Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » MANCHESTER UNITEDDA YANGI O'YINCHI
15:30
MANCHESTER UNITEDDA YANGI O'YINCHI
Angliyaning Manchester United klubi Yaponiya terma jamoasining eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri va Dortmundning Borussiya klubi o’yinchi Sindzi Kagavani sotib olish to’g’risida shartnoma tuzdi. 23 yoshli o’yinchi 2012-yilning iyun oxirlarida yangi jamoasiga kelib qo’shiladi.

Shartnomaning barcha shartlari allaqachon kelishib olingan. Endi Kagava yangi klubida tibbiy ko’rikdan o’tishi va ishlash huquqi beruvchi hujjatni qo’lga kiritishi kerak. Xuddi shu ishlash huquqi bilan bog’liq bazi bir muammolar bor. Ish vizasini olish uchun Kagava Yaponiya terma jamoasida keraklicha o’yinda maydonga tushgan bo’lishi kerak. Angliya futbol federatsiyasining qoidalariga ko’ra, Yevropa Ittifoqidan tashqarida joylashgan mamlakatlarning futbolchilari jamoasining barcha o’yinlarining 75% foizida maydonga tushgan bo’lishlari kerak. Kagavada esa jarohatlar tufayli bu ko’rsatkich 60% foizga teng. Manchester United klubi rahbariyati viza berishga appelyatisya qilmoqchilar va yutib chiqishiga ishonadilar.

Shartnomaning qiymati hozircha e’lon qilingani yo’q. Lekin OAVning ma’lumotlariga ko’ra, ushbu summa 17 million yevroni tashkil qiladi. Boshqa manbaalardan esa bu raqam 22 million yevro deb ko’rsatilmoqda.

O’z futbolchilik faoliyatini Kagava 2006-yilda yaponlarning "Sereso Osaka” klubida boshlagan. U Borussiyaga 2010-yilda o’tdi. Transfer qiymati 350 ming yevroni tashkil qildi. Kagava va Borussiya o’rtasidagi shartnoma 2013-yilda o’z nihoyasiga yetadi. Shuning uchun ham Manchester United klubi yakuniga yetkazilmagan davr uchun tovon puli to’lamoqchi.

Borussiya tarkibida Kagava ikki marta (2011, 2012) Germaniya chempioni bo’ldi. 
Просмотров: 397 | Добавил: gonch | Теги: Manchester, O'YINCHI, YANGI, UNITEDDA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: