Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Nima topasiz so'kib? Bir o'ylab ko'ring....
16:11
Nima topasiz so'kib? Bir o'ylab ko'ring....
Assalamu alaykum.
Bugungi kunda oddiy hayot tarzimizga singib ketayotgan turli behayo so'kinishlardan hayo qilmay,og'izlarini to'ldirib,hatto hali murg'ak bo'lgan 3-4 yoshli bolalarga ham turli so'kinishli behayo so'zlarni yotvolib o'rgatishayotgani yanada achinarli hol. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ruhiy tarbiya "kitobida quyidagilar bitilgan:


Til ofatlarining törtinchisi- Faxsh,so'kish va achitib gapirish. "Faxsh"so'zi " Qabih,uyat,sharmsizlik" ma'nolarini anglatadi.
" A'rof" surasi, 33-oyat
"Sen: " Robbim faqatgina oshkora va yashirin faxsh ishlarni,gunohlarni,nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan,xolos",deb ayt" deb yozilgan.
Faxsh ish va faxsh so'zlar ulkan qabihlikdir. Bunday ish hoh oshkora,hoh yashirin bölsin,barcha barchasini Alloh xarom qilgan.

Abu Dovud rivoyat qiladilar:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Albatta, Alloh uyatsiz bo'lmoqni va uyatsiz gaplarni gapirilishini xush ko'rmaydi,"-dedilar.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
" Mo'min kishi ta'nachi, la'natchi,foxisha va baziy ( So'kang'ich,achchiq so'zli) bölmaydi,-dedilar."

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi va sallam: " Musulmonni so'kish fosiqlik,u bilan urishish kufrdir",dedilar.
Ma'lumki, Fosiqlik katta gunoh xisoblanadi. Shariat ko'rsatgan chegaradan chiqib,gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq xisoblanadi. Fisq dindan chiqishni boshlanishi bo'lib,tavba qilmasdan,o'sha gunohni davom ettirganlar DINDAN CHIQADI.
Odatda,odamlar so'kishga uncha e'tibor bermaydilar. So'ksa,so'kilib qolarmidi,deb ketaveradilar. Falonchi bo'lgandan keyin so'kadida,degan noo'rin mulohazalar ham aytadilar.
Aslida esa,so'kish gunoh va qabih ish bo'lish bilan birga,o'zidan köra kattaroq gunoh va halokatlarga eltuvchi yöl ham hisoblanadi."


Manga eng alam qilarlik jihati shundaki,shu so'kinayotgan tildan ham ALLOH nomi chiqadi. Boshqa payt ushbu muborak nomni tilga olib, o'zlarini Chin Mo'mindek tutishadi. Bu munofiqlikdandur. Bir yurakka ham Musulmonlik nashidasi, hamda Shaytonni ham uyaltirib,uni qarsaklariga sazovor faxsh so'zlar sig'maydi. Allohga muhabbatli,dinida sodiq, chin Ummatdan uyatli so'zlar chiqmaydi.

Ko'pincha ko'pkina so'kilish so'zlarga " ONA" sözi aralashadi. Opa singillarimizga qaratilgan bo'ladi. Dinda haqiqiy Mard erkaklarimiz Ojizalarni so'kishi qay darajada?? Mumkin deb öylaysizmi? Unda Erkakni Hazrati Erkakligi qayoqda qoldiykin... Tasavvur qiling,shu so'kayotgan paytingiz yoningizda Payg'ambarimiz (s.a.v.) turibdilar. Ular qay ahvolda bo'lardilar... Sizdek Odamni Ummatim deya oladilar,deb o'ylaysizmi. Alloh-chi... Alloh shak shubhasiz sizni ko'rib turibdi. Allohdan Hayo qilmaysizmi?
Tepadagi gaplarga isbot:

"Albatta, (buzuq niyatlardan) bexabar,pokiza, mo'mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, Oxiratda ham la'natga duchor bo'ladilar. Ular uchun ulug' azob bordir. U kunda- Qiyomatda qilib o'tgan ( bo'xtonlari ) sababli ularning tillari ham, qo'l va oyoqlari ham o'zlarining ziyonlariga guvohlik berur" ( Nur surasi, 23-24 oyat )


Nima topasiz so'kib? Bir o'ylab ko'ring....
Shuncha gunohlarga ega chiqarkansiz. Chin dildan tabriklaymiz... Yana so'kavering... Oxiratdagi xisobingiz qanchalar azob...
Yelkangizda turgan 2 farishta yozib borayotgan Xisob daftaringiz ham gunohga to'lib qolgandur. Mobodo yengi daftar kerakmasmi....
Ko'p varoqliklaridan bor, skidka qilib beramiz. Optomga oling. Hali ko'o'o'o'p kerak bo'ladi sizga... A Labbay...
Axir Shayton sizdan dars oladi. Chap yelkangizdagi farishta yozayotgan daftar kamlik qiladiku axir...
Payg'ambarimiz (s.a.v.) sizni ko'rib rosa xursanddurlar. Alloh ham hali hayotingizga ko'plap Mukofotlarni tayyorlab qo'ygandur. Man hayotta oz bo'lsada körib bilganim shu bo'ldiki har so'kingan insonni hamroh bölguvchi Farishtari uzoqlashadi undan... Ishi ham, hayoti ham teskari ketib, muammolar ummoniga g'arq bo'lib boraveradi...
Ham odamlarni dilini og'ritib Dilozor bölgani qoladi. Dilozorlik yukini qanchalar og'ir.
Xullas,bu mavzuga nuqta qo'ymimiz. Keltirib o'tadigan Fikrlar va Qur'on oyatlari, xadis va Ulamolar nasixati ko'p bo'lgani bois keyingi safar yana kengroq dalil keltirib yozib o'taman. Bu bilan kimgadur nasixat o'qimoqchi emasman. Har kimni xisobi boshqa boshqa. Lekin bilmaganlar uchun ozgina tushuncha berib,tillaridan faqat ezgu so'zlar eshitilib,Dillari chinakam Ummatlik quyoshidan bahramand bo'lishliklarini istadim ...


E'tibor uchun Tashakkur.


Irosh.
Просмотров: 448 | Добавил: gonch | Теги: so'kib?, topasiz, o'ylab, bir, ko'ring...., NIMA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: