Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » NEGA 33 MARTA?
17:35
NEGA 33 MARTA?
«Namozdan so`ng tasbih o`girilayotganda 33 marta «Subhonalloh», «Alhamdulilloh», «Allohu akbar» deyiladi. Bunda ushbu so`zlarni aynan 33 marta aytilishining siri nimada?»

– Imom Muslim Abu Ҳurayradan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Kimki har namozdan so`ng 33 marta «Subhonalloh», 33 marta «Alhamdulilloh», 33 marta «Allohu akbar» desa, bular 99 ta bo`lib, ularni «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu... (oxirigacha)»ni aytish bilan 100 martaga etkazsa, uning gunohlari dengizning ko`pigicha ko`p bo`lsa ham, Alloh ularni mag`firat qiladi». Yana bir hadisda sahobalardan ba`zi kambag`allari Rasululoh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Bizlardan badavlatlarimiz tuya, mol, qo`ylarni Alloh yo`liga qurbonlik qilib katta-katta savoblarning egasi bo`lyaptilar. Bizlarda unday mol-dunyo bo`lmasa, qanday qilib ular qilgan savobni qila olamiz?” – deb arz qilishadi. Shunda Payg`ambarimiz (s.a.v.): "Sizlar har namozdan so`ng 33 marta «Subhonalloh», 33 marta «Alhamdulilloh», 33 marta «Allohu akbar» desangiz, bular 99 ta bo`lib, ularni «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu... (oxirigacha)»ni aytish bilan 100 martaga etkazsangiz, Alloh yo`lida jonliq so`yib, qurbonlik qilganning savobini topasizlar», – deganlar. Demak, bizlar raqamga emas, balki Rasululloh so`zlariga e`tibor berishimiz lozim.

7X7 GAZETASIDAN
Просмотров: 485 | Добавил: gonch | Теги: 33, MARTA?, nega | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: