Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Erni er qiladigan …
11:58
Erni er qiladigan …
Avtokorhonada xaydovchi bo’lib ishlardim. Har kuni direktorni uydan ishga, keyin uyga olib borib qo’yardim. Boshlig’im hushchaqchaq, shirinsuhan, o’zini kamtarin tutadigan, oddiy odam edi. Xullas, ishim ham, hayotim ham risoladagidek edi. Lekin bu hol uzoqqa cho’zilmadi. Boshlig’im boshqarmaga ko’tarilib, o’rniga boshqasi keldi. Yangi boshlig’ni menga nisbatan qo’rsligi tufayli mashinani topshirib, chilangarlik (slesar) kasbiga o’tib kettim.
Hammasi ana shundan boshlandi. Ishdan keyin ishxonada qolib "qittay-qittay” qilishar, bordi-yu ziyofat cho’zilib ketsa, o’sha erning o’zida tunab qolishlar odat tusiga kirdi. Uyda ham tinchlik buzildi. Bo’lar bo’lmasga shovqin ko’tarib, bemaza so’zlar bilan ahli ayolimning dilini og’rita boshladim. Bolalarim mendan qochadigan, iloji boricha ko’zimga ko’rinmaslikka harakat qiladigan bo’lib qolishdi. Qo’shnilar ham baqir-chaqirlardan bezor bo’lishdi. Qarindoshlar-ku uyimizdan umuman oyoq uzishdi.
Kunlar ketidan oylar, oylar ketidan yillar shu zayilda o’taverdi. Mening kayfu safolarim kundan-kunga avj olaverdi. Vafodor ayolim esa, "miq” etgan tovushni tashqariga chiqarmas, bergan ozorlarimni barchasiga sabr-toqat ila chidab, mehribonlik bilan javob berardi. Biron narsani sindirib qo’ysam: "Mayli achinmang dadasi, salomat bo’lsangiz bo’lgani, buyum topiladi”, deya yupatardi. Shurakayf bo’lib kelishimga qaramasdan : "Nima eysiz, nima ichasiz?” deb so’rar, og’zimdan chiqqan narsani tezda muhayyo qilardi.
Ohiri bo’madi. Rafiqam meni ichkilikka mukkasidan ketganlarni davolaydigan kasalxonaga yotqizdi. Har kuni holimdan habar olib turdi. Allohga shukurki menga shifo va insof berdi. Sog’ayib uyimga kelganimdan keyin sevikli va vafodor ayolimning qadriga etadigan va qarindoshlar bilan yaxshi muomala qiladigan bo’ldim.
"Erni er qiladigan ham, qaro er qiladigan ham xotin”, deb bejiz aytilmagan ekan.

Abduqodir ota Qosimov
"Musulmonlar taqvim kitobi”
Просмотров: 286 | Добавил: gonch | Теги: ER, qiladigan, Erni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: