Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Ko'zmunchog'im Topib Bergin Dadam Qanilar...
15:57
Ko'zmunchog'im Topib Bergin Dadam Qanilar...
Bugun Sizlarga Havola Etadigan Yangi She'rimni Man Dadajonimga Atadim...Man Bu Hayotga Kelganimda,Ko'z Ochib Ko'rganim Otam Va Onam Yoshligimda - Eng Birinchi Qadamlarimni Tashlashimda Mani Qo'llarimdan Ushlab Yurishga O'rgatgan,Beshta Farzandini Xech Narsaga Zor Qilmay...Hammamizni Birdek Ko'rib Katta Qilgan Dadam Bor Edilar!!! Kasal Bo'lgan Chog'larimda Kechalari Bilan Uxlamay,Og'riq Tortsam - Yig'lasam,Mani Qiynalganimni Ko'rib Ko'zlariga Yosh Olardilar...Yuzlaridan Nur Yog'ilardi,Har Bir So'zlari Yaxshi Niyatla Boshlanardi...Hattoki Kelinlarini Ham O'z Qizlaridek Ko'rib Ismlarini Aytib Qizim Deb Chaqirardilar...Yoshligimda Esimda Kechalari Uxlashimdan Oldin Dadamni Yonlariga Borib Televizor Ko'rganimizda,Qo'llarini-Boshimni Ostiga Qo'yib Yostiq Qilib Olib O'tirardilar...Tongda Esa Erkalab Kenjatoyim Deb Uyg'otardilar...Biz Dadamizni Xech Qachon Unutmaymiz...Ilohim Tilaymanki Dadamning Joylari Jannat Bog'laridan Bo'lsin...Xech Kimni Ota-Onasidan Yaqinlaridan Bevaqt Ayirmasin Hudoyim - "Omin Ollohu Akbar" ... 

Sizdek Sodiq Do'st Topmadim Dadajon, 
Mehringizga Men To'ymadim,Xech Qachon. 
Kimga Tashlab Kettingiz,Bu Qora Ko'zlariz, 
Endi Qaydan Izlay Sizni,Nurli Yuzingiz. 

Sizdan Qoldi Menga Faqat Bitta Estalik, 
Asragin Deb Taqqan O'sha Ko'zmunchog'ingiz. 
So'rar Bo'ldim Sog'inganda Issiq Bag'ringiz, 
Bag'rim Quchib Turar Bo'ldi Ko'zmunchog'ingiz. 

Yigirmaga Kirmasimdan Ayriliq Dardi, 
Yuragimni Tilib Ketti Taqdirning Zarbi. 
Ko'rolmadim Dadajonim Sizni So'nggi Bor, 
Mehringizga To'yolmagan Dardman O'g'liz Bor. 

To'ylar Qilsam To'yimda Bosh Bo'lmaysiz Endi, 
Qo'liz Ochib Duo Qilib Turmaysiz Endi. 
Uy To'rida Savlat To'kib Yurmaysiz Endi, 
Ko'zmunchog'im Topib Bergin Dadam Qanilar. 

Yig'lasam Gar Ko'z Yoshlarim Daryo Bo'lar, 
Siz Yo'qsizda Onam Qo'msab Zor-Zor Yig'lar. 
Ko'zmunchog'im Topib Bergin Dadam Qanilar, 
Shirin So'zim Mehribonim Do'stim Qanilar. 

Qorong'u Tun Tushimga Kirdilar Dadam, 
Boshim Silab Turarlar Ko'zlarida Nam. 
Jilmayib Kulib Turar Gapirmasdan Jim, 
Hovlimizning Chetida Turar Edi Tobut Ham. 

Xayron Bo'lib So'radim,Dadajonim Bu Nima, 
Dadam Aytdi Bu-Tobut,Men Ketyapman-Yig'lama. 
Uyg'onib Kettim Shu Dam,Yuragim Duk-Duk Urar, 
Qo'ng'iroq Qilib Uyga,So'radim Qani Dadam. 

Onam Aytdilar Bolam,Dadangni Berib Qo'ydik, 
Bandachilik Ekanda,Bardam Bo'l Endi Sen Ham. 
Bir So'z Aytolmay Qoldim,Ko'zlarim Yoshga To'la, 
Ne Qilishim Bilmayman,Yuragim G'amga To'la. 

Bergan Ediz O'shanda,Menga Bitta Ko'zmunchoq, 
So'ray Endi Men Undan,Qani Dadam Top Shu Chog'. 
Ko'zmunchog'im Dadamni,Eslatib Turgin Menga, 
Sog'inganda Bag'rimni,Otamdek Quchgin Endi. 

Uyga Katta Rasmingizni Ilib Qo'ydim, 
O'g'lim Uchun Ismingizni Atab Qo'ydim. 
Dadajonim Tilarman Men Ollohimdan, 
Joylaringiz Jannat Bo'lsin Gul Bog'idan. 

Men Sizlarga Sher Emas,Ayttim Yurak Dardimni, 
Kimdir Tushunar Meni,Kimdir Bilar Qadrini. 
Ey Do'stlarim Bu Hayot O'tadiyu Ketadi, 
Ota-Ona Topilmas,Ular Bir Marta Keladi. 

Yaqinlaring Qadriga,Vaqt Borida Yetib Qol, 
Erta Indin Kim Bilar,Bizga Ham Navbat Kelar. 
Dadam Ekkan Nihollar,Ulg'ayib Daraxt Bo'ldi, 
Nabiralariga Ekkan Nihol Ham Kurtak Yozdi... 

Sasha.B - Hayotiy Ijodidan...
Просмотров: 469 | Добавил: gonch | Теги: Qanilar..., Ko'zmunchog'im, Dadam, Topib, Bergin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: