Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Mustaqillik muborak azizlar!
12:51
Mustaqillik muborak azizlar!
Qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 21 yillik to‘yi bilan butun o‘zbek xalqini sidqidildan qutlovlarimizni izhor etamiz. Bu bayram barchamiz uchun aziz, qadrli, asrlar davomida ajdodlarimiz orziqib kutgan kun!
Bugun biz tarixan qisqa bo‘lgan 21 mustaqillik yillarini g‘urur va iftixor bilan eslaymiz. Chunki, bugun mustabid tuzum iskanjasidan xalos bo‘lib, kim edigu, kim bo‘lganimizni anglab, o‘z qadr-qimmatimiz, qadriyatlarimizni qayta tiklab, iymon-e’tiqodimizga suyanib, yagona xalq va millat bo‘lib, tinch va osoyishta yashamoqdamiz. Chunki ozod O‘zbekiston bugun jahon hamjamiyatida o‘zining munosib maqomiga ega. Aziz ona-yurtimiz kuchli o‘zbek davlati va ochiq demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borayotgan samarali islohotlari bilan, o‘zining mustaqil ichki va tashqi siyosati hamda ezgulik yo‘lidagi keng qamrovli bunyodkorlik ishlari bilan dunyo xalqlarining hurmat-e’tiborini, havasini o‘ziga tortdi. Biz barchangizga baxt, sog’lik, xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalik, ishlaringizda omad tilaymiz!
Ezgu ishlarimizda Yaratganning o'zi bizni doim qo'llab-quvvatlasin. Mustaqillik abadiy bo'lsin! Bayramingiz muborak bo'lsin.!


Оллох ёди билан яшаган халким,
Мехрда куёшга ухшаган халким,
Занжирларни узиб ташлаган халким,
Улугвор, хур хаёт бошлаган халким,
Йулларинг ок булсин, бехатар булсин,

Оллохга минг бора хамду шукурлар,
Бизга насиб этди омад - шу кунлар,
Саодат ёр энди, осон мушкуллар,
Калби имон билан яшнаган халким,
Йулларинг ок булсин, бехатар булсин.

Тангрига ибодат, тавобдир савоб,
Хак мархаматига жавобдир савоб,
Эзгулик йулида офтобдир савоб,
Умрини савобга бахш этган халким,
Йулларинг ок булсин, бехатар булсин.

Бахтингни мехнатдан излаган сенсан,
Улуг максадларни кузлаган сенсан,
Жахон минбаридан сузлаган сенсан,
Жахоний тахтдан тушмаган халким,
Йигирма бир ёшинг кутлуг булсин Она ватаним!


Просмотров: 366 | Добавил: gonch | Теги: Mustaqillik, muborak, azizlar! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: