Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » KO'NGIL BOG'LAMA
10:34
KO'NGIL BOG'LAMA
Xosiyatsiz tekkan ul imkonga ko’ngil bog’lama,
Soxta shuxrat birla kelgan shonga ko’ngil bog’lama.

Bilki to’rt kunlik umr mazmuni chin qullikdir,
Naf tegar deb jon chekib, to’rt yonga ko’ngil bog’lama.

Buzamin sahni bozor deb zar-qadr axtarma ko’p,
Kim kelar, kimlar ketar, maydonga ko’ngil bog’lama.

Rishtasi mo’rtdir, zaifdir qancha yuksalgan bilan,
Xox gadodir, xohi bek-jonga ko’ngil bog’lama.

Voh, seni bor aylagan Haqqa tazarru qilabad,
Amriga ayla itoat, isyonga ko’ngil bog’lama.

Istagil har dam saodat yolg’iz Allohdan faqat,
Qil ibodat beriyo, nuqsonga ko’ngil bog’lama.

Haq yo’liga dil berib, bo’zlading, Mahmud, seni
Mag’firat etsin o’zi, shaytonga ko’ngil bog’lama.


ozgina sozgina
Просмотров: 403 | Добавил: gonch | Теги: KO'NGIL, BOG'LAMA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: