Главная » 2013 » Апрель » 22 » HUSAN ZIYODANI TANLADI!
21:16
HUSAN ZIYODANI TANLADI!

"Sog’indim” qo’shig’i bilan muxlislar ko’ngliga yo’l topgan Husanning keyingi ijodi ham sizga yaxshi tanish. Bugun sherlar.uz pochtasiga kelgan savollar bilan Husanni savolga tutamiz. Uning javoblari sizni qay darajada qoniqtirishini esa sahifa so`ngida qoldirishingiz mumkin…
Hilola: — Sevgan qizingiz bormi?
Husan: — Turmush qurishdan keyingi sevgini haqiqiy deb hisoblaganim uchun hali sevib ulgurmadim. Maktabda bo’lgandi, keyin bilsam bu shunchaki havas ekan. U hozir turmushga chiqib ketgan.
Nodir: — Maktabda qanday o’quvchi bo’lgansiz?
H: — Juda sho’x bo’lganman. 9-sinfdan keyin o’yin-kulguni yig’ishtirib astoydil ishga kirishdim. San’at olamiga qadam qo’ydim.
Oysha: — San’atkor sifatida qanday mas’uliyatni his qilasiz?
H: — Bu katta mas’uliyat. Muxlislarning ko’nglini olish qiyin. Qolaversa, har doim yangilik qilish kerak. Xayolingiz ijod bilan band bo’lsagina yaxshi san’atkor bo’la olasiz. 
Nargiza: — Egizagingiz bormi?
H: — Fotima ismli egizagim bor. U turmushga chiqqan, ikki farzandi bor.
Zilola: — Qizlarning kiyinishiga munosabatingiz?
H: — Ochiq kiyingan qizlarni unchalik xushlamayman. Qiz bolaning ibosi uning liboslarida ham aks etishi kerak. Chiroyli, yarashgan, o’zbekona liboslar bo’lsa nur ustiga nur.
Sarvara: — Kirishimliligingiz qay darajada?
H: — A’lo darajada. Ammo notanish joyda baribir tortinish bo’ladi. Bir oz vaqt o’tib esa barchaning fe’l-atvoriga moslashib ulguraman. Shunda ham tashabbus mendan chiqishi kerak. Negaki, salom bermasam kibrga berilib ketibdi, deyishlari aniq.


Xurshid: — "Yetolmasman” qo’shig’i ustida janjal bo’lgan ekan-a? 
H: — Yo’q. Janjalgacha bormadik. (kuladi) Do’stim Jalil Mavlonovga bu qo’shiq yoqib qoldi. "Sotgin” dedi, ammo men klipga harakat qilayotgandim. "Sotolmayman”, desam ham "Barcha harajatlarni beraman”, deb astoydil so’radi. Biroq, sotmadim. Chunki o’zimga yoqqandi. Keyinchalik bu qo’shiqni kuylaganim uchun afsuslandim. Juda yevropa ohangida bo’lib ketdi, deb o’yladim. Ammo to’ylarda ko’p so’rashadi.
Imron: — Rayhon, Manzura, Ziyoda. Qaysi biri bilan duet kuylagan bo’lardingiz?
H: — Uchchalasi bilan ham. Ko’proq Ziyoda bilan ovozimiz bir-biriga mos tushsa kerak. U ko’p duet aytib yuborgani uchun men jim turibman. 
Zulayho: — Jasur Umirov bilan orangizda nima bor?
H: — Do’stlik bor. Ko’pchilik Jasurning klipida tushishimni ham turli xil gapirdi. Ochig’i, bir kuni Jasur qo’ng’iroq qilib "Zarina bilan klipimga chiqasan”, deb qoldi. "Katta narsani orzu qivoribsan”, dedim. Hazillashdi desam, rost ekan. Yo’q, desam xafa bo’lishini inobatga olib rozilik berdim. Bir-birimizga yordamimiz tegib turadi. Lekin men uni klipimga taklif qilmayman. 
Ibrohim: —Maqom yo’nalishida kuylay olasizmi?
H: — Yoshim hali mumtoz qo’shiqlar kuylash darajasiga yetmadi. Vaqti kelib tayyor bo’lishim aytarman. 
Leyla: — Dunyoqarashingizni kim o’zgartira oladi?
H: — Do’stim Robert Mirzayan. Kliplar borasida albatta. 
Maftuna: — Reklama masalasida qiynalmayapsizmi?
H: — Muammo bor. Ammo mening bir usulim bor. Qo’shig’imni yozib, keyin uni qo’l telefonlari orqali do’stlarimga tarqataman. Ular qaysi birini ma’qullashsa, shunga klip suratga olib, efirga uzataman.
Iftixor: — Imidj borasida maslahatni kimdan olasiz?
H: — O’z didimga ishonaman. Hozir bozorlardan kiyim olish uchun borsam, arzon bo’lsa ham qimmatga sotishadi. Shuning uchun ko’proq tanish savdogarlarga murojaat qilishga majbur bo’lyapman. 
Sevara: — Internetda saytingiz bormi?
H: — Sayt ochish niyatim bor, to’g’rirog’i. Boshqa ishlarimni yo’lga qo’yib olsam keyin saytga kirishamiz. 
Yakzona: — Ashaddiy va soxta muxlislarni ajrata olasizmi?
H: — Hayotimga qiziqmagan muxlislar ashaddiy muxlislar bo’lishadi. 
5 ma’lumot:
— Shakira, Inreki Iglesas kabi xorij qo’shiqchilarining ijodiga befarq emas. 
— San’atdan boshqa xobbisi yo’q.
— Narimon Sultonxo’jaev, Jasur Shametov kabi klipmeykerlar, Doniyor Mirzo, Bobur Umarov kabi shoirlar bilan birga ishlaydi. 
— Maktabda musiqa o’qituvchisi Qambarali domla ilk marotaba uning qo’liga mikrafon tutqazgan. Poytaxtda esa unga Samandar Hamroqulov ustozlik qilgan. 
— Kuz oyida ilk yakkaxon konsertini taqdim etmoqchi.

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 256 | Добавил: gonch | Теги: ZIYODANI, Husan, TANLADI! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: