Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » O'rning bo'sh...
13:21
O'rning bo'sh...
Salom xurmatli she'rlar.uz saytining muxlislari, bugun sizlarning e'tiboringizga yozgan she'rlarimdan yana bittasini havola qilmoqchiman. Men bu she'rni Kamran-Hoomanning Khali nomli qushigiga ishlangan klipidan, hamda qushiqning uziga xos ta'sirchan satrlaridan ta'sirlangan holda yozdim: Marhamat o'qing va baho beringlar: Tanqidni ham, maqtovni ham hurmat bilan qa'bul qilaman:

…O’rning bo’sh…
Xotiralar daftarimni har kecha varaqlayman,
Nahot yo’qsan hayotimda haliyam ishonolmam.
Dunyolardan ko’zda yoshla seni qaytib so’rayman,
Sensiz aql-u – faxmim ojiz, ayt qandayin yashayman!?
Sensiz hamma narsa yarim, yarim bulgani ham bo’sh
Zero qalbim, dunyoda ham, yonimdagi o’rning bo’sh

Atrofimdagilarim menga yig’lab dalda berarlar,
Ko’rmaslikka ko’z ko’nsada, aqlimla ko’nolmayman.
Yurakning har zarbasida nomingni takrorlayman
Atrofga zor boqibon latif chehrang izlayman.
Beguborim, qaytmaysanku buni bilib turaman,
Bilib turib haliyam har kun seni kutaman.
Aqlimga sigmas sira endi seni yo’qliging
Sensiz qalbim to’ri bo’sh buni ham tan olaman,
Har bir butun men-chun yarim, ayt qanday to’ldirayman?!
Shu g’am bilan hattoki dunyolarga sigmayman.
Nega endi yo’qsan deya, ohu-nola chekaman.
Har bir burchakda aksing bor, tushun sabrim qolmadi,
Mana yig’lay-yig’lay oxir, ko’zda yoshim qolmadi.
Kechir meni, ammo sensiz qalbim shodon urmadi.
Robbim yo’l ko’rsatgin menga, usiz faxmim to’la ojiz
Ma’lumki qishdan keyin bahor kelar zero shaksiz.

Xotiralar daftarimni har kecha varaqlayman,
Nahot yo’qsan hayotimda haliyam ishonolmam.
Dunyolardan ko’zda yoshla seni qaytib so’rayman,
Sensiz aql-u – faxmim ojiz, ayt qandayin yashayman!?
Sensiz hamma narsa yarim, yarim bulgani ham bo’sh
Zero qalbim, dunyoda ham, yonimdagi o’rning bo’sh
Просмотров: 312 | Добавил: gonch | Теги: bo'sh..., O'rning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: