga qilgan yahshiligim meni nohush qilmishlarimda g'am chekib sochlarizga tushgan oqlarmi yo yuzlarizga tushgan ajinlarmi. Butun umur men xaqimda o'yladizu men bir kecha betob bo'lganingizga holizda habar olib oldigizda o'tira olmadim. Qizlar uchun qancha qancha chiroyli so'zlar bilan hatlar yozibmanu sizga bittagina onajon degan so'zni ayta olmabmana. Bitta shu ona so'ziga jon so'zini qo'shib aytsam ko'ngliz tog'day ko'tarilardiku onajon. Kechalari ko'chalarda do'stlarim bilan o'yin kulgi qilib yurgan vaqtlarimda siz yuda bolajonim tinchmikan deb meni zor intizorlik bilan kutganlaringizni o'ylamabmanku onajon. Tunu kun qo'liz duoda hudodan sog'ligimni tinchligimni so'rash bilan o'tdi. Men esa siz uchun nimaham qildim onajon. Odamlar onalarini hajga jo'natganda men sizni hech bo'lmasa O'zbekistondagi biror bir ziyoratgohgaham olib bormabmanku onajon. Meni deya dunyolardan kechgan onajonima borlig'im jonim jahonima. Ganimatim omonatim ekansizku onajon. Bilganimda barchasidan voz kechib to'yib to'yib yoningizdan ketmasdan kuksizga boshimni qo'yib yotmasmidim onajon. Izlaringizni izlab toplmasdan zor sarsonman endi onajon, kiymlaring bag'rimga bosib to'yib to'yib hidlab sizni boshqa ko'rolmasligimni bilib zor zor yig'lab oh chekaman onajon. Harkun uxlashdan oldin hudodan so'rayman ''Yo rabbim hech bo'lmasa tushumda bir ko'raydeb onajonimni'' qani endi tushlarimga kirsangiz diydorizni birbora ko'rsam onajon. Onajon siz chun bir bora vaqt ajirata olmagan, bir lahza shodlikni tuhfa eta olmagan, birbora shiri so'z ayta olmagan o'glingni kechir onajon. Ushbu gullarni qabriz ustiga qo'yar ekanman Ollohdan so'rayman joyingiz jannatda, ruhingiz rohatda bo'lsin mening aziz onajonim.

Yo'llaimga termulishdan toliqmagan onajonim.
Meni o'ylab tunu kunham zerikmagan onajonim.
Bilmabmanku qadringizni siz ekansiz jonajonim.
Endi sizni izlay qaydan ayting ahir onajonim.

Oq sut berib ulg'aytirib o'stiribon o'ktam qildiz.
Yosh qalbimga mehringizni malham qildiz.
Mendan naf tegmaydi aslo hechham buni bildiz.
Bilib turib yomon so'zlar aytmadiza onajonim.

Sizni o'ylab kechala lov lov yonaman.
O'pay deyman izingizni topolmasdan giryonaman
Sizni qadrizga yetmagan bir aqilsiz devonaman.
Kimsasiz qolgan qorong'u esiki bir vayronaman.

Hudodan so'rarman har lahza jannatda bo'lsin joyingiz.
Shuncha azob chekdiz yetar endi oromlar olingsiz.
Ortingizdan duo aylab ko'zyosh tukarman johonim.
Kechirolsangiz kechiring meni bir bor onajonim.

Bir do'stimning dardlarini tinglab yozdim(qo'lda qalam ko'zda yoshlar tinmadi). Bahtimizga hammamizni onamiz hamisha sog' bo'lsin deya Oltinbola.

Dilshodbekni ''Oqga tushgan armonlar'' nomli kundaligidan.
Просмотров: 458 | Добавил: gonch | Теги: ahir.., Endi, qaydan, ayting, sizni, izlay | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: