Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Nega duolarimiz ijobat bo'lmaydi?
17:15
Nega duolarimiz ijobat bo'lmaydi?
Assalamu alaykum. 
Bizning shonli tariximizda Allohga yaqin insonlar ko'p bo'lgan. Duolari tufayli el-u yurt osoyishta yashagan ulug' insonlar haqda eshitganmiz.
Bugungi hayotimizda qo'llar duoga qo'l ochiladi,biroq ko'zlar olazarak kezinadi. Tilda bir xil duolarni takrorlaymizu,dillarimizda mutlaqo boshqa hayol. Holbuki,duolar qabul bo'lishining eng muhim shartlaridan biri xolis duo, Allohdan chin dildan so'rash. Biz har damda,har nafasda Allohga ehtiyojmandmiz. Turli odamlar bor: ibodatli-ibodatsiz,taqvoli-taqvosiz,iymonli-iymonsiz... Ibodatsiz,iymonsiz kimsa qanday qilib,qaysi yuz bilan Allohga iltijo qiladi? Tog'ri, boshiga musibat yog'ilsa,ishlari yurishmasa,tijorati kasodga uchrasa va shunga o'xshash hollarda ibodatsiz kimsalar ham beixtiyor Yaratuvchini eslab qoladilar. Duo talabida bo'ladilar. Faqat o'z moddiy ehtiyojlari, shohona hayot,badavlatlikni niyat qiladilar. Biror davrada shu haqda so'z ochilsa,kuch-quvvati ketib, yoshlikdan ayrilib keksayganda ibodatga o'tishini ichida aytib ötiradi. Ayrimlar bu gaplarni shunchaki tinglab,yana dunyo hayotiga sho'ngib ketadi. 
Allohni tanimagan,g'aflat uyqusida yotgan qalb egalarining duolari qabul bo'lmaydi. 
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilingan bir hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Kim duosining qalbul bo'lmog'ini va g'amlardan forig' bo'lmog'ini istasa,muhtoj kimsalarga yordam bersin". 
Halol luqma duolar qabul bo'lishining asosiy shartlaridan. 
Ayni damda,duogo'yning ustidagi kiyim kechagi ham pokiza bo'lishi kerak. Ojiz insonmiz. Xatolar qilamiz. Ba'zan hayolimizdan, " Endi bu duolarim qabul bo'lmayapti shekilli", degan o'y kechadi. Ehtimol,ularning ijobati qiyomat kuni uchun zahiraga qoldirilgandur. Alloh bilguvchiroq. 

Bir hakimdan so'ragan ekanlar: 
" Biz duo qilamiz,lekin duolarimiz ijobat bo'lmaydi. Alloh taolo : 
"Menga iltijo duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni)mustajob qilurman," deb aytgan-ku!" 
Hakim aytibdi: "Sizdagi 7 xislat duolaringizni ijobatini man qiladi". 
" Qaysi xislatlar?" 
Hakim javob berdi: 
" Sizlar Robbingizni g'azablantirasizlar,ammo Uning rizoligini talab qilmaysizlar,ya'ni Allohning g'azabi vojib böladigan ishlaring uchun pushaymon qilmaysizlar. 
Bizlar Allohning bandalarimiz,deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya'ni banda xo'jasini buyurganini bajaradi va Uning amridan chiqmaydi. 
Sizlar Qur'on o'qiysizlar,lekin unga ergashmaysizlar,buyruqlariga amal qilmaysizlar. 
Biz Muhammad (s.a.v.) ning ummatimiz ,deysizlar-u, u zotning sunnatiga amal qilmaysizlar,ya'ni sunnatga ergashmaysiz. 
Dunyoni yalang'och deb aytasizlar,ammo unga ishonib qolgansizlar. 
Xarom va shubhali luqma yeysizlar. 
Oxirat dunyodan yaxshiroq deysiz-u, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko'ra ko'prop dunyoni sevasiz. 

Rasululloh (s.a.v.) " Ey Sa'd,haromdan saqlan, chunki qoringa bir luqma harom kirsa.uning duosi qirq kungacha qabul bo'lmaydi" deya marhamat etganlar. 

Manimcha o'zingizga yetarli darajada niyat ijobati haqda bilib oldingiz. Namozda, duolarimizda Yurtimiz tinchligi,hotirjamligi, barakasi, oilalarimiz hotirjamligini duo qiling. Butun ahli islom mo'min muslimalari haqqigayam. 

E'tibor uchun tashakkur. 

_IROSH_
Просмотров: 531 | Добавил: gonch | Теги: bo'lmaydi?, ijobat, duolarimiz, nega | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: