Oydin Yusupova "Jangari" filmda - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » Oydin Yusupova "Jangari" filmda
22:52
Oydin Yusupova "Jangari" filmda

Oydin nega ko'rinmayapti ekan deb ko'plar qiziqishgani bois, va'daga binoan Oydin haqida batafsil ma'lumot berishga urundik.

- Oydin Yusupova: Yaqinda rejissyor Said
Muxtorovning "Devona farishtam" kinolarining sur'atga olish jarayonidan
bo'shadim. Bu fil'mda bosh rol qizni va onamning yoshligini ijro etdim.
Shuni aytmoqchi edimki Said aka menga bu kinoda o'ynashim uchun hamma
shart-sharoitlarni yaratib berdilar. Ularga o'z minnatdorchiligimni
bildirmoqchiman. Bir so'z bilan aytganda ular juda ham mahoratli va
kuchli rejissyorliklariga amin bo'ldim. Bu kinoda hamma narsa tushunib
his etib mazza qilib ro'l o'ynadim.

- Nega katta ekranlarda kamnamosiz?

- To'g'risini aytganda bir xil ssenariylarni charchadim. Uning
ustiga sevdim, qoldim degan kinolarda rol o'ynash xoxishi menda yo'q.
Ishonamanki kuchli rejissyorlarimiz ko'p, balki haqiqiy zo'r ssenariy
qo'limga tushib taklif bo'lsa albatta kinolarda ko'rinib qolaman. Bir
so'z bilan aytganda 10 ta bir xil kinoda sur'atga tushgandan ko'ra
bitta zo'r klipda chiqqan yaxshi.

- Eshitishimzga qaraganda jang ishlariga aralashib qolgan ekansiz. Shu rostmi?

- Menimcha siz "Jangari" kinoni nazarda tutayapsiz. Ha, hozirda
yangi proyektda chiqishni rejalashtirganman. Ya'ni aytganimday
"Jangari" fil'mda rol ijro etishim uchun har xil qiyin truylarni
o'rganish uchun mashg'ulotlarga qatnashmoqdaman. Balki tez kunlarda
meni bu kinoda ko'rib tanimassiz. Meni barcha qo'llab quvvatlagan
muxlislarimga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Men hamma
insonlarga insof va iymon tilab qolaman.


- Aytishlaricha to'ylarga ham chiqar ekansiz. Bu rostmi yoki yo'lg'on?

Ha rost. Habaringiz bor qo'shiqchilik sohasini ham boshlab
yuborganimga ancha vaqt bo'ldi. Ko'p vaqtim ovoz yozish studiyalarida
o'tdi. Yaqinda o'zbek, rus va ingliz tillarda qo'shiq yaratdim. Albatta
ko'pgina muxlislarim meni to'y oqshomlariga taklif qilish uchun
tinimsiz qo'ng'iroqlar qilishmoqda. Shuni inobatga olgan holda
to'ylarda ham xonandalik qilishni reja qilganman. Agarda men bilan
bo''glanishni istasangiz bu saytda administratorimning telefon raqami
e'lon qilingan. Bemalol taklif qilishingiz mumkin bo'ladi.

Oydin bilan suhbatimiz hali o'z nihoyasiga yetgani yo'q.
Yaqin kunlarda bundanda qiziq suhbatni bizning saytda ko'rishingiz
mumkin bo'ladi. Oydinga takliflaringiz yoki murojatlaringiz bo'lsa
bemalol shu yerga yozib qoldirishingiz mumkin bo'ladi. Biz barchasi
Oydining o'ziga havola etamiz. Sizning har bir fikringiz Oydining
e'tiborida. U barcha muxlislarni fikrini eshitishga tayyor.

shou.doira.uz



LAZIZA


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 217 | Добавил: gonch | Теги: filmda, Jangari, Yusupova, Oydin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: