Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » HAYOTIM......
15:26
HAYOTIM......
Jonimni olgani kelsa Azroil...
Bag'ringga bosh qo'yib o'lsam maylimi...
Dunyodan armonsiz o'tish istagim...
Armon bilan yashagan, armoning o'zim...

Hayotim eslasam, yig'lama deydi...
U kunlar endi nogoh qaytmaydi...
O'timishim bag'rida, hayolim sarson...
Dunyo o'tkinchidir kuyinma Qalbim...

Ko'z oldimdan o'tar sinovli hayot...
Kulganim ko'p, yig'laganim oz...
Gunohim oldida, savobim yig'lar...
Qani endi ortga qaytsa hayotim...

Kechirim so'rardim, avval onamdan...
Qalbini ko'p ranjitgan otajonimdan...
Mehri cheksiz, beg'ubor singiljonimdan...
Qarindosh, tanishlar, begonalardan...

Uzoqdagi baxtim, sevgan yorginam...
Gunohkorman kechiring, kuta olmadim...
Vijdonim azobda, qiynadim sizni...
Kechiring, ozorim, kutmadim Begim...

Alloh dilimga umidlar bersin...
Qalbimga mustahkam iymon-e'tiqod...
Yana yashayman, o'rtanmay g'amda...
Orzuga do'st bo'lib, intil Yuragim...

Eslamay, axir yashab bo'lmaydi...
Xotirasiz telbadan battar bo'lmasmi...
Hayotda azobsiz yashash mumkinmi...
Sabrsiz, baxtga yetgaymi odam...

Ko'zlarim uyqudan ochdim tong sahar...
Yurakda sevinch, tilmda shukr...
Onajon, dadajon sizga tashakkur...
Bugun tug'ilgan kunim, yigirma yoshim...
Yonimdasiz, boyligim, baxtim o'zingiz...

Muallif: Umidabonu Abbosova...
06.06.2012....16:57...!
Просмотров: 419 | Добавил: gonch | Теги: HAYOTIM...... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: