Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Husnbuzardan keyin qoladigan dog‘lardan xalos bo‘lamiz
17:26
Husnbuzardan keyin qoladigan dog‘lardan xalos bo‘lamiz

Ko‘p hollarda akne (husnbuzar) noto‘g‘ri davolanganida yuzda yoqimsiz izlar va mayda tirtiqlar qoladi. Bu kishining kayfiyatiga va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, muammoning oldini olgan ma’qul. Bunda tajribali va malakali kosmetolog-mutaxassislar yordam berib, husnbuzarlarni to‘g‘ri davolashda va uning oqibatlaridan himoya qilishda ko‘maklashishadi.

Xususan, qizil dog‘larni yo‘q qilishning iloji bor, buning uchun biroz sa’y-harakat va sabr-toqat kerak, xolos. Bu muammoni asrlar davomida muvaffaqiyatli hal etib kelgan bir qator xalq tabobati usullari mavjud. Masalan, loyning shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardan buyon qizlarga chiroyli teri uchun kurashda yordam berib kelmoqda. Demak, maxsus yashil va oq loydan tayyorlangan niqoblar dog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Niqoblar
Rozmarin yog‘i qo‘shilgan yashil loyli niqob: uni tayyorlash uchun sizga yarim osh qoshiq yashil loy, bir necha tomchi rozmarin yog‘i va xona haroratidagi ozgina toza suv kerak bo‘ladi. Ularni aralashtirasiz, natijada qaymoqsimon massa hosil bo‘ladi. Niqobdan har kuni foydalanish mumkin. Qo‘llanish usuli: teridagi muammoli zonalarga yupqa qilib surtiladi va 15 daqiqa ushlab turiladi.

Yana bir variant: oq loydan tayyorlangan niqob. U ham ushbu muammoni unutishga yordam beradi. TayyorlanishNiqob uchun yashil loy usuli yuqoridagi niqobnikiday bo‘lib, faqat moyning o‘rniga bir necha tomchi limon suvi qo‘shiladi. Bu niqob allergiyasi borlarga to‘g‘ri kelmaydi.

Bundan tashqari, husnbuzarlardan keyin qoladigan yoqimsiz dog‘larni davolashning "shirin” usullari ham mavjud. Buning uchun bir choy qoshiq asalni bir choy qoshiq dolchin (koritsa) bilan aralashtirasiz. Hosil bo‘lgan aralashmani muammoli zonalarga surtasiz va 20-30 daqiqaga qo‘yasiz. Ammo bu niqob qo‘llanilmaydigan holatlar bor. Asal allergiyani qo‘zg‘atadigan mahsulot hisoblanadi.

To‘q dog‘lar odatda teridagi pigmentatsiya buzilishlari natijasida kelib chiqadi. Ammo bu oqartiruvchi krem sotib olish uchun darrov do‘konga yugurish kerakligini bildirmaydi. Teriga ta’sir qilishning ayovchi usullaridan ham foydalanish mumkin.

pomidorli niqobTuxum oqi va limon suvi aralashmasidan tayyorlangan niqob nafaqat dog‘lardan xalos bo‘lishga, balki yuzdagi kengaygan teri teshiklarini toraytirishga ham yordam beradi. Buning uchun bitta tuxum oqini ikki choy qoshiq limon suvi bilan birga ko‘pirtiring. Hosil bo‘lgan massani tozalangan teriga surting va ko‘pi bilan 15 daqiqa ushlab turing.

Dog‘ni oqartirishning yana bir usuli – pomidorning eti. Ushbu usul yoz pallasida juda samarali. Pomidorning qirg‘ichdan o‘tkazilgan etini bir choy qoshiq kraxmal bilan aralashtiramiz va hosil bo‘lgan niqobni yuzdagi qizil dog‘larga surtib chiqamiz. 15-20 daqiqadan keyin yuz yuvib tashlanadi. Ushbu niqob aknega qarshi kurashda ham samarali.

Shuningdek, bu muammoga qarshi kurashda efir yog‘lari ham juda yaxshi natijani beradi. Xususan, rozmarin va choy daraxtining yog‘lari. Ular bilan muammoli joylarga ishlov berishning o‘zi yetarli, natijani bir haftadan keyin ko‘rasiz.

Mutaxassislar uy parvarishini professional parvarish bilan birgalikda olib borishni tavsiya etishadi. Yaxshi kosmetolog tomonidan amalga oshirilgan oddiy tozalash yoki piling sizni bir nechta seans davomida yuqoridagi muammodan xalos etishi mumkin. Ushbu protseduralarni kuz faslida qilgan ma’qul.
----
Turli maslhatalar bu yerda- www.JPG.uz
Просмотров: 767 | Добавил: gonch | Теги: xalos, dog‘lardan, qoladigan, Husnbuzardan, keyin, bo‘lamiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: