MADINA MUMTOZ. KINONI TARK ETGAN... - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » MADINA MUMTOZ. KINONI TARK ETGAN...
22:22
MADINA MUMTOZ. KINONI TARK ETGAN...

Bir
oycha oldin Madina Mumtoz kinoni tark etgani va bundan buyon filmlarda
suratga tushmasligi haqida xabar berdi. Nega bunday qilganini hech kim
tushunmadi. Nega desangiz u hali mashhur aktrisaga ham aylanmagan,
filmlarda endigina ishtirok etayotgandi va hokazo. Qolaversa, u mashhur
aktrisa Ra’no Yarashevaning qizi bo’lsa. Xullas, san’at olamida
endigina bo’y ko’rsatib kelayotgan iste’dod egasi bilan suhbat qilishga
qaror qildik. Axir u o’tgan yilda juda samarali ijod qildi. Bir qator
filmlarda rol ijro etdi, uch-to’rtta qo’shiq, bir nechta duetlar
kuyladi. Hattoki, "Nihol” mukofoti sovrindoriga aylandi. Bugun u
nufuzli davlat tadbirlarida ham ishtirok etib kelyapti. Demak, Madina
Mumtoz yoshiga munosib ishlarni amalga oshira olyapti...



Bolalik va oilasiga oid


— Onangiz bir suhbatda qizim o’zimning yoshligimga o’xshaydi, yerga ursang ko’kka sapchiydigan degandi. Bugun-chi?


— Yo’q. Biroz bosilib qoldim. Lekin haliyam o’sha-o’sha kichikkina qizaloq Madinaman!


— Uy ishlarida onangizning qaysi buyruqlarini bajargingiz kelmaydi?



Idish yuvishni negadur juda yomon ko’raman. Lekin chala yuvilgan
idishlarni ko’rsam jinim suymaydi. Shuning uchun garchi bu ish menga
yoqmasa-da, tozalab yuvishga majbur bo’laman. Qolgan hamma ishlarda
Madinani sidqidildan mehnatkashligiga tan berishingiz mumkin.


— Bog’chada qanday qizaloq bo’lgansiz. Doim yig’lab hammaning xunobini oshiradiganmi yoki...



O-o, bog’cha mening eng sevimli maskanim edi. Bog’cha opalarim meni
juda yaxshi ko’rishganidan qo’llaridan qo’yishmasdi. Qolaversa,
bog’chadagi eng yaxshi narsalarni ham tarbiyachilarim menga ravo
ko’rishardi. Shunaqa munosabat bo’lgani uchunmi hatto yakshanba kuni
ham bog’chaga ketib qolardim. Uydagilar esa meni qidirib rosa xunob
bo’lishardi.


— Bolalik orzularingiz qanaqa edi?



Bolalikda orzulari olam qizaloq edim. Allohga behisob shukur-ki hamma
orzularim birin-ketin amalga oshdi. Yana ozginasi qoldi. Ularga ham
erishish uchun tinimsiz harakat qilyapman.


— Teatr yoki kino bilan bog’liq bolalik xotiralaringiz?



Esimni tanibmanki teatrdaman. Teatr mening ikkinchi uyim bo’lib qolgan,
desam ham yanglishmayman. U yerdagi juda ko’p spektakllarda
qatnashganman, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatganman va sahna
qonun-qoidalarini o’rganganman.


— Onangiz bir qancha ishlarni amalga oshiradi. Jumladan u aktrisa, u shoira, u tadbirkor va hokazo... Siz-chi?


— Men talaba, haydovchi, qo’shiqchi, amma, singil, farzand, boshlovchi, do’st... Yana davom ettiraveraymi? (kuladi)


— Yetadi. Onangizdan haligacha eshitadigan tanbehingiz va nima uchun?


— Gap qaytarganim uchun.


Maktab


— Maktabda qaysi fanlarni umuman o’zlashtirolmagansiz?


— Algebra, geometriya, ximiya va fizika fanlarini.


— Demak, ikki baho ham serob bo’lgan ekan-da?


— Yo’q. Beshinchi sinfgacha besh bahoga o’qiganman, keyin to’rtga tushib qoldim. Ammo hech qachon ikki olmaganman.


— Siz  xafa qilib haligacha unutolmayotgan o’qituvchingiz, sinfdoshingiz yoki kursdoshingiz?


— Bunaqasi bo’lmagan ekan. Bo’lgan bo’lsa ham esimda yo’q. (kuladi) Qanchalik beshafqat insonman-a?


— Sizni xafa qilgan do’stingiz. Haligacha siz uni kechira olmaysiz?



Bolaligimda bir inson bilan do’st bo’lishdan oldin o’sha inson bilan
qattiq janjallashardim, hatto mushtlashardim ham, hozir o’sha insonlar
bilan qadrdon do’stmiz. Haligacha bir-birimiz bilan inoqmiz.


— Kim bilan qattiq janjallashib qolgansiz?


— Xonanda Sherzodbek bilan. Hozir esa do’stmiz va 6 yildan beri birga o’qiymiz


— Sizga shu paytgacha bildirilmagan ishonch? Qaysi ishda sizga haligacha ishonishmaydi?



O, zo’r savol. Umuman olganda hamma ishning uddasidan chiqqanman. Agar
biror ishni a’lo darajada uddalay olmasam, menga ishonmay qo’yishlarini
bilaman.


Ijod


— Ilk marotaba sizni onangizning iltimosi bilan filmga olishgan ekan-a?



Bo’lmagan gap! Onam Shoira Raufboyevaning "Lola” filmida rol
o’ynaganimni bilmaganlar ham. Film chiqqanidan keyingina nega unaqa rol
ijro etding, deb mendan xafa bo’lgan edilar.


— Bugun takliflar qay darajada bo’lyapti. Ya’ni Madina Mumtoz rejissyorlar tanlab chaqiradigan aktrisaga aylana oldimi?



Barcha takliflarga rad javobini beryapman. Negaki, Madina Mumtoz kino
olamini tark etdi va buni rasmiy ravishda e’lon qilib bo’ldi.


— Nega to’satdan bunaqa qarorga keldingiz. Yoki kimdir sendan yaxshi aktrisa chiqmaydi, deb ochiq gapirdimi?



Bunaqa gap-so’zlar bo’lmadi. Lekin rejissyorlar meni qo’pol, dangalchi
qiz obraziga solib qo’yishdi. Men esa kuchli rollarni o’ynashni
xohlardim. Shuning uchun kinoni tark etdim. Qachon shunaqa rol berishar
ekan, deb kutgim kelmadi.


— Kino olamida qaysi rejissyorning ishonchini qozona oldim, deb o’ylaysiz?


— Nazarimda Jahongir aka Qosimovning ishonchlarini qozona oldim, yana bilmadim.


— Aktrisalikni tark etdingiz. Qo’shiqchilikda omadingiz chopmasa-chi?



Bunaqa fikrdan yiroqman. Axir yaxshi niyat yarim davlat, hech kim inkor
etmagan, yomon niyat bilan hech dil murodiga yetmagan. Niyatingizni
astoydil qilsangiz hammasi yaxshi bo’ladi.



Shou-biznes olamida hali qadamlaringiz shakllanmay turib anchagina
gap-so’zlarni eshitdingiz. Qaysidir bayramda ataylab yig’ladi,
deyishdi...



Ha, bu menga og’ir botdi. Lekin bunga e’tibor bermadim. O’sha gapni
chiqarganlarning o’zi shunaqa qilsa kerak. O’sha ko’z yoshlar o’sha
kungi sevinchim va qayg’uyim ifodasi edi.


— Ziyoda bilan bir nechta tadbirlarda birga edingiz. Dugona bo’voldinglarmi?



Ziyoda mening 12-13 yillik dugonam. Bolaligimizda yozgi ta’til
kunlarini ustozimiz Umida Mirhamidovanikida o’tkazardik va birinchi
bora o’sha yerda tanishganmiz. Keyinchalik esa "Tantana” bolalar
guruhiga birga qatnaganmiz. Uni judayam hurmat qilaman. Ziyoda haqiqiy
INSON va SAN`ATKOR.



Birato’la bir nechta duetlar kuylab tashladingiz. Bu Madinaning tezroq
mashhur bo’lish taktikasimi yoki shunga majbur bo’ldimi?



Birinchi kuylagan duetdoshlarim umuman mashhur emas edi. Shuning uchun
tezroq mashhur bo’lish degan so’zni olib tashlaymiz. Qolaversa, majbur
ham emasdim. Shunchaki taklif etilgan qo’shiqlar o’zimga judayam manzur
bo’lgan.



Baribir bu kuylangan duetlar anchagina xarajatlar talab qilgani aniq.
Pullarga achinmadingizmi yoki siz ularga pul sarflamaganmisiz?


— Ayrim duetlarda xarajatlar o’rtada bo’lgan. Ayrimlarida esa "jentelmenlik” qilishgan. Shuning uchun achinmayman.


— Kuylangan duetlaringizdan qaysi bir siz uchun foydali bo’ldi?


— Diyor Mahkamov va Samandar aka bilan aytgan duetim ko’pchilikka yoqdi va ommalashdi.


— Kubayeva, Eshonqulova, Yusupova qaysi birini birinchi bo’lib tilga olgan bo’lardingiz?


— Kubayeva!


— Bugun kimlar bilan birga ishlayapsiz?



Har doim har xil. Ayni kunda Akmal Mirzo musiqasi, Ilhom Xamro so’zi va
Mirodilla Hakimov musiqa bezagi bilan bir qo’shiq tayyorlayapmiz.


— 2011 yil uchun mo’ljallagan ijodiy rejangiz?


— Ilk albomimni chiqarish, yaxshi tarona va kliplar, ijodiy safarlar mo’ljallaganmiz.




MA`LUMOTLAR:


Ilk o’qigan kitobi: Bolaligida ertaklar o’qigan. 12-13 yoshida esa "Choliqushi” asarini uch marta yig’lab o’qib chiqqan.


Ilk o’qituvchisi: Lyudmila Mixaylovna.


Ilk sinfdoshi: Xonanda Sitora Ahmedova.


Ilk do’sti: Bog’chadagi Yulduz ismli qiz.


Ilk janjali: 3-4 sinfda o’qiyotganida Nozima ismli qiz bilan sinfdoshlarini u bilan gaplashmaslikka ko’ndirgani uchun janjallashgan.


Ilk aldagani:
5-sinfda darsdan keyin dugonalari bilan arqon sakrab uyiga 30 daqiqa
kech qolib keladi va onasini bugun sinfni tozaladik, deya aldagan.


Ilk tomosha qilgan filmi: "Sangam”.


Ilk qo’shig’i: "Soqinomai safti kalon” maqomi va "Bibijon” nomli ozarbayjon xalq qo’shig’i kuylagan.


Ilk roli: "Lola”.
Ilk mashinasi: "Matiz”.


 


Baxtiyor RASULOV


mashhur.uz
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 226 | Добавил: gonch | Теги: Madina, KINONI, ETGAN..., MUMTOZ., TARK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: