Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » FOXISHANING FARZANDI(3-4 qism)
13:16
FOXISHANING FARZANDI(3-4 qism)
 Tun ham amallab o’ta
boshladi..Soat millari tunni
tortqilab honadan chiqarib
tashlay boshladi..
Ko’zimga kechasi bilan uyqu
inmagandi..
Tongga yaqin,uydagi notanish
erkak,chiqib ketdi…
Onam
esa,turib ..yuvindi..nonushta
qildi..Pardoz qildi..
Xatto meni nonushtaga
chaqirmadi ham...
Men esa o’ylardim..
Bunchalik bemehr bo’lmasa..!?
Demak o’tkan kunlari aytgan
gapi rost
ekanda..’Iblisvachcha..!seni
basharangni ko’rsam..Ablax
otangni ko’rgandek bo’laman
derdi..
Xaa..Demak rostdan ham
meni onam yomon ko’radi…
Shu kuyi uzoq o’ylanib yotdim..
Onam bu orada ishga ketishga
tayyor bo’lib..Eshikni yopar
ekan dedi..
-Itning bolasi..idish tovoqlarni
yuvib,maktabingga bor..
Eshiknini taraqlatib yopdi..
O’rnimdan turib idish
tovoqlarni yuvib…Bir bo’lak
non qolgan ekan o’shani
kovshab maktabga yo’l
oldim…
Sinf xonasiga kirib kelganimda
dars allaqachon
boshlangan,ustoz qo’lidagi bo’r
bilan doskaga masalani
yozardi..O’sha kungi birinchi
dars qattiqqulligi bilan
o’quvchilarni zir titratadigan
Ziyodulla muallimni darsi edi..
-Ustoz,mumkunmi? Dedim
eshikni asta ocharkanman..
-Burchakka tur..masalani
yozib olay senga aytadigan
gapim bor dedi..
Nihoyat masalani yozib
tugatdi..
So’ng esa,to’g’ri mening
oldimga keldi..Qo’limdan
ushlab,doskani oldiga olib
bordi va sinfdagilarga
yuzlanib:
-Diqqat qilllaring dedi..
Butun sinfni nigohi menga
qadaldi..
-Bilasizlarmi buni kimligini
dedi..
Sinfdoshlar orasidan
kimdir..past ovozda ‘xaromi-ku
bu..!’ dedi..
Sinf ichida uning past ovozda
aytgan so’zi jaranglab ketdi
go’yo…
-Xa..rost aytdi kim aytsayam
bu gapni..!dediyu menga
yuzlaib:’Itvachcha..!
eshitdingmi Kimligingni..?’dedi
O’sha damda men yer
yorilmadi yerga kirib
ketmadim..Ko’kragim ichidan
"Yo’q..!Bunday emas..Men
xaromi emasman..Ota onamni
gunohi uchun nega aynan men
javob berishim kerak.?”degan
savollar aylanardi..Lekin
ularni tilimga chiqarishga ayni
damda juda ojiz edim..Chunki
bu achchiq xaqiqat edi..
-Demak,bolalar uni o’ramizda
yurishga munosib deb
bilamizmi..?Agar ushbu
fikrimni ma;qullaydigan
bo’lsa,qo’lini ko’tarsin,,dedi
Butun sinf barobar qo’lini
ko’tardi…
Men esa Ustozni qo’lidan
yulqunib chiqdim-da,Sinfdan
qochib chiqdim..Koridorda
yugurib
ketarkanman,orqamdan
"Yana bir marta sinfda seni
ko’rmay,Xaromi..”degan
ustozni gaplari eshitilib turar
edi..
Uyga kelguncha..Ko’chada
rosa izg’idim..Yuzimni negadir
qo’llarim bilan yashirishga
harakat qilar edim..Huddi yon
atrofdagi barcha odamlar
"qaranglar xaromini’
deyayotgandek tuyulardi..
Yuraverib,charchab yo’l
chetidagi ko’p qavatli uylarni
tagida o’tirib qoldim…
Alam xali tarqamagan edi..
Biroz vaqt o’tdi..O”z o’ylarim
bilan band bo’lib yonimga kim
kelganini sezmay ham
qolibman..
Qarasam,ro’paramda yoshi
men qatori,sochini taqir qilib
oldirgan,ustidagi kiyimi esa
qandaydir juldur yamoq
bo’lgan bir bola turardi..
-Bu yerda nima
qilayapsan..dedi Notanish
bola..
-Senga nima,o’tiribman
o’zim..dedim..
Biz tanishdik..U bolani ismi
Ravil ekan..Etimxonadan
qochgan ekan..Tunlari ko’p
qavatli uylarning podvolida
yotib yurar ekan..Biz ancha
suhbatlashdik..Men xam o’z
hayotim xaqida aytib
berdim..Qismatimiz o’xshash
bo’lgani sabablimi biz juda tez
til topishib ketdik..
Unga men barcha
xaqiqatlarimni aytar
edim..Bilmadim lekin..u bilan
suhbatlashganimdan so’ng
o’zimni nimagadir ancha yengil
xis qildim..
Ravil odatda,ko’chalardan
mayda chuyda shishalarni
yig’ar,yana qog’oz qoldiqlarini
yig’ib ularni sotib puliga
yegulik olib yeb kun o’tkazar
edi..yana u kuzduzlari yer osti
yo’llarida tilanchilik qilardi…
Biz juda ham qadrdon bo’lib
qoldik..Oradan fursatlar
o’tardi..Men maktabga
butunlay bormay
qo’ydim..Onam bu haqida
hatto so’ramadiyam..U uchun
meni taqdirim unchalik qiziq
emasdi..
Kunlarim shu tahlit
o’taverdi…
Endilikda onam o’z mijozlari
bilan men uyda bo’lgan vaqtim
ham bemalol ko’ngilhushliklar
uyushtirishi odatiy holga
aylanib borardi…
Davomi bor...

Kunlar shu zaylda
o’tar..onamning bu hatti
harakatlai diydamni qotira
boshlagandi..Endi men
oldingidek atrofga
qiziquvchanlik bilan
emas..balki alam,nafrat bilan
boqar edim..
Kunlarda bir kuni Ravil bilan
birga yurganimizda u qo’lidagi
soatini ko’rsatib
maqtandi..Xaqiqatdan xam
uning qo’lida qimmatbaho soat
bor edi..
-Qayerdan olding o’rtoq..?
so’radim
-Xaa,endi buning yo’li
borda..dedi mamnun
qiyofada..
Judayam ko’p bora
surushtiganimda so’ng esa u
yorildi..
Uning aytishicha u soatni
kimnidir cho’ntagidan o’g’irlab
olganligini aytdi..men
anchadan beri u bilan birga
yurganim sababli o’g’irlik men
uchun odatiy holga aylanib
ulgurgandi..Mendagi qiziqish
esa ancha oldin.avtobusdagi
yo’lovchilarni tunash bilan
boshlandi..
Avtobusdagi
‘sarguzashtlar’ancha avjiga
chiqib borar edi..Undan
ortirgan beqiyos tajribam esa
meni mukammal o’g’riga
aylantirib borardi..
Oradan hash pash deguncha
ma’lum vaqt o’tdi..Men uyni
butunlay tashlab
ketdim..Onamning so’nggi
taqdiri meni
ortiq,tashvishlantirmay
qo’ydi..Endi Avvalgi Sodiqdan
asar xam qolmadi..19 yoshli
Sodiqboyga
aylandim..Ko’chadan beqiyos
tajriba ortirdim..So’z san’atini
shu darajada chuqur
o’zlashtirardim-ki,hatto ba’zan
o’zimga o’zim qoyil qolardim..
Endi Romil ikkalamizni
qo’limizga 5-4 so’m pul
tushgan..Yashash joyimiz ham
pullik kvartiraga ko’chgan,ust
boshimiz ham ancha
po’rimgina edi..
Kunlardan bir kun Romil gap
boshlab qoldi..
-Menga qara Sodiq..biror bir
normalniy,kottaroq ish
qilmasak bo’lmaydi..Hamma
joni hitlar bosib ketdi..Bu
ketishda tirikchilikni mazasi
qolmayapdi dedi
-Ho’sh..biror bir taklifing
bormi dedim,
U jo’yali biror gap
aytolmadi..O”sha suhbat o’z
joyida qolishi mumkun edi-
ku,lekin bir voqea sabab
bo’ldiyu bu haqida chuqurroq
o’ylashimga to’g’ri keldi..
Ko’chada ketayotgandim
birdan ko’zim ko’cha chetida
turgan,qora ko’zoynak taqib
olgan bir cholga ko’zim
tushdi..U har har zamonda
qo’lidagi tayoqchasi bilan yerni
urib urib qo’yardi..Bu harakat
u uchun ko’z vazifasini qisman
bo’lsa-da bajarar edi..
Uning yoniga yaqinlashdim..Va
u o’rirgan o’rindiqqa
o’tirdim,va gapga solgan kishi
bo’lib:
-Xa,otaxon..ahvolalr qalay
dedim hushmuomilalik bilan..
-Nima xam bo’lardi bolam,bu
dunyoda kunduz bilan kechani
farqlay olmasdan arosatda
yuribman-da dedi..
Biroz u bilan
suhbatlashdik..Uni baxoli
qudrat ishonchiga kirdim..U
uyiga ketishi kerakligini
aytib,kimgadir tel qilmoqchi
bo’lganida,uni shashtidan
qaytarib
-Otaxon,agar ruhsat bersangiz
sizni uyingizga kuzatib
qo’yaman..deb darrov
qo’ltig;idan oldim..
Uyi uncha uzoq emasdi..Uy
bilan xiyobon oralig’
masofasida yo’l qatnov
bo’lmagani sababli boboy
kuniga o’sha yerga sayr
qilgani chiqar edi..Shuning
uchun bo’lsa kerak..Baxoli
qudrat o’z yo’lini topib kela
olardi..Boboyni uyiga
chiqdik..1 qavatda edi.uning
uyi..
U meni uyiga taklif qildi..Men
kirdim..Uy nihoyatda didsizlik
bilan jihozlangan edi..Hamma
yoq pala partishligidan uning
biror kimi tez tez xabar
olmasligini sezdim..
Uyni yig’ishtirib tartibga
keltirib berdim..Boboy esa
tinmay sharafimga shonlar
o’qishdan charchamas edi..
Men boboyni xolidan tez tez
xabar olib turishga
kelishib,uyni tark etdim..
Oradan 3-4 kun vaqt o’tdi..Bu
orada men boboyning
ishongan ‘tog’ "iga aylanib
ulgurgan edim..
Va nihoyat rejamni 2
bosqichiga o’tish vaqti kelgan
edi..
Davomi bor... 
Muallif:EL_SHaFeY 
 QO'SHDI:ALADDIN8575
Просмотров: 551 | Добавил: gonch | Теги: QISM), FARZANDI(3-4, FOXISHANING | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: