Главная » 2013 » Апрель » 22 » Ismailov Iglesias bilan haliyam aloqada...
19:07
Ismailov Iglesias bilan haliyam aloqada...

Bugun siz azizlarga bundan bir necha oy muqaddam Enrike Iglesias
bilan bir sahnada ham suhbatlashib, ham qo'shiq kuylagan Ulug'bek
Ismailov haqida ma'lumot beramiz. Xabaringiz bor Rossiyada bo'lib o'tgan
Enrikening yakkaxon konsert dasturida Ulug'bek bir emas haqd uchta
qo'shiqlarini birgalikda kuylagan va Enrike esa uning iste'dodiga tan
bergan edi. Eng muhimi bu ikki ijodkorning aloqasi hozirgacha saqlanib
qolgan!

Ismailov ba Iglesias hali hanuz internet tarmog'i
orqali suhbatlashib turishadi va o'zaro fikr almashib turishadi.
Ulug'bekning ilk katta sahnaga chiqishi ham aynan Iglesiasning konsert
dasturidan boshlanganligi alohida tahsinga molik. Hozirgi kunda Ulug'bek
Ismailov "Kel yonimga" deb nomlangan yangi qo'shiq yozgan va u
qo'shiqqa klip ham tasvirga tushirishga ulgurdi. Qo'shiq so'zi va
musiqasi Bobur Umarov ijodiga mansub. Yaqin kunlarda ushbu klipni ham
e'tiboringizga tortiq etish niyatidamiz.

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 206 | Добавил: gonch | Теги: haliyam, BILAN, Iglesias, Ismailov, aloqada... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: