Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » FOXISHANING FARZANDI(12QISM)
13:07
FOXISHANING FARZANDI(12QISM)

Hullas Ravil yana meni
hayotimda paydo
bo’ladi,avvaliga men uning
qilayotgan ishlarini ancha
yahshi deb bilayotgan edim..U
kuniga ishga o’z vaqtida
chiqar,barcha mijozlar bilan
baxoli qudrat hushmuomilada
bo’lar,aytarlik undan shubha
qilishga hech qanday asosim
yo’q edi..
Kunlardan bir kuni Ravil
menga aytib qoldi.. -Og’ayni,mana seni oldingga
kelib ishlayotganimga 3 oydan
oshdi..Bu orada men ancha
o’zimni to’g’ri yo’lga solib
qo’ydim..SHuni bugun
nishonlasak nima deysan..har
holda ishlagan odam dam
olishi kerak-ku..deb qoldi..
Men esa avvaliga
unamadim..Endilikda chunki
men farzand kutayotgan ota
edim..Men ko’proq Nilufarni
oldida bo’lishga harakat
qilayotgan edim..Shu bois
bo’lsa kerak u bilan ketishga
unchalik yuragim betlamadi va
men rad javobini berdim…
U biroz ko’nglimni yozib kelay
deb shahar chetrog’idagi bir
retoranga ketayotganini aytib
jo’nab qoldi…
Men esa Uyga ketdim..Uyga
kelsam,Nilufarning mazasi
bo’lmayotganini
sezdim..Undagi homiladorlik
ancha og’ir o’tayotgan
edi..Shuning uchun ham bo’lsa
kerak uni avaylashga harakat
qilar edim…
Nilufar bilan birga
ovqatlanmoqchi edim..U
mazasi yo’qligini aytib yotoqqa
kirib ketdi..
Men birozdan so’ng uni
ahvolini bilish uchun honaga
kerganimda hayratdan
toshday qotib qoldim..
Uni og’zidan qon sizib
chiqardi..Yuzini yerga
yuztuban qo’ygancha o’rnidan
turishga qarakat qilar edi..
Shoshib uni turgazdim..Apil
tapil uni ko’targancha mashina
tomonga yugurdim..Mashinaga
uni o’tkazayotganimda esa uni
menga iltijo bilan boqqan
ko’zlari dagi ilinjni ilg’ash qiyin
emasdi..
Meni bo’ynimdan mahkam
quchar va quloqlarimga
shivirlardi..”Men sizga har
qachongidan ham ko’proq
ishonaman,”…Bechora o’zi
qanday holatda bo’lsa ham
meni o’ylardi..Menga hech
qachon ayol zotidan bunchalik
mehr berilmagani
bois,ko’zlarimga bextiyor yosh
indi..Mendagi o’lib qolgan deb
o’ylab yurgan bu vijdonim esa
shu darajada azob berardi-
ku,uning oldida yerga kirib
ketguday ahvolda edim..Aynan
o’sha damda men shu
ojizaning oldida naqadar ojiz
ekanligimni his qilardim..
Uni tug’ruqxonaga olib kirib
ketishdi..Men esa ichkarida
nimalar bo’layotganini bilishni
shu darajada xoxlar edim-
ki,xatto bostirib kiraymikan
deb
o’ylardim..Asabiylashgandan
sigaretni tinmay tutardim..
-Hoy yigit…Siz Mansurova
Nilufarni tumush o’rtoqlari
bo’lasizmi? Deb hamshira qiz
chaqirib qoldi…
-U tug’dimi…?dedim
hayajonimni yashira
olmasdan..
-Yo’q,sizni so’rayapdi,uni
yonida bo’lishingizni istayapdi
dedi
Shoshib uni yonidan yugurib
o’tdim,elkamga halatni ilishim
kerakligini aygancha
orqamdan javrab qoldi..
Tug’ruq honasi…Hamshira ayol
meni olib kirdi..
Nilufar ….bechora Nilufarim
tug’ruq stolida dard bilan
kurashardi…Uning og’riqdan
yumilib ochilayotgan
ko’zlaridan uni azob
chekayotganini anglash qiyin
emasdi…
Tinmay og’zini katta ochib
nafas olishga harakat qilardi…
Shoshib kelib uni qo’lidan
ushladim..Meni qo’limni qattiq
siqib oldi..Go’yo u bu bilan
mendan tasalli olayotganiga
o’hshardi..O’sha damda bildim
men ayol kishining eriga
nisbatan qanchalar
ishonishini,aynan o’sha damda
men,suvga oqizilgan ayolni
kechinmalari qanday bo’lagani
his qilayotganim edim..
Yo…alhazar…!
Inson bolasi ham shu darajada
azob bilan dunyoga
keladimi..?!
Nilufarni chekayotgan azoblari
huddi mening jonimda og’riq
berayotgandek edi go’yo…
Uni qo’llaridan mahkam
siqarkanman,ko’zlarimdan
yosh quyulib kelayotgan edi..
Nahot..nahotki meni ham
fohisha onam shu tahlid azob
bilan dunyoga keltirgan
bo’lsa…
Menday manfur kimsa,esa
kimlarni jonini
oldim..Taqdirning menga yana
qanday karomatlari bor ekan..
Dahshatda edim..Yaratgan
yaratdan mujizasini ko’rib
turgan edim..
Nilufar og’riqqa dosh bera
olmadi..
Uni operatsiya honasiga olib
kirib ketishdi..Meni esa
tashqarida kutib turing deb
qoldirishdi..
Men kutish zalidagi stulga
og’ir cho’kdim..
Boshimni changallab natijani
kuta boshladim..Vaqt huddi
mendan o’ch olayotgandek
juda sekin o’tardi..
Shu vaqt qo’l telefonim asabiy
jiringladi…
Go’shakni ko’tardim..bu Ravil
edi..
-Haaaa,og’ayni chalish,..!nima
qilayapsan bizani davaramizga
kelib qo’shil,maishat zo’r
bo’lyapdi, hiiiq..Sen kelgin
tezrroooooooq,bu yerda
jononlarni zo’rini topib
qo’yganmiz hiiiq..
Uni yonidan esa allaqanday
qizlarni ovozi kelar edi…
-Tupurdim..seni maishaitngga
ham,senga ham.. ……………
bo’ralab so’kinib telni qo’yib
qo’ydim…
Yana jininglay boshladi…
-Yana qanaqa gaping bor,..?!
Asabga tegib tel
qilaverma..dedim..
-Menga qara…hiiiq..Sen hali
menga shu gaplarni
aytayapsanmi?!Meni
kimligimni bilasanmi..?Naaaaq
fohisha enangni ko’rsatib
qo’yaman-a?hiiiq …
Ortiq asabim dosh bera
olmadi…
O’rnimdan sakrab turib,Ravilni
oldiga borishga hezlandim..Uni
jazolab alamimdan chiqmoqchi
edim..Eshik oldiga yetganimda
esa ortimdan hamshirani
chaqiruvini eashitdim..
-Hoy yigit…Qayoqqa..?!bu
yerga keeling operatsiya
tugadi…
SHoshib hamshirani oldiga
bordim..Negadir uning
yuzlarida hursandlik belgilari
ko’rinmasdi…
Meni ichkariga boshladi…
Nilufar hushsiz yotardi…Bilinar
bilanmas ko’ksi ko’tarilib
tushganidan uni tirikligi
dalolat beradi..
-Qanday bo’ldi opaaaaa?!
o’gilmi qizmi..?!men sevinch
bilan opaga savol bera
ketdim…
U ayol esa menga chaqaloq
saqlanadigan oynakli
qandaydir asbobga ishora
qildi…
U yerda esa Naqadar
dahshat…!!!
Burni bilan og’zi qo’shilib
qolgan,ikkita oyoqlari esa
qo’lga o’shab bir biriga
qayrilgan chaqaloq yotardi…
Uning hali dunyoni ko’rsa
olmagan ko’zchalari
esa,manguga ochilmasdan
yopilgan..Huddi bu dunyo
dahshatlari ko’rishni
istamagandek boshchasini
qiyshaytirib yotardi..
-Hafa bo’lmang
uka,hotiningizni asrab
qoldik..Bola esa o’lik
tug’ildi..Hamdardman deb
meni yupatishga harakat
qilardi hamshira….
Davomi bor...
Muallif:El_SHaFeY
QO'SHDI:ALADDIN8575
Просмотров: 351 | Добавил: gonch | Теги: FARZANDI(12QISM), FOXISHANING | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: