Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » G`AROJIB ODAMLAR
17:06
G`AROJIB ODAMLAR
Inson organizmining imkoniyatlari oxirigacha o`rganilmagan. Yonginamizda shunaqangi hayratga soluvchi qobiliyat egalari yashaydiki, ularni izohlashga ilm-fan qodir emas.

Sovuqni sezmaydigan odam
Gollandiyalik Vim Xof umuman sovuqni sezmaydi. Ҳatto eng og`ir sharoitlarda ham uning organizmi sovuqdan aziyat chekmaydi. U yalang`och holda qorli tog` cho`qqilariga ko`tarilishi yoki uzoq vaqt muz ichida yotishi mumkin. Ammo shunda ham shifokorlar o`tkazgan tekshiruvlarda uning organizmida hech qanaqangi o`zgarishlar yuz bermaganligi ma`lum bo`ladi. Olimlar izoh topolmay ovora, Vim Xof esa boshqalar uchun halokatli vaziyatlarda hech narsani sezmasligi bilan odamlarni hayratga solish bilan band.

Suvga allergiyasi bor qiz
Avstraliyada yashovchi Eshli Morris ismli qiz o`ta noyob kasallikdan aziyat chekadi – uning suvga allergiyasi bor! Morris 14 yoshidan beri suvga nisbatan allergiyadan azob chekadi. Shifokorlarning aytishlaricha, bechora qiz Aquagenic Urticaria deb ataluvchi o`ta noyob xastalikka duchor bo`lgan ekan. Bir tasavvur qiling-a, u hatto terlasa ham azobda qoladi. Inson pokiza yurishi uchun cho`milishi shart, bu esa Eshli uchun do`zax azobining o`zginasidir.

Faqat Tic Tac eydigan qiz
Jo`q, siz bu qizning tomi joyida emas, deb o`ylamang. Uning aqli joyida, bu shirinlikni ham o`z ixtiyoriga binoan emaydi. Qandaydir tushuntirib bo`lmas sabablarga ko`ra, 17 yoshli Natali Kuperning oshqozoni "Tic Tac”dan boshqa narsani qabul qilmaydi. Boshqa har qanday oziq-ovqat unga azob keltiradi va darhol organizmi tomonidan chiqarib yuboriladi. Umuman olganda, faqat "Tic Tac” bilan ovqatlanish mumkin emas, chunki uning tarkibida ozuqa moddalari yo`q. Shu sababli tibbiyotchilar qizni maxsus naycha yordamida oziqlantiruvchi kontsentrat bilan boqishmoqda.

Ҳiqichog`i to`xtamaydigan musiqachi
24 yoshga kirgan Kris Sands tinimsiz hiqichoq tutishidan bezor. Uni har ikki soniyada, hatto uxlayotganida ham hiqichoq tutadi. U ko`plab davolash kurslaridan o`tdi, shu jumladan, yoga va gipnozni ham qo`llab ko`rdi. O`zining fikricha, hiqichoq tutishi oshqozon klapani faoliyatining buzilishi tufayli  yuz bermoqda, ammo buning sababini topolmay tibbiyotchilarning boshi qotgan va ayni vaqtda Krisning organizmini chuqur tahlil qilmoqdalar.

Kulganida xushidan ketadigan qiz
Key Andervud nafaqat kulganida, balki g`azablanganida, qo`rqqanida, hayratlanganida ham hushidan ketaveradi. Umuman olganda, har qanday ziqlik holati uni hushidan ayiradi. Bulardan tashqari, u yana narkolepsiya, ya`ni kutilmagan vaqtda uxlab qolishdek kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi. Key istalgan vaqtda, har qanday joyda uxlab qolishi mumkin. Birgina Buyuk Britaniyaning o`zida 30 ming nafardan oshiq odam narkolepsiyadan aziyat chekadi.

Ҳech narsani unutmaydigan ayol
Los-Anjelesda yashovchi jill Prays hech qachon hech narsani unutmaydi. Bunday qobiliyatli odamlar oz bo`lsa-da, uchrab turadi, ammo jillning xotirasi o`ta kuchli. Kaliforniya universiteti olimlari bunday holat uchun masus "gipertimestik sindrom (hyperthymestic syndrome, ya`ni,  yunoncha thymesis – "xotira” va "haddan ortiq” ma`nosini bildiruvchi «giper» qo`shimchasi) atamasini o`ylab topishdi.  Aytaylik, undan 1978 yil aprelida nima ish qilganini so`rasangiz, u xuddi besh daqiqa oldin yuz bergan voqeani aytayotgandek ikir-chikirlari bilan batafsil so`zlab beradi. U hamma narsani esida saqlab qoladi.
Xurshid tayyorladi.

7x7 gazetasi
Просмотров: 671 | Добавил: gonch | Теги: G`AROJIB, ODAMLAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: