Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Erkak oshiq bo`lsa gar - Unga qadah tutarlar. Ayol oshiq bo`lsa gar - Undan tavba kutarlar.
16:16
Erkak oshiq bo`lsa gar - Unga qadah tutarlar. Ayol oshiq bo`lsa gar - Undan tavba kutarlar.
Hozirgi kunda o’zbek qizlarimiz nihoyatda o’zgarib ketishmoqda, oldingi Kumushbibilardek sharmu hayo misoli endi ertakdek. Yigitlarimiz qolib qizlarimiz sevgi izhor aylab, uchrashuvgada o’zlari chaqirguvchi zamonga qoldik. Tog’ri hammamiz sevib sevilishga haqlimiz ammo Payg'ambarimiz s.a.v. marhamat qiladilarki, agar ayol kishi bir erkakni Alloh uchun sevsa sir tutmasin, deyilgan. Biroq buning tushunchasini ko’pchiligimiz shunchaki nafs yo’lida deb bilamiz. Lek sevgi nafs bilan emas, aql bilan boshqarishi lozim. Bekorga Muhammad s.a.v. "Yo Alloh, qalbimni o'z izmingga sol", -deb iltijo aylamaganlar. 
Qalbimga ko'milgan muhabbat so'zi 
O'yimni chulg'adi mening har minut. 
Lekin o'yladimki, sen so'z ochmasang, 
Shu dardda o'lsam ham etaman sukut.

Lekin o'yladimki, uyatdir qizga
Yigitga sevgisin aylasa izhor.
Bu dog' solar dedim qizning husniga.
Endi ilojim yo'q bo'lmayin iqror...
Bazan hayolga cho’mib qolaman hozirgi o’zbek qizlarimizga nima yetishmaydi deb…Va nihoyat andisha kamlik qilayotgani yaqqol fikrimni tortdi. O’ldim kuydim deya dunyoga jar solayotgan qizlarimizda hayo tobora kamayib bormoqda, zero HAYO-IYMONDANDIR.
Ichlarida saqlagan rashqin,
Ko'z yoshlari daryodan toshqin,
Ro'moliga yashirgan ishqin,
Oddiy qizlar yaxshi bo'ladi...
Azizim, mo’tabarim, mening soliha bamisoli ko’ngli shishadek toza muqaddas nom vakili bo’lgan opalarim, singillarim, Ko’ngil ishi deya qaysidir jihati, xislati yoqqan bir yigitni ham "ko’ngil ishi” deyishdan o’zimizni tiyaylik. Aqlimizgada quloq solaylik. Shunchaki havas, qiziqish va o’rganib qolishlikni ko’ngil ishi bilan adashtirmaylik. Ko’nglingizga yaqin bo’lgan kishingizni yo’qotdingizmi aslo unutmang, sizga bugun uchragan kishi balki Allohning sinovidir... Balki "Ey bandam, Sen hali undan ham afzalini uchratasan, bu mening senga sinovim" degan ma'noni anglarmiz... Chindan ham azizlarim, bizga uchrayotganlarga nisbatan chegarali munosabatda bo'lib, ham aql, ham ko'ngilda, Allohim afzalini bergin degan duoni unutmaylik. O’zbek ayoli ekanligimizni, o’zligimizni unutmaylik! InshoAlloh, Alloh bizni mukofotlagay!
Farishtadan nima farqi bor
Tushmagan boshidan ro’moli
O’ttiz beshda yori o’tsa ham
Yolg’iz o’tgan o’zbek ayoli
G’amdan kovjiragan jamoli
Yorga sodiq o’zbek ayoli

Yana kim bor beshik tebratib
Allasida dardin kuylagan
O’g’ilchasin tishi chiqqan kun
Bukcha tugib kelin o’ylagan
Ona so’zin yuksak kamoli
To’y deb yashar o’zbek ayoli
Kiprigida yashaydi hayo
O’n yettida keng uyga kirar
Yo’ldoshi uning sultoni go’yo
Xizmatida cho’riday turar
Yorin ranjitmagan shamoli
Sevgisi chin o’zbek ayoli
Yo’qlik kelar, g’am alam kelar
Churq etmasdan ochadi ko’ksin
Bunday iymon ko’rmadi bashar
Yelkalagan tiriklik yukin
Kunu-tuni topgan zavoli
Tinim bilmas o’zbek

Ikki bo’lmas bitta ko’ylagi
Kiyintirar yarim dunyoni
Mehnat uchun bitgan bilagi
Durlar sochar shirin zaboni
Pardoziga yetmagan xoli
Guldan dilbar o’zbek ayoli

Umri o’tib dunyo ko’rmagan
Bilgan joyi talanchi bozor
Lekin bir bor afsus qilmagan
O’ylarida armonim bisyor
Tashvish bilan banddir hayoli
Dunyosi tor o’zbek ayoli

Qay millatda shunday ayol bor
Quyosh bilan teng kelsa mehri
Uning kabi bo’lsa betakror
Asrlarga tatisa sexri
Tog’larga teng nomusu-ori
Tongday toza o’zbek ayoli.
Mo’tabar opayu-sngillarim avvalo, Allohni seving, Eringizni seving, Farzandingizni seving, Ota-onangizni seving. Nomahramlarnida sevib bo’ladimi? Erkak kishining muhabbati ikkinchi yorgacha, ammo ayolning muhabbati to qabrgacha deyilgan. To’g’ri qalbsiz, yuraksiz tug'ilgan qiz bormi dunyoda dersiz, yo’q albatta, faqatgina bu hisni qizlarimiz o’zgacha tarozi bilan o’lchashi lozim. Sevgan inson o’zini unutadi, sevgan insonini baxti uchun qo’lidan kelganini qiladi. Sevish bamisoli fidolikdir, mardlikdir, bo’lishishdir… Lekin sevgan inson sevgisni qurbon qilib, yuragini eng tubiga ko’ma olishni ham bilishi kerak.
Erkak oshiq bo`lsa gar -
Guldan bo`sa oladi.
Ayol oshiq bo`lsa gar -
Yonar o`tda qoladi.

Erkak oshiq bo`lsa gar -
Arslon tonar o`zidan.
Ayol oshiq bo`lsa gar -
Yomg`ir yog`ar ko`zidan.

Erkak oshiq bo`lsa gar -
Ayb sanalmas gunohi.
Ayol oshiq bo`lsa gar -
Topilmagay panohi.

Erkak oshiq bo`lsa gar -
Unga qadah tutarlar.
Ayol oshiq bo`lsa gar -
Undan tavba kutarlar.
Просмотров: 477 | Добавил: gonch | Теги: bo`lsa, Ayol, Unga, ERKAK, tutarlar., GAR, oshiq, qadah | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: