Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » FOXISHANING FARZANDI(8-9 QISMLAR)
13:11
FOXISHANING FARZANDI(8-9 QISMLAR)
 
Quyoshning chiqishi yangi
kundan dalolatdir,lekin
hamma ham yangi kun uchun
kimdan minnatdor bo’lishini
bilmaydi..Ular oramizda
mahfiy tarzda
yashashmoqda.Ular bizga
o’hshashadi..Ammo ular, inson
qabohati natijasida paydo
bo’lgan qo’nxo’rlardir…  Men odatdagi maishatlar bilan
sarhush bo’lib
o’tirgandim..Ravil ikkalamizni
oldimizga notanish bir nusxa
kelib qo’shildi..hayron bo’lib
qaragan edim,o’zi so’z boshlab
qoldi..
-Hayron bo’lma,og’ayni
chalish..Biroz sizlar bilan kayf
qilgim keldi-da..deb
hiringladi..
-Hechqisi yo’q, tunda
kayfiyatda javob berdim.
Lekin nimagadir Ravilning
qandaydir tanishi ekanmi,ular
tezda til topishib ketishdi..
O’tgan kulardagi qandadir
voqelarni eslab
kulishishardi..Meni esa bu
holat tushunarsiz tarzda
asabimga tegardi..
-Menga qaralaring,buncha
hezalakka o’hshab
hiringlashasanlar..jaa jonga
tegib kettilaring-ku dedim
asabiy kayfiyatda..
-Senga nima..!? nimagadir
menga gaplaring "nedavolniy”
tuyilayapdi..O”zingni
bosvomasang tag’in bosib
qo’ymay deb hezlandi notanish
kimsa..
-Qani biiir,harakat qilib
ko’rmaysanmi,unaqada..men
o’rnimdan turib uni ustiga
bostirib bora boshladim..
Ravil o’rindan tezda turib,
bizni o’tamizga tushib ajratib
qoldi..
-O’zlaringni boslaring..Nima
bu yerga kelib o’zinlaringga
"problema”sazdavat qilmoqchi
bo’vossanlarmi..?!Undan ko’ra
tinchgina bir birovimizni
kayfimizni buzmaylik..dedi
Ikkimiz ham stulga
cho’kdik..Haqiqatdan ham o’zi
qilgan ishimizdan havotirda
yurgan edik..Shunga o’hshash
janjallar ortiqcha edi..
Oraga 3-4 dona "stolichniy”
tushgandan so’ng esa
muomilamiz binoyidek
yahshilardi..Hatto eski
qadrdonlardek suhbatlasha
boshladik..Yashigina muloyim
bo’lvganimizdan keyin
esa..Haligi notanish(Uning ismi
aytishicha Marat edi) qo’lidagi
stokanni stol ustida aylanitirib
o’nagancha gap boshladi..
-Og’aynilar,mana shu
maishatlar ham jaa odamni
hunob qilib yubordi..Birorta
yirikroq ishni boshlash payti
kelmadimikan..dedi
-Xo’sh..sen biror bir narsani
umringda qoyillatgan joying
bormidi-ki,gaplaringga asos
qila olsang..dedi Ravil
Men ma’qulladim..
-
Unaqada,eshitlaring..to’g’risini
aytadigan bo’lsam,o’zimizni
koyitib pul toppish bizdaqa
"jentelmen”larning qo’lidan
kelmaydi..Nafaqat
kelmaydi..Umuman mos
emas..Shuning uchun menda
bir reja bor..Men bir odamni
bilaman..Mahallamda
yashaydi..Veyy umuman pul
deganlari unda achib
yotibdi..O’sha odamni uyiga
tushamiz..Sizlar bilan
anchadan beri
tanishmiz..Hammamiz o’z
ishimizning ustasimiz..SHuning
uchun kottaroq pulni o’marib
bu yerdan go’yib bo’lamiz
qolamiz..dedi kaftini bir biriga
ishqalar ekan..
Men bilan Ravil o’ylanib
qoldik..Bizga pul kerak
edi..”ayol va bolasi”bilan
bog’liq ishdan so’ng bizning
ko’zimiz ancha pishib qolgan
edi..Shuning uchun ham
bunday takliflar bizlarni
unchalik ajablantirmas
edi..To’g’rida avtobuslarda o’z
"kariera”mizni boshlagan
yigitlar uchun bunday oddiy
ishlar nima bo’libdi..?
Rejani obdon pishitdik..Ozroq
dadillik uchun haligi matohdan
ham chekib olgandan so’ng
esa kayfiyatni darjasini yuqori
pog’onaga chiqarib,uyga
ravona bo’ldik..Yo’l yo’lakay
esa har doimgidek 2 zo’r
qizlardan olib olishni ham
unutmadik…
Ertalab kechagi ichkilikni
asorati bilan 11 larda
uyg’ondim..O’zimni fohishaning
quchog’idan
bo’shatib..Yuvindim..So’ng
kiyimlarimni kiyib chiqsam
Ravil meni oshxonada kutib
turardi..
-Bugun nimagadir vaqtliroq
turibsanmi? Dedim
-Iyaa,qanday qilib bemalol
uxlaysan-a galvars..?!Bizlarni
pullar
kutayapdi..Tushunayapsanmi
pullar..!! dedi
Indamasdan kiyimlarni
kiydim..Qizlarni ham 1 soatni
ichida o’z manzillariga kuzatib
bo’lgach..
Kechagi pishitib qo’ygan
rejamiz bo’yicha..Ko’rsatilgan
manzilaga yetib keldik..U
yerda bizni Marat kutib
turardi..Aftidan anchadan beri
turgan ko’rinadi..U turgan
joyda anchagina sigaret
qoldiqlari sochilib yotardi..
-Keldilaringmi..?!Odamni
vobshem hunob
qivordilaring..dedi
asabiylashib..
Birgalikda rejani keyingi
bosqichiga o’tib..Hovli atrofini
obdon "razvetka”qildik..
Bundan kuzatuvlar shu tahlid
ikki hafta davom etdi..Va
nihoyat o’rganishlar samara
berdi..Bizda uy egasini qachon
ishdan kelishidan
tortib,Qachon uxlarishagacha
bo’lgan ma’lumotlar paydo
bo’ldi..
Va nihoyat biz kutgan lahzalar
keldi..Biz hovli chetida
joylashgan uzum uchun
moslashtirilgan ishkomga
osilib hovliga tushdik..Tungi
2-3 lar atrofi..Hatto atrofdagi
hashoratlargacha uyquga
ketgan dam biz uy egasining
seyfi joylashgan xonaga
kirdik..Xaqiqatdan ham xona
shohona jihozlangan..Bu yerda
katta pul borligini ich
ichimdan sezib turardim..
Seyfni ochish bo’yicha qilgan
barcha urinishlarimiz zoya
ketdi..Agar uni buzadigan
bo’lsak shovqin bo’lib,qo’lga
tushishimiz aniq edi..Nima
qilishni bilmay tuganimda
miyamga ajoyib fikr
kelganidan quvonib ketdim..
Ularga fikrimni
tushuntirdim..Ular rozi bo’ldi..
Birgalikda xonadadon egasi
uxlayotgan honaga kirdim..U
uxlab yotar edi..Menimcha
oila a’zolaridan ayro xolatda
yotishiga biror sabab border
deb o’yladim..Va oxista unga
tegishli bo’lgan jovondagi
kiyim kechaklaridan tortib stol
utidagi oddiy narsalargacha
titkilashga tushdik.
Vaholanki u yerdan topa
olmadik..Shunda mening
ko’zim uy egasi yotgan yostiq
tegidan chiqib turgan kalitning
uchiga ko’zim tushdi..Una
sekinlik bilan olishga harakat
qila boshladim shu vaqt birdan
uy egasini uyg’onib qo’limdan
mahkam ushladi..
Men uning yuziga musht
tushurdim..Uy egasi barqishga
urunmoqchi edi,Marat uning
og’zini to’sib bunga yo’l
qo’ymadi..Men esa kuchim
boricha uni bug’a
boshladim..O’zimga kelib
qo’limni bo’shatganimda esa u
jon taslim qilgan edi..
-Axmoq,nima qilib qo’yding..!?
Marat menga qarab vishilladi..
-Hammasiga o’zi
aybdor..Tinchgina
uhlayvermaydimi,yaramas..dedim
kesatib..
-Nima bo’lsa bo’ldi,kalitni
ollaring bu yerdan juftakni
rostlashimiz kerak
tezroq..dedi Ravil..
Yerda yotgan latta puttalar
bilan qo’limiz tekkan joylarni
artib,seyf turgan xonaga
o’tdik..
Seyfni ochib ko’rdik..Seyf
ichida dollarlar taxlanib
yotardi..Ko’zimiz qinidan chiqib
ketay dedi,chunki hali
bunchalik darajada ko’p
miqdorda pulni ko’rmagan
edik..
Shoshib pullarni o’zimiz bilan
olib kelgan ryukzaklarga
taxlay boshladik..Shu vaqt
Ravilning extiyotsizligi
oqibatida qo’li eshikka tegib
ketdi..Eshik taqirladi..Biz
hammamiz cho’chib
tushdik..Shu vaqt narigi
honadan krovatning
g’ichirlagani va oyoq
tovushlari xona tomonga
yaqinlasha boshladi..
-Dadajon..Yarim kechasi nima
qilayapsiz..?qiz bolaning ovozi
koridordan kelardi..
Uchalamiz ham o’zimizni jovon
panasiga oldik..Qizcha esa
hech narsadan bexabar
xonaga kirdi..
-Dadajon,shu yerdamisiz..?!
Qizchaning qo’llari elekrt
yoqgichi tomonga cho’zildi…
Ortiq chidab
turolmasdim..Agar u svetni
yoqadigan bo’lsa,uchalamiz
ham tamom bo’lishimizni aniq
bilar edim..
Javon ortidan chiqib qizchaga
tashlandim..Yagona yo’l uni
o’ldirish edi..Qizcha men bilan
birgalikda polga
quladi..Qizchaning yuziga zarb
bilan urdim..Qizcha hushidan
ketdi..Qizcha ni polga
bosganimdan meni yuzimdagi
niqobni qizcha yechib
yuborgandi..U menga qarab
tikilganini sezdim..U meni
yuzimni eslashi mumkun
edi..Stol ustida turgan qaychini
olib qizchaning ko’zlariga
tiqdim..U biroz ingrab,so’ng
jon berdi..
-Tepada nima shovqin,yarim
kechasi ham uxlamayapsizmi
dadasi..?!Pastdan ayol kishinig
biz tomonga kelayotgan
shovqini eshitildi..
Uchalamiz ham bir birimizga
qarab bosh irg’adik..
Birozdan so’ng esa..Ayolning
murdasini qizcha yotgan
honaga sudrab olib kirdik..
-Yana uchta odamni
o’ldirdik,endi topib olishsa
aniq otishadi..dedi Hansirab
Ravil..
-Chakagingni o’chir..Tez tez
qimirla..Pullarni olib bu
yerdan quyon bo’lish kerak
dedim..
Uchalamiz seyfdagi bor
pullarni yig’ishtirib..Oraqadagi
yo’lak orqali juftakni
rostladik..
Bizning bu
mehmondorchiligimiz, bu
oilaga qimmat tushgan edi…
Kochaga chiqib olgach esa 2
ko’cha nariga qo’ygan
mashinaga yetib
bordik..Mashinaga joylashib
bo’lgach,esa biz uyimizga
ravona bo’ldik..
‘U meni tanib qolgani chatoq
bo’ldi-da,essiz yosh qiz
edi..Nima bo’lganda ham uni
o’ldirmoqchi emasdim”deb
o’zimga o’zim tasalli
bergancha qanday qilib uyga
yetib kelganimni sezmay
qoldim..
Pullarni obdon
taqsimlagach,marixunnadan
obdon chekib olib kelajak
rejalarini tuza boshladik..
Axir har birimizda naqd 48000$
bor edi-da…
-Seni bilmadim-u,lekin men bu
shahardan butunlay
ketaman..Uzoqqa..dedi
Mamnun kayfiyatda Ravil..
-Men esa aytmayman nima
qilishimni,har holda rejalarim
bisyor dedim,miyg’imda kulib..
Shirin suhbatimiz tongga yaqin
yakunlandi..
Erta tongda esa uchalamiz uch
tarafga tarqaldik..
Men ularning qorasi ko’zdan
g’oyib bo’lgach,avtobus
bekatiga borib..Avtobus kuta
boshladim..
Avtobus jo’nashiga 2 soatlar
vaqt borligini aytishgach esa…
Issiq ta’sir qildimi,yoki kechasi
juda charchaganimdan-mi?
ko’zim ilinibdi..
Avtobusning signal chalishidan
uyg’onib ketdim..
Menga tegishli o’rindiqqa
o’tirib..Ko’zlarimni yumdim..
Yo’l olis edi..Ancha vaqtdan
beri uhlayotganim uchun
yonimga kelib o’tirgan
odamning sharpasini
sezmabman..
Qaradim…
Yo alhazar..Yonimda behad
hushruh qiz o’tirardi..Ahyon
ahyonda yuziga soya
solayotgan zulflari shu qadar
uni latif ko’rsatar edi-ki.!
Hiyol qayrilgan qoshlar..!
Qarilgani yoyni eslatuvchi
kipriklar..Quyosh nurlarida
go’zal jilva sochayotgan
kokillar..Har qaday odamni
jonini olga-da qodir
bo’lgan,jodu kabi ko’zlar..!
Yuragim orziqib ketdi..
Yutinib so’z boshladim..U bilan
suhbatlashish uchun tayinli bir
gap topa olmaganim uchun
so’radim..
-Kechirasiz,bu avtobus
qayerga ketayapdi..?
-Iya,qayerga ketayotganini
bilmaysizmi.?dedi qoshlarini
chimirib..
-Yoq..yo’q siz meni notug’ri
tushundingiz..Men qayerga
yetdik demoqchiydim dedim
qovun tushurganimni
bildirmaslikka harakat qilib..
U bextiyor jilmaydi..Uning
jilmayishi har qanday dardga
malham bo’ladigan
mehrigiyohga o’hshardi.
Biz tezda til topishib ketdik..Bu
borada ko’chadan orttirgan
tajribam ancha qo’l
keldi..Chunki ko’chada sanqib
yurish barobarida ancha
muncha bilan suhbatlashib so’z
boyligim yetarlicha
ortgan..Psixologiaga qanday
ta’sir qilishni yahshi bilar
edim..
Uning ismi Nilufar
ekan..Qanday ajoyib
Nilufar..Bu ismni o’sha damda
hayqirib aytgim kelib ketdi..
Ikkalamiz yahshigina tanish
bo’lib oldik..
Suhbat qizigandan
qizib,Manzilga qanday yetib
kelganimizni bilmay qoldim..U
qizdan telefon raqamlari
olgach esa..Uni kuzatgancha
bekatda qo’l siltab qoldim..
Bekatdagi oshxonaga kirib
obdon ovqatlandim..Bu
yerlarga kelishimdan maqsad
nima ekanligini umuman
bilmasdim..Biror ish qilay
desam..Bu yerning sharoitini
bilmayman..Buning ustiga esa
haligi voqealarni unuta
olarmikanman..!?Jinoyatlarim
jazosi qachondir kelishi
haqidagi o’ylar butkul meni
aqldan ozdiradigan darajada
azoblardi..Garchi diydam
allaqachon onam bilan
yashagan damlarim qotib
ketgan bo’lsa ham, norasidal
umriga zomin bo’lganimni
kechirib bo’lmaydigan jinoyat
ekanligiga aqlim yetar
edi..Ammo nailoj ularni o’limi
orqasidan topgan pularim
jonimga oro kiradi deb
o’ylardim..Endilikda bunday
ishlarni qilmasam hammasi
joyida bo’ladi deb o’zimga
o’zim taskin berar edim..
Ammo Nilufar haqida
o’ylasam,barchasini unutib
yashagim kelayotgan edi…
O’sha damdagi holatnimni
eslasam..yuragim orziqib
ketadi..Menday yuragi
alamzadalik hissi bo’lan
to’lgan yigit uchun..Bunday
uchrashuv chinakam
yaratganning hadyasi bo’lgan
bo’lsa
Ne ajab…!? 
 Davomi bor... 

MUALLIF:EL_SHAFIY 
 QO'SHDI:ALADDIN8575
Просмотров: 385 | Добавил: gonch | Теги: FOXISHANING, QISMLAR), FARZANDI(8-9 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: