Главная » 2013 » Апрель » 22 » Kinoreyd: “SЕNGA MUHTOJMAN”. Yana boy va kambag’al oila muammosi! QIZIQ, ZARINA NIZOMIDDINOVA BIR XILLIKDAN CHEKINADIMI?
20:33
Kinoreyd: “SЕNGA MUHTOJMAN”. Yana boy va kambag’al oila muammosi! QIZIQ, ZARINA NIZOMIDDINOVA BIR XILLIKDAN CHEKINADIMI?

"Kinoreyd”imizni
davom ettirgan holda bu gal "Senga muhtojman” filmini tomosha qilishga
kirdik. Albatta, fikrlarimiz va tahlilimiz sizga qiziq bo`lsa, maqolamiz
davomiga ko`z yugurtiring!
Garchi
film mazmuni oilada qizning otasiga bo’lgan muhabbati asosiga qurilgan
bo’lsada u borib-borib odatiy yigit-qiz muhabbatiga va oilalar
o’rtasidagi tafovutga ulanib ketadi...


Yutuq...



  • Kadrlar ularni naqadar mahoratli operator suratga olganligini bildirib turadi. Buning uchun Bahrom Berdiyevga tasanno aytish kerak. Ular yorqin va zamonaviy.

  • Bosh
    qahramonni ijro etgan yigit garchi boy oiladan bo’lsada uning
    ijobiy tomonga o’zgarishlari tomoshabinda iliq munosabat uyg’otadi.

  • Kartinada uchta yorqin aktyorni uchratish mumkin. Muyassar Berdiqulova, Akbarxo’ja Rasulov, hamda Zarina Nizomiddinova. Qolganlar ikkinchi darajali aktyorlar bo’lsa-da, film ishonarli chiqqan.


Kamchilik...





  • Otasi
    og’ir ahvolga tushib qolgan shifokor qiz tezda shifokorlarga xos
    ish tutishi lozim edi. Ammo u oddiy qizlarga o’xshab otasinining
    tepasida ko’z yosh to’kishdan bo’shamaydi.

  • Filmda
    dovul so’zi ko’p ishlatiladi. Uning qon ekanligi va u milliondan
    bitta insonlarda uchrashi esa film yakuniga yaqin tomoshabinga
    ma’lum bo’ladi. Bungacha bu atama tomoshabinning qiziqishini
    oshirmay balki, me’dasiga tega boshlaydi. Qizning otasini asrash uchun
    harakat qilayotgani garchi film yakunida oshkor etilsa-da, unchaga
    uning boshidan o’tayotganlarini tushunarsiz ravishda qabul qilasiz.
    Avvaliga uning harakatlari palatada yotgan bemor onaxonni
    qutqarish uchun sarflanayotgandek, tuyuladi.

  • Bosh
    qahramon obrazini talqin etgan Zarina Nizomiddinovaning bu galgi
    roli ham faqatgina ko’zlariga bog’liq bo’lib qolgan. Uning
    nigohlari o’zi suratga tushgan "Romeo va Julyetta yoxud
    la’natlangan sevgi qissasi” filmida qanday bo’lgan bo’lsa, keyingi filmi
    "Qorako’z”da ham, bu "Senga muhtojman”da ham o’zgarmaydi. Demak,
    endi u mutlaqo boshqacha obrazlarda o’zini sinab ko’rgani
    ma’qulmi..?

  • Dushman
    qiz obrazini ijro etgan aktrisa kasalxonaga kirib keladi,
    hamshiraga do’q qilib, osma ukolni yiqitib ketadi... Lekin hech kim
    uni ushlamaydi ham, nima qilding deb so’ramaydi ham. Bu balki
    hamma kasal bilan ovora bo’lib qolgani uchundir...


Ma’lumot: Ssenariy muallifi — Nurillo Abbosxon, Operator — Bahrom Berdiyev, Rejissyor — Hasan G’ofurov.


"Senga muhtojman” kartinasida ayrim hayotiy haqiqatlar yaxshi ochib berilgan va bu tomoshabinni o’ylashga majbur etadi.


Kuzatuv:
"Ishonch” va "Men senga muhtojman” filmlaridagi yana bir o’xshashlik
sifatida ularning chiptalari va reklama banerlaridagi bir xillikni
aytish mumkin. Har ikkalasida ham bosh qahramonlar uchburchak shaklida
aks ettirilgan.


Baxtiyor Rasulov

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 494 | Добавил: gonch | Теги: oila, VA, qiziq, MUHTOJMAN”., “SЕNGA, Yana, Boy, kambag’al, muammosi!, Kinoreyd: | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: