Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Mani ayibdor xisi qiynavotdi!
15:24
Mani ayibdor xisi qiynavotdi!
Assalomu alaykum! Hurmatli do'stlar!
Man hayotda, hech qachon qilgan ishimdan afsuslanmasdim, afsuslanmasam ham kerek dib o'ylardim. Lekin oldindan nima bo'lishini inson bilmasakan!
Bu yaqinda bo'lgan voqia. Mani kursdoshim yaqin, dugonam, bor edi. U juda go'zal, ko'zga yaqin quvnoq hushmomila edi. Ishonasizmi u umuman begona yigitlar qaramas, gaplashmas, manaman digan yigit unu orqasidan yurardi. Leken ularga parvo ham qilmasdi.
Bir kun darsdan chiqdik, 5 ta kurstosh har doimgedik, yo'lni boshida, xazil qilib ketardik.
Yaqin dugonam, Nilu digan qizga xazil qildi.
-Nilu qara anu sanga qaravoti yoqtirib qobti shekili, didi. U
-Jini tuzuro gap topomadimi? Ahvolini qara, dib dugonami yitarvordi, u dugonam behosdan yo'l boshiga chiqib ketdi va orqadan kotta moshina kelib....
2 oy kasalxonada yotdi, shu xazilni dib, dugonam bir umir kalaskaga bog'lanib qoldi! Uni doim ko'rgani borardik, u avvalgidek gaplashmas, siqilgan, o'zini bizadan obqochardi. Uni bu holatda, bunaqa siqilishini ko'rib, ko'zimiz yosh bilan qaytardik.
Man bir kun uyiga bordim, uni akasini kampyuteri boridi. Man unga,
-Man ko'pincha sherlar.uz digan saytga kiraman, xoxlasen san ham kir, zerikmisan, tanishasan, dugona, do'st ortirasan didim.
-Mayli o'rgatasanmi? Didi, man unga o'rgatdim, nik ham ochib berdim. Keyin u shu saytga kirib, kimlarnidur mehrini, kimlagadur opa, singil dugona bo'ldi. Bu saytga doim kirib yurardi.
Shu saytdan bir bola bilan tanishib qoldi, yaxshi gaplashishardi, telda ham suxbat qurushardi, ularning munosabati jiddiylashdi. U bola ko'rgisi kelishini etardi, dugonam uyalardi, bu holotda uchrashini hoxlamasdi, ba'zan yolg'on gapirar, ba'zan esa, o'zini olardi! U bola keyinchalik haqiqatni bildi, lekin shunga qarami, uchrashilik, uyini adrisiyni et dirdi. U eski adrisini bergandi, u bola o'tdan ham qidirdi. Uni qidirishini ko'rib dugonam siqilardi, ahir qanaqilib bu ahvolda o'zimi ko'rsataman dirdi.
Manga tel qildi.
- Dugonajon, man negadur o'zimi juda nochor xis qivoman. Hamma inson, sevgan insoni bilan uchrashishni, yuzma-yuz gaplashishni hohldidiku, manchi? U doim adrisimi so'ridi, man qo'rqaman bu holatda mani ko'rib, aynishidan, jirkanishidan, shularni o'ylab siqilvoman. Ahir hammani orzu, niyat qilib uylanadi, onami hizmatini qiladigan, ishdan keganimda kulib, osh, ovqatimi tayyorlidiga sevimli yori bo'lishini hohlidi, manchi, man? Hato turib kutvolishga yaramiman, didi yig'lab. Man bu gaplarni eshitarkanman yig'lavordim, uni yig'lashini ko'rib, siqilib ketdim, holbuki u haqidi.
-Dugonajonim, siqilma, bu kunlar ham o'tib ketar, 15 kun qorong'u, 15 kun yorug' kun keladi, didib yig'lab.
-Nega mani aldisan, hech qachon, yorug' kun kemidi, man bir qarorga keldim, yuragimgamas, aqlimga bo'ysunaman, uni o'zimdan sovitaman, undan o'zimni uzoro olaman, u baxtli bo'lishini hohliman, u albatda baxtini topadi, didi.
Man hech nima diyolmadim, mavzuni burdim keyin. U haqatdan shunaqa qibdi. Lekin yigit boshqacha chunibdi shekili, "san doim mani aldagansan, san yurolasan" dibdi. Bu gapni man u yigitdan eshitdim, man shuna dib etgandim didi. Lekin u bola bunaqa dishga haqi yo'g'idiku, hato uydagilari bilan ham gaplashgan, bilib turib shu gapni etdi. Bilmadim bu gapla dugonamga qanaqa tasir qilgan?
Hato u bola chatda boshqalar bilan dugonam ustidan kulishibdi, ex bu narsa dugonamga qattiq tasir qilganmikin bilmiman, o'zini umrini, o'zi tugatdi.
U bolani vijdoni qiynalmasmikin, hozir boshqa qiz bilan, chatda jonim, asalim dib yuribdi. Nohot unga barbir, bir qiz o'lib ketdi, u esa barvoi falakda. Uni sevaman digan gaplari yolg'onmidi? Sanga nima bo'gan taqdirdayam uylanaman, diganichi? Hech o'ylab ko'rmadimikin, hech u qizi o'rniga qo'yib ko'rmadimi? Noxot dugonamga etgan gaplari hammasi erte bo'gan bo'sa.
Dugonam ham baxti bo'lishga haqlidiku, u ham kelajakda o'z o'z o'rnini topsa bo'lardi. Man juda afsusdaman, o'zimi shunaqa ayibdor xis qivomanki, ahir uni bu saytga obkirgan mani dimku, obkirmaganimda u qiz xozir yashavotgan bo'larmidi?. Endi bir umir shu ayib xisi bilan o'tsam kere? Nima qili yaqin dugonamdan ajraldim, ayib xisi esa mani butun vujudimi egalab ogan!
Manga maslaxat bering, bu xisdan qanaqilib qutiliy iltimos!

_SHIRIN_
Просмотров: 386 | Добавил: gonch | Теги: qiynavotdi!, xisi, ayibdor, Mani | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: