Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Google Nexus 4 smartfoni bir soat ichida sotib bo'lindi
10:19
Google Nexus 4 smartfoni bir soat ichida sotib bo'lindi
13 noyabr kuni Evropa, AQSh va Avstraliyadagi
Google Play internet-do'konlarida paydo bo'lgan
Google Nexus 4 smartfoni deyarli bir soat ichida
sotib bo'lindi, deya xabar beradi WebProNews.
Xotirasi 8 Gb va 16 Gb ni tashkil etuvchi
telefonning ikkala versiyasi ham g'aroyib
natijalarni ko'rsatdi.
Google Nexus 10 plansheti (sleva) va Google
Nexus 4 smartfoni. © Jeff Chiu/AP Photo
Google Play bunday savdolarga tayyor emasligini
ko'rsatdi. Turli uzilishlar tufayli yuzaga kelgan
uning beqaror faoliyati foydalanuvchilarning
noroziligiga sababchi bo'ldi. Orzusidagi qurilmani
xarid qilishga ulgurmaganlar Google Play saytida
o'z e-mail manzillarini qoldirishlari mumkin,
ularga smartfonlar yana qachon savdoga chiqishi
haqida xabar yuboriladi.
Shu kunning o'zida Google Nexus 10 plansheti
ham savdoda paydo bo'lib, u ham xaridorlar
orasida katta shov-shuvga sababchi bo'ldi.
Xususan, Buyuk Britaniyada 32 Gb li o'rnatilgan
xotiraga va Wi-Fi ga model sotib bo'lingan va hozir
faqat Wi-Fi va 16 Gbayt li flesh-xotiraga ega Nexus
10 taklif qilinmoqda.
Просмотров: 350 | Добавил: gonch | Теги: bir, google, smartfoni, sotib, ichida, Nexus, soat, bo'lindi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: