Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » ODIYGINA QIZ TOPING ONA
12:50
ODIYGINA QIZ TOPING ONA
ASSALOMU ALAYKUM AZIZ SAYTDOSHLAR SIZLARNI ETIBORILARGA XAVOLA QILMOQCHI BÖLGAN BU SHERNI MAN YOZMAGANMAN QAYERDADUR ÖQIB QOLDIM VA ANCHA TASIRLANDIM MARXAMAT SIZLAR XAM ÖQIB KÖRIB BAXO BERILAR BU SHER MANGA YOQDI SIZLARGA XAM YOQADI DEGAN UMMIDAMAN.
Xurmat bilan Begzod_Bek.

Hali sevgi nima bilmagan,
Oddiygina qiz toping, ona.

Mayli uncha go’zal bo’lmasin
Faqat sevgi nima bilmasin
Tunlar "allo-allo”qilmasin
Oddiygina qiz toping,ona.

Qalbi go’zal bo’lsa bo’lgani
O’z ahdida tursa bo’lgani
Vafo nima,bilsa bo’lgani
Oddiygina qiz toping,ona.

Bir soatlab bog’da qolmagan
Sevib so’ngra dog’da qolmagan Yigitlardan gullar olmagan
Oddiygina qiz toping,ona.

Kiyimlari tor bo’lmasin hech
Sevgan yori bor bo’lmasin hech
Bundaylar kam, bo’lmasidan kech
Oddiygina qiz toping, ona.

So’rangchi bir dugonasini
Sirdoshiyu, yagonasini
Avval ko’ring bir onasini
Oddiygina qiz toping, ona.

Xullas kalom sizga o’xshasin
Xayoldagi qizga o’xshasin Yo’lingizga qalbin to’shasin
Oddiygina qiz toping, ona.

Huddi sizdek bormikan yana?
O’zingizdek qiz toping, ona…
Просмотров: 405 | Добавил: gonch | Теги: TOPING, qiz, ONA, ODIYGINA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: