Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » O`zbegimning ayollari
15:20
O`zbegimning ayollari
O`zi kabi bir iboli xayollari,
Labzi shirin, tillarida bor bollari.
Chehrasidek kulib turar iqbollari,
Buncha go`zal, o`zbegimning ayollari!

  Qosh, ko`zida o`smasi-yu, surmasi bor,
Atlas ko`ylak, chekkasida burmasi bor.
Osh pishirsa lazzatdan til yormasi bor,
Buncha zebo o`zbegimning ayollari!

  Ajdodida o`tgan bag`ri kuyuklari,
«Men»deganni bag`rin yoqqan suyuklari.
Bor To`maris, Uvaysiydek buyuklari,
Bir parivash o`zbegimning ayollari!
 
Biri ishchi, biri rahbar ishbilarmon,
Yuzlari oy, pokiza ruh, katta karvon.
Ishi bilan, so`zi bilan elga darmon,
Iymoni pok o`zbegimning ayollari.  
Просмотров: 413 | Добавил: gonch | Теги: ayollari, O`zbegimning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: