Главная » 2013 » Апрель » 22 » Jahongir Poziljonov dan Yangi film
22:37
Jahongir Poziljonov dan Yangi film


Tinib-tinchimagan
Jahongir Poziljonov yana yangi film suratga olishga kirishdi. Ishchi
nomi "Ali, Vali, G’ani” deya atalayotgan kartina yana o’sha komedik
xislatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu gal ham rollarda siz
Jahongir Poziljonov, Otabek Mirzaxolov va Javlon Shodmonovlarni
ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Qahramon qiz obraziga esa kim tanlanganini
Jahongir hozircha aytmadi. Bu haqda sal keyinroq.




SЕRIALDAN KATTA KINOGA 


Sherzod
Davronovning "O’zbekiston” teleradiokanali tomonidan suratga olingan
bir serialda ishtirok etgani unga kino olamining eshiklarini ochib
yubordi, shekilli. Uni endi rostmona kinoga taklif qilishdi. Rejissyor
Sanjar Shodiyev o’zi suratga olayotgan "Jigarbandim” filmiga bosh
rollardan birini talqin etish uchun Sherzodni ham taklif etdi. Bu
albatta, xonandani qiziqtirib qo’ydi, axir madaniyat institutini
tamomlagan Davronov aktyorlikni ham anchadan buyon ko’ngliga tugib
yurgandi-da. Film uchun saundtrekni ham Sherzod kuylaydigan bo’ldi.
"Ota” deb nomlangan ushbu qo’shiqni siz premeradan oldin albatta,
tinglaysiz.


YANGI YIL UCHUN MAXSUS FILM: "DAYDI”


"Lola”
seriali orqali televizion seriallar va kino olamida o’z faoliyatini
boshlagan "O’zbekiston” teleradiokanali jamoasi yana bir yangi serial
ustida ish boshlashdi. "Daydi” deb nomlangan ushbu serial yangi yil
arafasida tomoshabinlarga taqdim etiladi. Rollarni Otabek
Mutalxo’jayev, Madina Mumtoz ijro etyapti. Garchi bu film
kinoteatrlarda namoyish etilmasa-da, teletomoshabinlar uchun ajoyib
sovg’a bo’lishi shubhasiz.


Kino afisha


Rejissyor
Durdona To’laganova ham "Ayol makri” nomli yangi filmining suratga
olish ishlarini tugatish arafasida. Unda bosh rollarni Ra’no Shodiyeva,
Shahzoda Matchonova, Rixsitilla Abdullayev ijro etishyapti.



Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 279 | Добавил: gonch | Теги: POZILJONOV, Dan, Jahongir, film, YANGI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: