Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » O'zbekiston aholisining soni 30 million kishiga etmoqda
10:30
O'zbekiston aholisining soni 30 million kishiga etmoqda
O'zbekiston aholisining soni 30 million kishiga etmoqda

O'zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi aholi soni 2012 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra 29 mln.874 ming kishini tashkil etdi.

Bu haqda Davlat statistika qo'mitasining 9 oy yakunlari bo'yicha taqdim etgan hisobotida so'z boradi. Shaharlarda 15,2 mln.dan ziyod aholi istiqomat qilsa, qishloq joylarida ushbu ko'rsatkich 14,6 mln.kishini tashkil etadi.

Davlat statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, Samarqand viloyati aholi eng ko'p yashaydigan hudud hisoblanadi, bu erda 3,36 mln.kishi yashaydi. Undan keyin Farg'ona viloyati (3,31 mln.), so'ng Qashqadaryo viloyati (2,81 mln.) kelmoqda. Toshkentda 2,33 mln.kishi yashaydi.

Eng kam aholi soni Sirdaryo (747 ming) va Navoiy (886 ming) viloyatlariga to'g'ri kelmoqda.

Yanvar-sentyabr oylarida tug'ilish koeffitsienti 20,4 promilleni tashkil etdi, bu 2011 yilning shu davriga qaraganda 0,2 promillega kam. O'lim koeffitsienti esa 0,1 promillega oshib, 4,7 ni tashkil etdi.

2012 yilning 3 choragi davomida 189,3 mingta nikoh va 13,9 mingta ajralish qayd etilgan. Ajralishlarning eng katta qismi Toshkent (2,8 ming) va Toshkent viloyatiga (1,7 ming) to'g'ri kelyapti.
Просмотров: 429 | Добавил: gonch | Теги: aholisining, kishiga, soni, Million, etmoqda, O'zbekiston, 30 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: