Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » ERKAK KISHINING YIG'LASHI UCHUN SABABLAR.
13:24
ERKAK KISHINING YIG'LASHI UCHUN SABABLAR.
Assalomu alaykum aziz saytdoshlar mana yana sizlar uchun yengi ijod maxsulimizni xavola etaman bu sherim talablarga binoan yozildi o'qib o'z fikringizni bildirasiz degan ummidaman xurmat bilan BEGZODBEK.

ERKAK YIG'LAYDI.

Ezgu orzulari bo'lganida puch.
Ayol xiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqa topolmasa kuch.
Alamdan ezilib erkak yig'laydi.

Xaqiqat olovdir yolg'on bir shisha.
Xaq so'zni aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogox bo'lib qolsa foxsha.
Xammadan yashirib erkak yig'laydi.

Cheksiz xasratlarga qolganda botib.
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib. 
iso 9001
Bolasin tobudin qolsa ko'tarib.
Yurakdan o'kirib erkak yig'laydi.

Xizmat qilolmasa tikib jonini.
Rozi qilolmasa onajonini.
Tuproqa qo'yganda onajonini.
Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi.

Do'sti sotib ketsa og'ir kunida.
Dartkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi kelmasa ish maydonida.
Bir chetga o'tirib erkak yig'laydi. 

исо 9001  

Shaytonga do'st bo'lib ketsa bolasi.
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi.
Ajalin chaqirib erkak yig'laydi.

Xaromni tanlasa xalol turganda.
Navqiron yoshligi uvol bo'lganda.
Qirq do'sti bo'lmasa qirqga kirganda.
Chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi.

Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin.
Xech masjit tomonga burmasa yo'lin.
Bir kuni tushunsa adashganlign.
Umriga achinib erkak yig'laydi.

Toshdan xam qattiqdir yetimlik noni.
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azobda qolganda joni.
Ko'ngliga suyanib erkak yig'laydi.

Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq.
Jirkanch odatlarga yashasa sodiq.
Nom qozona olmasa ablaxdan ortiq.
Bir kuni og'rinib erkak yig'laydi.

Xechxam baxt ko'rmasdan bir kuni oxir.
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari kettdik desa azroil.
EY VOX DEB BAQIRIB ERKAK YIG'LAYDI.
Просмотров: 419 | Добавил: gonch | Теги: ERKAK, SABABLAR., KISHINING, UCHUN, YIG'LASHI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: