Главная » 2013 » Апрель » 22 » Iyun konsertlari: OG`ABEK, ALIJON, “SARBON”, SARDOR MAMADALIYEV va O`LMAS OLLOBERGANOV. KIMNING KONSERTI ZO`R BO`LADI?
17:54
Iyun konsertlari: OG`ABEK, ALIJON, “SARBON”, SARDOR MAMADALIYEV va O`LMAS OLLOBERGANOV. KIMNING KONSERTI ZO`R BO`LADI?
Iyun konsertlarini birinchi bo`lib O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Og`abek Sobirov boshlab beradi. Uning bu galgi dasturi mutlaqo jonli ijroda bo`lib hozirdanoq bu muxlislarni qiziqtirayotgani aniq. Ayni paytda xonanda tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Xonandaning o`zi bu yilgi dasturini to`rt kunga mo`ljallagandi, ammo tashkilotchilar tomonidan olti kun qilib belgilanib reklama qilinayotgan dasturning qay darajada o`tishini kuzatamiz.


Tinim bilmay yangi qo’shiqlarini taqdim etayotgan Alijon Isoqov nihoyat yangi konserti haqida xabar berdi. Og`abekdan keyin ikki kun mobaynida siz uning "Istiqlol” san’at saroyida bo’lib o’tadigan "Siz kelmadingiz” nomli konsert dasturiga tashrif buyurishingiz mumkin bo’ladi. Alijon Isoqovning aytishiga qaraganda bu dastur o’tgan yillardagidan mutlaqo farq qiladi. Nimasi bilan ekanligini o’zingiz ko’rasiz. Konsert arafasida esa xonandaning "Nargiza”, "Iltimos” nomli qo’shiqlarini tinglaysiz. 

 

Xonanda Farhod Saidov ham iyun oyida konsert berishini ma`lum qildi. Konsertning jonli ijroda bo`lishi haqida xabarlar yo`qkuya lekin "Sarbon” guruhi har kuni jonli ijro ustida ishlashyapti. Balki bu boshqa yangilik uchundir. Lekin nima bo`lganda ham bu guruhning ilk konserti muxlislarni qiziqtirishi hech gap emas. Shuning uchun ular original jihatlarga katta e`tabor qaratishyapti.   

 

Kutilmaganda yosh xonanda Sardor Mamadaliyev ham iyun oyida konsert belgilagani haqida eshitdik."Seni hech kim sevolmaydi meningdek” deb nomlangan konsert iyunning qoq o`rtasiga belgilandi. Yana ikki kun. Nima ham derdik, axir u ham samarali ijod qilishga intilyapti. Tez orada esa uning "Oqibatli odamlar” nomli yangi qo’shig’ini tinglaysiz.

 


 

Boshqalarni qo`yingu ammo O`lmas Olloberganovning konserti xabari ko`pchilikni xursand qilishi tabiiy. Negaki, 5 yildan buyon "Istiqlol”da konsert berishini e`lon qilayotgan xonanda nihoyat shu yilning iyun oyi yakunida o`z jonli dasturini muxlislariga havola etadi. Ana endi maydondagi mard qo`shiqchilarga baho berish fursati yetdi. Jonli ijrodagi xonandalardan kimlarniki zo`r bo`lganligini baholash ancha qiziq bo`lsa kerak. Har holda asl san`atga ishqibozlik boshqacha bo`ladi-da!  

 

Albatta bu konsertlar safiga hali yana kimlarningdir konserti qo`shilishi mumkin. Bu haqida albatta xabar berib boraveramiz. E`lon qilingan konsertlardan kimniki qiziqarli va yaxshiroq bo`lganligini ham sizga yetkazishga harakat qilamiz. Zero, shunga qarab san`at olamida kim qanaqa harakat qilayotganini baholash mumkin bo`ladi. Ungacha kuzatishda davom etamiz.


mashhur.uz
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 622 | Добавил: gonch | Теги: Sardor, VA, OG`ABEK, Iyun, O`LMAS, konsertlari:, OLLOBERGANOV., “SARBON”, MAMADALIYEV, ALIJON | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: