Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Maxzun bo'lma
15:06
Maxzun bo'lma
Ko'p ko'rdim, ko'p uchratdim O'z hayotidan maxzun bo'lgan birodarlarimizni, shu sabablik bu misralarni sizlargada ilindim, koshki maxzun bo'lishni bas qilsangiz... 

Maxzun bo'lma! Albatta Alloh sen bilan birgadir!

Maxzun bo'lma! chunki u o'tmishingni bezovta qilib, kelajakdan havotirga soladi!

Maxzun bo'lma! chunki u ruhingni so'ndiradi yuzingni nurini ketkazadi!

Maxzun bo'lma! chunki orzu umidlaring yo'q bo'ladi!

Maxzun bo'lma! u dushmaningni hursand qilib, do'stingni hafa qiladi

Maxzun bo'lma! chunki haqiqatni ko'rolmay qolasan, qadarga norozilik ne'matga nonko'rlik bo'ladi,

Maxzun bo'lma! u yo'qolgan narsani qaytarmaydi!

Maxzun bo'lma! agar gunoh qilgan bo'lsang tavba qil

Maxzun bo'lma! yomon ish qilgan bo'lsang isloh qil!

Maxzun bo'lma! hato qilgan bo'lsang istig'for ayt!

Maxzun bo'lma! qazoi qadar qalami ishini bitirgan, varaqlar qurigan, kitob yopilgan, oshiqcha ham, kam ham bo'lmaydi!

Maxzun bo'lma! kasalliklar albatta ketadi

Maxzun bo'lma! musibatlar ko'tariladi

Maxzun bo'lma! gunohlar kechiriladi, osiylar tavba qiladi.

Maxzun bo'lma! yomonlar albatta jazosin oladi!

Maxzun bo'lma! sen bir qilgan hasanot uchun 10 dan 700 barobar ko'paytirilib beriladi lekin bir qilgan gunohingnga bitta

Maxzun bo'lma! senda eng katta ne'mat bor, chunki sen tavhid kalimasini aytganlar qatoridasan

Maxzun bo'lma! ahir sen ahli qiblasan!

Maxzun bo'lma! sen muslim va muslimasan!

Maxzun bo'lma! ahir sen qo'lingni duoga ochgansan!

Maxzun bo'lma! sen hayotni issiq-sovuq, keng-tor, boy -kambag'al holatda ham foyda ustidasan.

Maxzun bo'lma! ahir senda quron bor, zikr, duo, namoz va boshqa amallar bor!

Maxzun bo'lma! sen qora bulutlar tarqalganini, qorong'u tunni yorishganini, shamollarni to'htaganini ko'rmaganmisan?

Maxzun bo'lma! inshaalloh mashaqqatlaring rohatga, hayoting yorug'likka, kelajaging ne'matga to'lib boradi!

Maxzun bo'lma! agar oldinda chora qolmasa, yo'llar bekilib qolsa Yo Alloh degin!

Maxzun bo'lma! agar umidsizlik chulg'ab kelsa, keng dunyo tor bo'lgan bo'lsa Yo Alloh degin!

Maxzun bo'lma! ko'nglinga hech narsa sig'masa, baxtsizlikni sezsang Yo Alloh deb nido qilgin!

Sen sira ham MAXZUN BO'LMA! sababi oldinda seni yomonlikdan qaytaradigan do'stlaring bor!

Maxzun bo'lma! sababi oldinda seni yahshilikka da'vat qiladigan yaqinlaring bor!
Просмотров: 360 | Добавил: gonch | Теги: Maxzun, bo'lma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: