Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Onam Holin So'rasam Bir Bor...
16:41
Onam Holin So'rasam Bir Bor...
 
Boshimga G'am - Tashvish Kelganda, 
Shafqat Qilmay O'tlar Yoqqanda. 
Shu Dam Sizdan Yiroqlardaman, 
Onajonim - Firoqlardaman. 

Dard Chekkanda Darmonim Onam, 
Boshim Uzra Parvonam Onam. 
Kechiring Men Kenja O'g'lingiz, 
Anglamapman Sizning Qadringiz.

Yoningizda Yuribmanu Dardiz Bilmapman, 
Sho'xlik Qilib Urushsam Gar Sabriz Bilmapman. 
Kechalari Bedor Kutgan Onam Mani, 
Dardlarini Ichga Yutgan Nolam Mani. 

Uzoqdaman Yoningizga Qaytgim Keladi, 
Dilda Borim Qadringizga Yetgim Keladi. 
Dardiz Ayting Barchasiga Darmon Bo'lay, 
Baxtli Kunda Onajonim Giryon Bo'lay... 
____________________________________ 
Onam Holin So'rasam Bir Bor, 
Hayotning Bu Tashvishlarini. 
So'rma Bolam Taqdiring Kulsa, 
Baxtli Hayot Hali Oldinda. 

Bu Dunyoda O'zingni Bilma, 
Insonlarga Yomonlik Qilma. 
Nochor Qolgan Odamlar Bo'lsa, 
Yuz O'girma Unga Yordam Qil. 

Balki Do'stlar Senga Dushmandir, 
Zolim Falak Senga Gulshandir. 
Bu Zaminni Jannat Deb Bilma, 
Jannat Asli Sening Qalbingdir. 

Yuragingni Ezma Behuda, 
O'zing Asra Qilma Zor Huda. 
Yolg'izlikni Dardim Deb Bilma, 
Bu Hayotdir Oldinda Taqdir. 

Aytsam Agar Kitobga Sig'mas, 
Senga Dardim Ko'rsatgim Kelmas. 
Yuragingda Faqat Bitta Baxt, 
Unutmagin Kimligingni Xech... 

Sasha.b-dan Onajimga Atalgan...
Просмотров: 509 | Добавил: gonch | Теги: Holin, bir, So'rasam, ONAM, BOR... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: