Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » KET SENI ESLASHGA MENDA YO'Q TOQAD..!
11:08
KET SENI ESLASHGA MENDA YO'Q TOQAD..!
Qalamni tutdimu, titroq qo'limda, 
Tushunib bo'lmas isyon dilimda, 
Senga bir iltijo o`ksik ko`nglimda, 
Yolg'iz etib ket meni hayollarimni!
Bu qanday sinoat, qandayin afsun, 
Bu qadar o'zingga aylading maftun, 
Munavvar tonglarim o'g'irladi tun, 
Tonglarimni qaytaru, hayolimdan ket! 
Butun borlig'imni egallab olding, 
Ayt bunga sening bormidi haqqing, 
Endi bilginda o'z g'urur -hadding,
Quvonchimni qaytarginu, olislarga ket! 
Gul bo'lib unma bahorlarimda, 
Bulbul bo'lib kuylama nahorlarimda, 
Sening aybing bor chekkan ozorlarimda,
Kulgularimni qaytarginu, hayolimdan ket! 
Yig'lay - yig'lay charchadi ko'zim, 
Shu qismatni tanladim o'zim, 
Netay, senga yetib bormas bu so'zim, 
O'ylashga yo'q toqatim, hayolimdan ket! 
Tushlarimni band qilib olding, 
Yurakka muhabbat o'tini solding, 
O'zing esa o'zga yor yo'lida tolding. 
Qilar ishing yo'q mening qalbimda, 
Hayolimni tark etib, olislarga ket. 
Bas, kerilma! Ortiq qilolmam toqat, 
Yoki dunyoyu dunda sen bormi faqat, 
Bir bor so'zlarimga qilgin sen diqqat, 
Ketolsang ket endi hayollarimdan! 
Bilmam ne bo'lmoqda bugun ko'nglimga, 
O'zgacha nafratlar sezyapman attang! 
Gar borim oz bo'lsada qadringni bilsang, 
Visolingni armon etib ketgin ko'nglimdan! 
Soxta kulgularingga mushtoq emasman, 
Aldamchi ko'zlaringga zor ham emasman, 
Ortiq senga jonim yor ham emasman, 
Bundan ortiq ne kerak yana senga ayt?!
Ketaqolgin tinch qo'yib hayollarimni! 
Hammadan kuchli sevdim, buni bilmading, 
Seni sevishga yo'q menda istak, 
Bor endi yo'lingdan qolma, ket!!! 
Sevgi qiynog'idan qalbni ozod et!
Просмотров: 336 | Добавил: gonch | Теги: KET, TOQAD..!, YO'Q, ESLASHGA, Seni, MENDA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: