" Mehmonxona " loyihasi birinchi mehmoni Farruh Komilov bilan suhbat. - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » " Mehmonxona " loyihasi birinchi mehmoni Farruh Komilov bilan suhbat.
22:08
" Mehmonxona " loyihasi birinchi mehmoni Farruh Komilov bilan suhbat.

Siz
Azizlarga vada berganimizdek " Mehmonxona " loyihamizning birinchi
mehmoni Farruh Komilov bilan suhbatlashish va sizlarni savollaringizga
javob olish maqsadida Komilovlar xonadoniga yo’l oldim. Uyiga
kirib kelganimda oila azolari quchoq ochib kutib olishdi va
mehmonxonaga taklif etishdi. O’zbekona urf odatlarimzga ko’ra oilani
yoshi ulug’lari duo qilishgandan so’ng bir piyola choy ustida Farrux
bilan suhbatimizni boshladik. Alohida takidlab o’tishim lozimki
suhbatimiz chog’ida Farruxni umr yo’ldoshi bo’lmish Samira o’zining
insoniy chin ko’ngildan qilgan muomalasi, mehmon kutish odobi va qo’li
gul pazanda ekanligi bilan xayratga soldi. Suhbat davomida siz
azizlarni savollaringizga javob berish maqsadida www.sherlar.uz saytiga
tashrif buyurdik.



Xullas suhbatimizni savol - javob qismini boshladik…
-          Erkatoy77 : Sevganiz bormi ?
-          FK: Sevganim ayolim yaxshi ko'rgan qizimga uylanganman.
-          DIKAYA: nega kam gapsiz?
-          FK: Ko'proq eshitishni yaxshi ko'raman.
 -          Mohinur : Qachondir hayotingizdan, qilgan qaysidir ishlaringizdan afsuslanganmisiz?
-          FK: Jaxlim chiqqan paytda kimnidir dilini og'ritib qo'ygan bo'lishim mumkin.
 -          ANORA  : Siz turmush o'rtog'ingiz Saminaxon bilan qanday tanishgansiz va necha yil bir biringiz bilan sevishgansizlar?
-         
FK: Uylanishimdan 5 yil oldin tanishganmiz.Men musiqiy kollejda o'qib
yurgan kezlarim Samina 17 - maktabda o'qir edi.Shu paytda tanishganmiz.
-          Pokiza1990 : Kliplariyizda boshqa qizlar bilan suratga tushsayiz jufti haloligiz rashq qimaydilarmi?
-          FK: Rashq qiladi.Lekin kasbimni tushunadi va menga ishonadi.
-          Hamid1989  : Xayotda nimadan kecha olmaysiz?
-          FK: Oilam,yaqinlarim va farzandlarimdan.
-          QizaloQ : Turmush o’rtog’ingizni ismi passpotda Nigoraku nega Samina deb chaqirasiz?
-         
FK: Avval ismi Nigora bo'lgan lekin biz o'zbeklarda xar bir ismni o'z
kuchi bor deyishadi.Shu sababdan keyinchalik ismini Samina deb
o'zgartirishgan.Xozir passportida xam ismi Samina.
-          NiGi{JON}
: Otangiz kabi o`z ijodingizni davom ettirib, ulkan cho`qqilarga
erishmoqchimsiz yoki bo`ldi mashhur bo`lib bo`ldim deb, boshqa sohaga
o`tish niyatingiz ham bormi?

-          FK: Meni xali san'at sohasida orzularim juda xam katta xali men san'at sohasida xech nimaga erishmadim deb o'ylayman.
-          NiGi{JON}  : 1) Kelajakda bolalaringiz san`atkor bo`lishini xoxlaysizmi!?
-          FK: O'zida istedot va shu sohaga qiziqish bo'lsa bunga qarshilik qilmayman.
-          2) Oshxona ishlariga qandaysiz!?
-          FK: Tuxum yoki sosiska qovurishni eplayman.
-           3) Futbolga qiziqasizmi!?
-         
FK: Futbolga unchalik qiziqmayman lekin O'zbekiston MTJsi o'yinlarini
kuzatib boraman va ular erishayotgan yutuqlaridan quvonaman.
-          4) San`atkor bo`lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo`lar edingiz?
-          FK: Biznes sohasida faoliyat olib borgan bo'lar edim.
-          5) Qaysi xonanda bilan duet kuylashni xoxlaysiz?
-          FK: Men xali o'zimni qaysidir san'atkor bilan duet quylaydigan darajaga yetdim deb o'ylamayman.
 -          Shohi : Siz nega aynan sanat soxasini tanladiz..... "Familyangiz" sizni mashxur qilishi mumkinligi uchunmi?
-         
FK: Dadam Ravshan Komilov san'at sohasini tanlashimga boshida qarshi
bo'lgan.Bir xilgi paytlarda familyam yordam beradi lekin bir xilgi
paytlarda meni Farrux Komilov deb emas Ravshan Komilovni o'g'li
sifatida tanishadi.Bu narsa bazan menga yoqmaydi.
-          Lolo1 : Xayotdagi orzuyingiz nima?
-          FK: San'at sohasida Mayk Jekson darajasiga erishish. Xudo xoxlasa bu darajaga erishaman deb niyat qilaman.
-          PAUK: Qaysi xozrij xonandalarini sanatiga xavas qilasiz,yani kumir deb bilasiz!!!
-          FK: Mayk Jeksonni san'atini xurmat qilaman.Qolaversa Shakira va Britniy Spirisni kumirim deb bilaman.
-          Amore_Mio
: (sms savol ) Nargiza klipingizdan so'ng Oydin Yusupova bilan Farruh
Komilov o'rtasida shaxsiy adovat paydo bo'libdi degan mish-mishlar
rossa bolaladi.Shu mish-mishlar rostmi yoki yolg'on?

-         
FK: Bu qanchalik yolg'on ekanligini o'zingiz xam Oydin Yusupovani
administratori sifatida juda yaxshi bilasiz.Qolaversa 12 - yanvar
Toshkent shaharida joylashgan 22 - sonli Mehribonlik uyida tashkil
qilgan mega konsertingizda xam samimiy salomlashdik va fursatdan
foydalanib qisqacha suhbatlashdik ham bunga o'zingiz xam guvoh
bo'lgansiz.
 -          Amore_Mio:
Xa siz xaqsiz buni qanchalik yolg'on ekanligini bilaman lekin o'zbek
xalqimiz orasida mish-mish sevar insonlar xam yo'q emas.

-          Maradona : Adashmasan birinchi ishingiz bozorda qovun tarvuz sotish bo’lgan?
-         
FK: Qovun sotganim bu rost va nafaqat qovun balim kartoshka xam
sotganman.Yoshligimdan xayotda mustaqil bo'lishga intilganman va bir
paytlar azonda soat 04:00 larda turib bozorga borib ulgurchi
qovun.tarvuz va kartoshka sotib olib.Tanishlarim do'konlarida sotar
edim.Paytida Lola gulini xam ekib sotganman.
-          Shohi : Siz o'zingizni xaqiqiy sanatkor va istedod egasi deya olasizmi?
-          FK: Yo'q! men bu darajaga erishganim yo'q.Lekin xar qanday qo'shiqni jonli ovozda ijro eta olaman.
-          *SHADDOD_QIZ***  : Sevgi siz uchun qanday tuyg'u?
-          FK: Sevgi - bu Ollox tomonidan suygan bandalariga beradigan iloxiy va muqaddas tuyg'u.
-         
Amore_Mio : Xit qo'shiqlaringizdan biri bo'lmish " aylandi "
qo'shig'ingizga olingan klipingizdagi qiz bilan qanday
munosabatdasizlar?

-          FK: To'g'risini aytsam u qizni
ismni xam bilmayman.kliplarimga qizlarni tanlashni klip mekerlardan
iltimos qilaman.Barcha ishlarni klip mekerlar xal qiladi.
-          Amore_Mio : 2010 yil hisoboti. 2010 yil siz uchun qanday keldi?
-         
FK: 2010 yil  " Nargiza " va " Aylandi " qo'shiqlarim kutgan natijamni
berdi.O'zingiz guvohi bo'lganingizdek sevgan isnonimga uylandim,nikoh
to'yim munosabati bilan yugur - yugurlar ko'payib san'atga ozgina
kamroq vaqt ajratdim.
-          Billy_21 : Boshingizga tashvish tushsa kimdan maslahat olasiz....?
-         
FK: San'at sohasida maslahatlarni dadam Ravshan Komilovdan
olaman.Shaxsiy xayotimda amakivachchalarim va do’stlarim yaxshi
maslahatchilarim.
-          Amore_Mio: 2011 - yilda qanday rejalaringiz va qanday yangiliklar kutamiz?
-         
FK:2011 yilda " Sog'inganim " deb nomlangan og'ir ashulla qildik.Ushbu
qo'shiqqa olingan klipni yaqin kunlarda xalqimizga taqdim etamiz.
 -          Dana1992 :Xammag orzularingizga erishdingizmi yoki armoningiz xam bormi?
-          FK: Orzularim ko'p lekin xali armonim yo'q.
-          _sHaXnOz_ :Kinolada ro'l o'ynadiz .Qaysi biri onsonroq kinomi yoki klip?
-          FK: Xayotda oson ish yo'q. Kinolarda ro'l ijro etish men uchun xobbi. Lekin klipda ro’l ijro etish qiyinroq.
-          Amore_Mio : Xayotingizdagi eng esda qolarli mish-mish?
-         
FK: Eng esimda qolgan va salbiy tasir qilgani " Farruh Komilov umr
yo'ldoshi Samira bilan ajrashibdi "degan mish - mish bo'ldi.Bu mish -
mish menga ancha salbiy tasir ko'rsatdi lekin umr yo'ldoshim menga
dalda bo'lib bunday mish-mishlarga axamiyat bermasligimni aytdi.
-          Amore_Mio : Qaysi san'atkorlar bilan do'stiz?
-          FK: Xamma san'atkorlar bilan do'stman va barcha san'atkorlarni xurmat qilaman.
-          Amore_Mio :Savolarni ichida qaysi biri eng maquli bo'ldi?
-          FK: Savollarni barchasi birdek yoqdi. Lekin eng yoqqani maradonani " qovun sotganligim xaqidagisi bo'ldi ".

" Amore_Mio  " suhbatlashdi.

Eng yaxshi savol muallifi " maradona " o'z sovg'angizni
mening raqamimga qo'ng'iroq qilib olishingiz mumkin:
tel: + 998 97 470 77 97
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 336 | Добавил: gonch | Теги: Mehmonxona, Farruh, BIRINChI, Komilov, suhbat., BILAN, loyihasi, mehmoni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: