Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » FOXISHANING FARZANDI(10-11QISM)
13:10
FOXISHANING FARZANDI(10-11QISM)
Bekatdan ketganimdan
so’ng..Nima qilarimni bilmay
qoldim..Biroz yurganimdan
so’ng esa
ro’paramdan,kattagina
restoran chiqdi..Oynakka esa
ishga qabul qilamiz deb
yozilgan edi.  Ichakariga kirdim..U yerda
menimcha restoranning
xo’jayini bo’lsa kerak..Bemalol
oyog’ini chalishtirib televizor
ko’rib o’tirar edi..U bilan
salomlashgach maqsadimni
aytdim..
-Iyaa,ukam.o’zi umringda biror
bir ish bilan
shug’ullanganmisan.?dedi
-Nima deganingiz
oka,shug’ullanmasak
odingizga kelarmidik..dedi
hazilomuz..
Shu tariqa boshlangan
suhbatimiz,meni restoranga
ofitsiant qilib olish nuqtasida
poyoniga yetdi..
U yerdagi faolyatim
boshladi..Kuniga mijozlar bilan
tinimsiz ishlashim oqibatida
yahshigina mijoz orttirdim..
Oradan hash pash deguncha 6
oy vaqt zippilab o’tib ketdi..
Bu orada men Nilufar bilan
munosabatlarimizni ancha
mustahkamlab ulgurgan
edim..
Sevgi degan tuyg’uning
yettinchi osmonida ancha
kezishim mumkun edi ammo
bir voqea bo’ldiyu hayotim
butkul izidan chiqib ketdi..
Odatdagi kun..barchaga
hizmatimni ado etayotgan
edim..Restoran ro’parasiga
Mers rusumla mashina kelib
to’xtadi..Avvaliga uncha
e’tibor bermagan ekanman..
Uning stoliga hizmat ko’rsatish
uchun kelganimda esa Uni
ko’rib qotib qoldim..
Bu o’sha maning do’stim Ravil
edi..Uning yonida esa
qandaydir ro’s millariga
mansub bo’lgan bir qiz bor
edi..
-Iyaaa,do’stim..qaleysan..seni
qaytib ko’raman deb
o’ylamagan edim..dedi va men
bilan quchoqlashib ko’rishdi..
Men uning ro’parasiga
o’tirdim…
-Bu yerlarga qanday shamol
uchirdi..Har holda seni
ko’raman deb ko’zim uchib
turgani yo’q edi dedim tund
kayfiyatda..
-Haaa endi,tog’,tog’ bilan
uchrashmaydi..odamlar esa
bundan mustasno ekanda ,
dedi hiringlab kular ekan..
-Menga qara,men hayotimni
izga solish uchun harakat
qilayapman..seni kelishing
ortiqcha..meni hayotimga
suqulma..dedim
-Tushunmadim..Shuncha pulni
olib indamay qochib
qolmoqchimisan..Sen bilan biz
o’ldirgan odamlar ro’hi tinch
qo’yadi deb o’ylaysanmi dedi u
men tomonga engashib..
-Men o’yindan
chiqqanman..gap tamom
dedim
U bu so’zlari bilan mendagi
o’sha mudhish hotiralarni
uyg’otgan edi..
-Ha mayli,kel og’ayni bugun
biiiir maishat qilib eski
damlarni hotirlaylik dedi..
Men uni yelkasidan ushlab
joyiga o’tkazdim-
u,restoranning oshxonasi
tomonga yo’l oldim..
Ravil indamadi,ovqatlarnib
bo’lgach esa chiqib
ketdi..Birozdan so’ng men
bilan ishlaydigan yigit qo’lidagi
qog’ozchani menga tutkazdi..U
qog’ozchada esa Ravil menga
tel raqamini qoldirgan,tegiga
esa "Do’stingni unutib
qo’ymagin” deb yozilgan edi..
O’sha kundan beri menga
eslatgan voqeliklar butunlay
tinchlik bermay
qo’ydi..Kechqurun tushlarimga
qiymalangan ayol murdasi
kirib azob bera boshladi..
Oradan azob bilan,amallab 6
kun vaqt o’tdi..
Azoblardan forig’ bo’lishim
lozim edi..Men Ravilga
qo’ng’iroq qildim..
Biz uchrashdik..Ravil
allaqachon o’ziga hashamatli
uy qurgan..U boyib ketgan
edi..
-Men,topishingni bilardim deb
meni mamnun qarshi oldi..
-Ilojim bo’lmadi..O’sha esingda
bo’lgan holat haliyam meni
qiynayapdi..dedim
-O’rtoq,men ham boshida rosa
qiynalgan edim,lekin davosini
topdim..esingdami o’zimizning
ermagimiz..o’shandan ozroq
baham ko’raylik..hammasi
joyida bo’ladi..dedi
Ikkalamiz miriqib
marixuannani ta’mini
ko’rdim..U aytgandek men
butunlay boshqacha
kayfiyatga kirdim..Endi
ikkalamiz murdalarni qanday
qilib bo’laklaganimiz
to’g’risida,huddi qiziq bir
voeani eslagandek bo’lib
gaplasha boshladik..
Ravilni aytishicha,bizdan olgan
ulushini tojikistonning qaysidir
viloyatidan narkotik oldi
sotdisiga tikkan va shu orqali
kattagina boylik orttirgan
edi..U meni ham shu savdoga
undar edi..
-
Og’ayni,qachongacham,odamlarni
yuvundisini yeb kun
ko’rasan..Men aytgan yo’lni
tutsang boyib
ketasan,oyog’ingni tayida
hohlagan jononing hizmatda
bo’ladi..
U tinimsiz menga uqtirmoqchi
bo’lardi,,
Men unamadim…
Bunday suhbatlar endi deyarli
haftada bir marta bo’ladigan
bo’ldi..Va nihoyat Ravil
maqsadiga yetdi..Men rozi
bo’ldim..
Ikkimiz tikkan pullarimiz bilan
tojikistonga qarab yo’l
oldik..Albatta men bu haqida
Nilufarga aytmagan
edim..Shunchaki ‘hizmat
safari’deb qo’yaqoldim..
Oldinda esa meni Tojikiston
safari kutardi…
Ikkalamiz ming bir bahona
bilan Tojikistonning kerakli
maxallasiga kirib keldik..
Bizni ko’rsatilgan manzilda
Yoshi ulug’roq bo’lgan bir
qariya kutib oldi..
-Hay,uko keldingme..?shu so’z
bilan boshlandi hammasi…
Biz uning uyida 4 kun mehmon
bo’ldik..Deyarli bu kunlar
tinch o’tdi..
5 kun biz barcha yuklarni
bizga kerakli miqdorda
qoradorini olib chegara
tomonga ravona bo’ldik..
U yerda bizni kure’r kutib
turardi..Unga yetarli miqdorda
pulni berib chegara ortida
kutib turishni kelishdik..
Biz chegaradan
o’tib,belgilangan manzilda
giyohvand moddani qabul qilib
oldik..
SHaharga kirib kelishda esa
aytarli qiyinchilik sezmadik..
Bu safarning oqibatida esa
men,o’zimdagi pulni 4
barobarga ko’paytirdim..Bu
orada esa biz safarga 2 marta
borib kelishga ulugurdik..
Eng achinarli tomoni esa,pulga
mukkasidan ketgan biz kabi
osiy bandalar..Bu narkotiklar
oqibatida qanchadan qancha
yosh yigitlarning umriga zomin
bo’layotganimiz hayolimizga
ham kelmasdi…
Davomi bor...

Navbatdagi "ko’kat”
operatsiyasidan so’ng..Uyga
zo’rg’a yetib keldik..Bizga
Tovar olib o’tadigan kishi
qo’lgan tushgan edi..O’z
navbatida u nafaqat qo’lga
tushgan balki biz haqimizdagi
ma’lumotlarni allaqachon
gullaganligini bilardik..
Uyga kela solib,barcha pul va
boshqa mayda chuydalarni
mashina ortishga tushdik,,,
Biz uchun qochqinlik davri
boshlangan edi..
-Menga qara,ikkalamiz ikki
tomonga tarqalamiz dedim
Ravil menga savol nazari
bilan qaradi..
-Agar ikkalamiz,birga
ketadigan bo’lsak,bizni darrov
"xit”lashadi,SHuning uchun
tarqalib alohida ketishimiz
kerak dedim..
Ravil boshida unamadi,lekin
uni ko’ndirdim..
Ravilning mashinasi ko’zdan
g’oyib bo’lgach esa,men
o’zimga tegishli mol mulkni
olib shahar chekkasidan olgan
2 xonali uyga ravona
bo’ldim..Mening
hotirjamligimga sabab
esa,bizga tegishli kurier faqat
Ravilni tanirdi,men esa
ismimni o’zgartirib aytganim
sababli meni tanimasligi aniq
edi..Men unga aytgan ism
bo’yicha tergov qilinadigan
bo’lsa kalavaning uchi
umuman boshqa tomonga
borib taqalar edi..Shu sababli
ham o’ta hotirjam
edim..Jamg’argan pullarim
bilan esa yahshigina ish
boshlasa bo’lar edi..
Oradan 4-5 kun vaqt o’tdi,uzuq
yuliq gaplarga qaraganda
Ravilni uyida tintuv
bo’layotganligi bilinib
turardi..Men esa o’zimni o’ta
hotirjam tutib,shahar chetidan
o’tadigan markaziy yo’l
chetidan "moyka” qurilishini
boshlab yuborgan edim…
Nilufar…bu ismni qalbimda
tuysam,barcha qilgan ishlarim-
u,barcha vijdon azoblarim
yarasiga malham qo’yilgandek
bo’lardi go’yo…
U bilan narvbatdagi
uchrashuvda men unga nikoh
uzugi taqdim qildim..
-vooooy,nahotki Sodiq aka..!!
Nahotki siz bir qarorga kelgan
bo’lsangiz..
Uning gulgun chehrasi yanada
yorishib ketgandek
bo’ldi,go’yo…
Hiyol qizargan
yonoqlarini,ko’rsatmaslik
uchun yuzini burib oldi..
-Uydagilaringga aytib
qo’y,senga uylanmoqchiman
dedimu..
Mahkam bag’rimga
bosdim..O’sha damlarda men
uning sochlaridan kelayotgan
ifor og’ushida butkul mast
edim…
Oradan 3 oy vaqt
o’tdi..Endilikda men Nilufar
bilan oila qurishga
erishgan,shahar chetidagi
moyka ortidan keladigan
daromadlarga qanoat
qiladigan oddiy insonga
aylanayotgan edim..
Bu borada Nilufarning cheksiz
ko’magi,nihoyatda farosatli
ekanligi bilan meni
dunyoqarashimni o’zagartira
boshlagan edi…
-Sodiq aka,bilasizmi men sizga
bir hushhabatni aytmoqchiman
dedi Bir kuni ertalab ishga
ketayotganimda…
-ha,qanday habar ekan …
so’zlay qolchi..?!dedim,jilmayib
-Bilasizmi,men haligi….Biz
yaqinda ko’payishamiz…u
qizarib yuzini burib oldi…
-Nahot…!!? Na..na…
hoootki ..!!!!Men ichimdan
qandaydir quvonch bilan otlib
chiqayotgan vilqon haroratini
sezdim…Uni bag’rimga bosib
ko’tarib oldim-da,hona bo’ylab
ko’tarib aylantira boshladi,,,
U esa bo’ynimdan mahkam
quchganicha tinmay kulardi…
Mening hayotimda shu asnoda
quvonch kirib kelgandi..Bu
yaratgan tuhfasimi yoki bir
sinovmi?menga muhim emas
edi o’sha damda….
Oradan hash pash deguncha,5
oy vaqt zippilab o’tib ketdi…
Biz Nilufar bilan bo’ljak
farzandimiz haqida tinmay
suhbatlashar,uning hatto
ismini ham tanlab qo’ygan
edik…
Kunlardan bir kuni esa,men
ishhona tashqarisida sigareta
tutatib turgan edim..
Uzoqdan taniy olmadim,biro
dam menga qo’l silkib kela
boshladi..
Yaqinroq kelganida uni tanish
mushkul edi..Soqollari o’sib
ketgan..Egniga kiyib olgan
qandaydir uzun koja
plashi,bilan u atrofdagilardan
ajralib turardi..
-Bu sen…?!dedim hayrat
aralash…
-Haaaa,nima,do’stingni holidan
habar ham olmaysan…Axir
bizlar sherik edik-ku,dedi
zaharhanda jilmayib Ravil…
Unung bu tashrifi bilan
qandaydir,yana muommoli
ishga meni duchor qilishi
mumkunligini o’yladim..Va
jiddiy ohangda so’z boshladim..
-Ichkariga kir..Sen bilan
ochiqchasiga gaplashib
olamiz..dedim
Ichkariga kirib,U g’ing’ir
g’ing’ir qilganicha honani
aylanib chiqdi,menga qarab
olayib turdida
-Sodiqbey,jaaa kotta odam
bo’lib ketibsizmi?\dedi ma’noli
iljayib..
-Menga qara,gapni qisqa
qilib.,..Maqsadga o’t yana
nimaga meni hayotimga kirib
kelayapsan dedim
-Men o’sha qochib
ketganimdan so’ng…Yashrinib
yurib barcha pullarimni
tamom, qildim
tushunayapsanmi?meni
qaytishdan o’zga choram
qolmadi ..Uqdingmi?dedi men
tomonga engashib…
-Nima istaysan,seni pulingni
men ishlatganim yo’q
harholda…!? Dedim beparvo…
-Og’ayni chalish.,Men sen
bilan birgalikda shu moykada
ishlamoqchiman,har holda
eski qadrdoningga ozroq joy
bo’shatib berarsan…?! Vaqti
kelgandan axir,bitta odamni
birgalish nimtalaganmiz dedi
past ovozda…
Meni boshimda sanchiq tura
boshladi,aynan o’sha ayol
sahnasidan qutula olmayotgan
bir paytda uni menga
eslatgani..Ayol va bolasining
maydalangan jasadini ko’z
oldimda chunon
gavdalatardiki,bu azoblardan
qutulish uchun jahannamga
borishgada tayyor bo’lib qolar
edim..
-Mayli,sen aytgancha bo’la
qolsin..Senga hona ajaratib
beraman..Men bilan ishlaysan
edi.Lekin bir gap..Agar sen
bilan bog’liq yana ishkal
chiqadigan bo’lsa,o’sha ayolni
murdasi oldiga
ko’maman..Dedim…
-Albatta,xo’jayin…sizni
ishonchingizni mana biz
oqlaymiz-da,dedi Ravil tijayib
…..
Davomi bor...
Muallif:El_ShaFeY
QO'SHDI:ALADDIN8575
Просмотров: 577 | Добавил: gonch | Теги: FOXISHANING, FARZANDI(10-11QISM) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: