Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Inson yashar ekan baxtidan ajrab
12:02
Inson yashar ekan baxtidan ajrab
Bugun xam yurakni qiynar muxabbat
Ikki kuch kurashur bunda beayov
Biri der: Men Usiz yashashim kerak
Biri Der: Xayotim Usiz zim-ziyo

Aslida yuragim yasholmas sizsiz
Tirikdur U Sizning yodingiz bilan
Sizsiz yashamoqqa xoxishim emas
Hayot majbur etsa ayting Ne Qilay

Siz ila qurgum kelar Uzoq suxbatlar
Uzun-uzun xatlar bitgim keladi
Ammo oramizda Uzoqdur yo'llar
Uzun armonlarim Tangrim biladi

Hayot yo'li boshqa bo'lsa xam xatto
Ko'ngil yo'li boshqa ekan voajab
Ko'ngil amrin har dam etolmay ado
Inson yashar ekan baxtidan ajrab

Tushunolmay qoldim o'zimga o'zim
Nimani kutaman O'zim bilmayman
Goho sizni eslab entiksam goho
Sizsizlikdan to'yib-to'yib Yig'layman

Umrbod shu sevgim bilan yashashni
Qanchalar xoxlashim bilsangiz edi...
Lek, Sevgi~Talpinish bo'lsa besamar
Talpinishning, ayting foydasi Nedur...!

Sevish Sevilish Xammangizga Nasib Etsin...G.A
Просмотров: 331 | Добавил: gonch | Теги: ajrab, baxtidan, ekan, yashar, Inson | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: