Главная » 2013 » Апрель » 22 » OYDIN YUSUPOVANING MENDAN JAXLI CHIQQAN
22:30
OYDIN YUSUPOVANING MENDAN JAXLI CHIQQAN

AsAL SHoDiYeVA: OYDIN YUSUPOVANING MENDAN JAXLI CHIQQAN

- Aytingchi tanqidiy fikrlarni o'zingiz ko'tara olasizmi?


- Albatta faqatgina o'z ustasining ya'ni san'at vakillaridan biror biri, kasbni tushungan inson tanqid qilsa men ko'taraman.


- Mana hozirda siz o'ynagan fil'mlar juda mashxur bo'ldi.
Masalan "Janob hech kim", "Uylanish", ammo bu fil'mlar sizning rolingiz
orqali ommalashmadi. Balki partnyoringiz Alisher Uzoqov sababli.
Aytinchi nima uchun Asal Shodiyeva umuman yuz mimikalarini bilmaydi.
Doimo bir tabassum bir hildagi jaxl chiqishlar.


- Kechirasiz-ku men yuzimni bu uchun plastic operatsiya qilmayman.




- Yo'q men sizga plastik operatsiya qiling demayapman.
Aytmoqchi bo'lganim masalan Alisher Uzoqov yoki Dilnoza Kubayevaning
fil'mlarida bir chexrani ko'rsakda lekin ularda turli xil yuz
ifodalari. Sizda esa bundan asar ham yo'q.


- Bilasizmi? Mana shu savolingizga javobim bor edi. Hozirda o'zbek
kinosida faqat sevgi, qiz boy bo'ladi, yigit kambag'al, uchlik, bu uni
yaxshi ko'radi u esa yo'q. Biz aktyor, aktrisalar esa doim ana shunday
mavzudagi rollarni o'ynaymiz. Bu rollarimizni ko'rgan boshqa
rejissyorlar ham huddi shunday mavzudagi rollarga taklif qilishadi.
Shundan keyin rollarimiz bir-biriga o'xshab qolishi tabiiy. Mana hozir
aktyor Alisher Uzoqov haqida yaxshi fikrlar bildirdingiz ya'ni
mimikalar haqida gapirdingiz. Hozir mana shu fikringiz Alisher akaga
kerak, sababi ular kuchli tanqidga uchraganlar. Undan keyin menimcha,
meni Dilnoza Kubayevaga tenglashtirish umuman noto'g'ri. Dilnoza opaga
yetishimga hali ancha bor. "Janob hech kim" fil'mida ham ro'l
o'ynaganimda kinoshunoslar meni ko'p yillardan beri kino olamida
mashxur bo'lganlar bilan tenglashtirishgan. Uni ustiga "Janob hech kim"
fil'mida rol ijro etgan paytimda atiga 16 yosh bo'lganman. Dilnoza
opani esa ustozim qatorida desam hechq anday hatto bo'lmaydi.


- Kinoshunoslarni bilmadimkuya ammo muhlislar nazaridan olib qaraganda Alisher Uzoqovning ijrolari juda o'zgacha.



- Lekin negadir kinoshunoslarga yo'qmayapti. Faqat Alisher faqat Alisher.


- Bunga sabab, masalan kinozalga kino ko'rgani borsak qator qilib afishalarda faqat Alisher Uzoqovni ko'ramiz. Menimcha shunga.


- To'g'ri ammo buni korolmaydiganlar ham juda ko'p. Anashunday
bizning ijodimizni yerga urib tashlaydiganlarni juda yomon ko'raman
umuman ularni bunga haqqi yo'q. Masalan Alisher akani ham shunday
tanqidlar qilib ijodini batamom yo'q qilib yuborishlari mumkin.
Chetdagilar tanqid qilishi mumkin. Ammo aktyorning o'ziga nima bo'ladi?
Iqtidorli aktyor, aktrisalar juda ko'p ularni ham tushunsa bo'ladi, sus
ssenariylarga qaramay kinoga tushaverishadi. Axir bizning ishimiz
shuku. Misol uchun Bobur Yo'ldoshev rejissyorlar pulini to'lasa lyuboy
kinoga tushaveraman deganlar bu degani pulga hamma narsaga tayyor
degani emas balki iqtidorli aktyor hohlagan rolni ijro eta olaman
degani.


- Yuqorida tanqidga uchragan fil'mlar haqida gapirdingiz,
ammo ana shu filmlar ssenariysi sus bo'lsada muhlislar tomonida yaxshi
kutib olinmoqda.


- Fikringizga qo'shilaman, to'g'ri menimcha bunga tomosha qilayotgan
muhlislar ham rejissyorlar ham xullas hammamiz aybdormiz. Agarda
shunday qilaversak bilmadimkuya manaviyatimiz qayoqdagi arzimas
fil'mlar bilan ongimiz zaxarlanib boraveradi.


-Hech ham o'ylamaganmisiz mana shu kinodagi rolni men
o'ynaganimda boshqa aktrisadan yaxshi o'ynardim deb masalan Oydin
Yusupovaning yoki Dilnoza Kubayevaning o'rniga?



- Yo'q bunday holatlar umuman bo'lmagan ammo meni ko'rib shunday
deganlar bor. Masalan "Janob hech kim" dagi obrozomni aslini olganda
Oydin Yusupova o'ynashi kerak edi. Ammo rejissyor meni tanlagan. Oydin
esa mendan juda hafa bo'lib jaxli chiqqan ekan. Lekin Oydinga shu rolni
o'ynamagani uchun ming raxmat.




DILSHOD UMAROV suhbatlashdi.

shou.doira.uz
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 343 | Добавил: gonch | Теги: MENDAN, CHIQQAN, Oydin, YUSUPOVANING, JAXLI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: